8. Tashqi savdo. Taklifga tashqi savdo xam katta taʼsir ko’rsatadi.
Iqtisodiy resurslarga talabning o’zgaruvchanligi uch omil bilan belgilanadi:
a) pirovard maxsulotga talabning o’zgarishi;
b) resurslar o’rnini almashtirish. Bir resurs narxi oshganda o’rniga boshqasini qullash. Masalan, gaz o’rniga kumir, benzin o’rniga dizel yonilg’isi yoki umuman resurs tejaydigan texnologiya modellarini ishlab chiqarishga undaydi;
v) umumiy sarf-xarajatlarda xar bir resurs xissasi. Resursga talab o’zgaruvchanligi, tayyor maxsulot ishlab chiqarish sarf-xarajatlarida uning xissasi qancha ekanligiga bogliq. Ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari tarkibidagi bir resurs boshqa resurslarga nisbatan taqqoslanganda katta xissa egallasa, ayni shu resurs narxining oshishi xarajatlarni ko’paytiradi. Masalan, poyabzal tikadigan firma xarajatida charm xarajati 50%, bo’yoq xarajati 10% bo’lsin. Charm narxini 10% oshishi narxni 5% ortishiga olib keladi. Bo’yoq 10% ga oshsa, narx 1% ga ortadi.
Taklif elastikligi axamiyati talab elastikligiga qaraganda ikkinchi darajali ko’rsatkich. Talab elastikligining ustunligi shundaki, u umumiy tushgan daromad (tushum) qanday o’zgarishini ko’rsatadi, lekin taklif elastikligi xam muxim bir faktni, unda vaqt omili asosiy rol uynashini, qisqa muddatga qaraganda, nisbatan yuqori narxga xamma urganib bo’lgach, o’zoq muddatli bozor davrida taklif elastikligi yuqori bo’lishini ko’rsatadi. Shunday qilib, talab va taklifning o’zgarishi narxning o’zgarishiga, o’z navbatida narxning o’zgarishi talab va taklifning o’zgarishiga olib keladi. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, bu boglanish talab va taklif qonunida ifodalanadi.
Talab va taklif qonunining amal qilishi asosida bozorda narx shakllanadi: • u yoki bu turdagi tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish ragbatlantiriladi; • mamlakat miqyosida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini taqsimlashga, ishlab chiqarish strukturasini shakllanishi va o’zgarishiga olib keladi; • tovar sifatini qanday bo’lishini belgilaydi, uning sifati ustidan nazorat qiladi;
Talab va taklif bozorda xaridor va sotuvchi tarzida uchrashar ekan, ularning boglanishi narx orqali amalga oshadi. Talab va taklifning mos kelishi bozor iqtisodiyotining eng muxim talabidir, chunki faqat shunday sharoitda iqtisodiy usish yuz beradi.
Shunga uxshash talabning oshib ketishi narxga quyidan tazyiq utkazadi. Talab ko’pligi, taklif qilingan tovar yetishmasligi tufayli narx usib boradi. Аgar narx 150 sum bo’lsa, talab qilingan, yaʼni xaridor sotib oladigan tovar miqdori bilan taklif qilingai tovar miqdori teng bo’ladi. Bu talab bilan taklifning muvozanati deyiladi. Bozorda taklif kilingan tovar miqdori bilan talab miqdori teng bo’lgan sharoitdagi narx muvozanat narxi deyiladi. Shu narx bo’lgani xolda talab qilingan tovar xajmi miqdoriy muvozanatni bildiradi.