Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish va iqtisodi


Bozor muvozanatining yuzaga kelishi va muvozanat narxni o’rnatishi



Yüklə 56,68 Kb.
səhifə9/16
tarix19.10.2023
ölçüsü56,68 Kb.
#157149
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bozor muvozanati maksimal va minimal narxlar-hozir.org

3. Bozor muvozanatining yuzaga kelishi va muvozanat narxni o’rnatishi

Muvozanat - bu tizimning shunday bir holatiki, agar unga biror bir tashqi kuch ta'sir qilmasa, u o‘zining ushbu holatini saqlab qoladi.

Talab va taklif modelida talab D chizig‘i bilan taklif S chizig‘ining kesishgan nuqtasi bozor muvozanatini bildiradi. Demak, bozor muvozanati talab hajmi bilan taklif hajmining tengligini ta'minlaydigan narx darajasi va tovar miqdori bilan aniqlanadi. Talab va taklif qonuniga ko‘ra shuni ta'kidlash mumkinki, agar bozor muvozanat holatida bo‘lsa, u holda, uning qatnashchilari tovar narxini yoki tovar miqdorini o‘zgartirishga hech narsa sabab bo‘lmaydi.

Muvozanat narx Pe deb, shunday narxga aytiladiki, agar u bozorda taklif qilinadigan ne'mat miqdori QS ni unga bo‘lgan talab miqdori unga bo‘lgan talab miqdori QDga tenglashtirsa, ya'ni QS = QD .

Qe

1-rasm. Muvozanat narx Pe va muvozanat ishlab chiqarish Qe.

1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, bozor muvozanati yagona. Talab va taklif chizig‘iqlari yagona muvozanat E nuqtada kesishadi. Pe va Qe nuqtalar, muvozanat nuqta E ning koordinatlari hisoblanadi.

Bozordagi talab va taklifning o‘zgarishi, bozor muvozanatini o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, bozordagi talab oshsa, (talab chizig‘i o‘ngga siljiganda) muvozanat narx Pe va muvozanat tovar hajmi Qe o‘sadi. Agar bozor talabi kamaysa (talab chizig‘i chapga siljisa), va lar ham kamayadi. Bozor taklifi oshsa (taklif chizig‘i o‘ngga siljisa), muvozanat narx Pe kamayadi, muvozanat tovar hajmi QS o‘sadi. Agar bozor taklifi kamaysa (taklif chizig‘i S chapga siljisa), muvozanat narx Pe o‘sadi, muvozanat tovar hajmi QS kamayadi


Yüklə 56,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin