IV. Darsni yakunlash.
V. Uyga vazifa. Takrorlash.
130-dars
Mavzu. Narsa va shaxs nomini, harakatini, belgisini bildirgan so'zlar. 292-293-mashqlar.
Maqsad. Narsa va shaxsning nomini, harakatini, belgisini bildirgan so'zlarni farqlash ko'nikmasini o'stirish.
B) Tarbiyaviy: kasblar haqida tushuncha berish va kasb tanlashga yo’llash.
C) rivojlantiruvchi: matn mazmunini savollar yordamida bayon eta bilish ko'nikmasini o'stirish.
Darsning jihozi: mavzuga mos rasmlar.
Darsning uslubi: suhbat, tushuntirish, yarim izlanishli evristik metod.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
Darsga tayyorgarlik ko’rish;
Darsning maqsadini aytish,
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
O’quvchilar daftaridan uyga vazifani tekshiraman. Husnixat yozdiraman. Og’zaki savol- javob o’tkazaman.
- Darsda siz narsa va shaxs nomini, harakatini, belgisini bildirgan so'zlar haqida o'rganilgan bilimlarni takrorlab, ularni bir-biridan farqlashga o'rganasiz.
III. Ijodiy ish. «Bahor» mavzusida gaplar tuzish (og'zaki).
O'quvchilar tuzgan gapdan birini tanlab, aytib yozdirish mumkin.
IV. Darslikdagi qoidani takrorlash.
- So'zning gapdan qanday farqi bor? (O'quvchilar so'z va gap haqidagi qoidani darslikdan o'qiydilar, misollar keltiradilar.)
— So'z shaxs va narsalarning nomini, harakatini, belgisini, sonini bildirishini qanday aniqlaymiz? Bu haqda darslikdan o'qing.
V. Shaxs va narsalar nomini, harakatini, belgisini bildirgan so 'zlarni farqlash ko 'nikmasini o 'stirish mashqlari.
292- mashq (yozma), opshiriqlari tartibida bajariladi.
Uyga vazifa. 293- mashq.
Dostları ilə paylaş: |