Naf deb, tovar va xizmatni isteʼmol qilishdan olinadigan qoniqishga aytiladi. Masalan, sigareta foydali bo’lmasa xam isteʼmol qilinadi, demak u chekadigan kishilarni isteʼmolini qondiradi.
Naf umumiy xamda meʼyoriy nafga bo’linadi. Umumiy naf deb, maʼlum tovar yoki xizmatlar birligi to’plamini isteʼmol qilishdan olinadigan qoniqishga aytiladi. Meʼyoriy naf esa isteʼmolchining tovar yoki xizmatning qushimcha birligidan ko’rgan nafi, yaʼni umumiy nafga qo’shilgan nafni bildiradi.
Iqtisodiy nazariyada marjinalizm maktabi naflilikka aloxida diqqat-eʼtibor qaratadi. Marjinalizm naflilikni o’lchasa bo’ladigan miqdoriy ko’rsatkich sifatida eʼtirof etadi, xatto shartli birlik yutil (inglizcha naflilik) tushunchasini xam kiritishgan. O’tkazgan tadqiqotlari asosida isteʼmol qilinayotgan tovar qancha ko’p bo’lsa, umumiy naflilik ortadi, lekin meʼyoriy naflilik kamayib boradi degan xulosaga kelishadi.
Boshqa tovarlarning isteʼmoli o’zgarmasdan qolgani xolda biron-bir tovar va xizmatga extiyoj to’yinib borishi bilan bu neʼmatning keyingi birligini isteʼmol qilishdan qoniqish pasayib boradi.
Xayotda umumiy naflilikdan xam ko’ra meʼyoriy naflilikka ko’proq eʼtibor beramiz. Sarflangan pulimizga to’gri keladigan umumiy nafliliknigina emas, xar birini aloxida keltiradigan nafliligini xam xisobga olamiz.
Tejamkor xaridor naflilikni maksimallashtirish printsipi asosida xarajat qilar ekan, turli tovarlar miqdorini tanlar ekan, oxirgi summa qanday tovar olishidan qatʼiy nazar bir xilda meʼyoriy naf keltirish darajasiga qadar tanlaydi.
Naflilikni maksimallashtirish printsipi asosan pul ko’p bo’lib, tanlash imkoniyati mavjud bo’lganda ko’proq namoyon bo’ladi.
Taklif bozor iqtisodiyotining muxim kategoriyasi bo’lib, talab bilan chambarchas bog’liq. Taklif talab bilan qarama-qarshi turadi. Bozorda talab xaridor tarzida namoyon bo’lsa, unga qarama-qarshi sotuvchi o’z taklifi bilan turadi. Taklif bu bozorda mavjud yoki bozorga olib kelinishi mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar yngindisidir. Taklif ishlab chiqarish bilan aniqlansada, aynan uning o’zi emas. Tovarlar taklifi yaratilgan maxsulotlar miqdoriga teng bo’lmasligi mumkin, yaʼni tovarlarni taklif qilish va neʼmatlar ishlab chiqarish xajmlari bir xil bo’lmasligi mumkin.
Yaratilgan maxsulotni faqat bozorga chiqariladigan qismi tovar deyiladi, uning bozorga chiqarilmaydigan qismi taklifni yuzaga keltirmaydi. Masalan, fermer, jamoa, dexqon xo’jaliklari yetishtirgan qishloq xo’jalik maxsulotlarining bir qismini o’zi isteʼmol qiladi. Masalan, yetishtirgan kartoshkasining bir qismini o’zi isteʼmol qiladi, urug’likka ishlatadi va xokazo. Аgar shu maqsadlarga jami yetishtirilgan kartoshkaning 20%i sarflansa, 80%i tovar bo’lib sotiladi, yaʼni taklifni yuzaga keltiradi. Undan tashqari, agar uni bir qismi chirishi mumkinligini xisobga olsak, yana xam kam bo’ladi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida taklif talab bilan muvofiqlashgan yoki talabga nisbatan ko’p bo’ladi. Bu o’z navbatida tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat ko’rashini kuchaytiradi.
Taklif kilingan tovar miqdoriga juda ko’p omillar taʼsir qiladi. Taklifga eng avvalo, narx taʼsir qiladi. Talabni o’rganganinizda boshqa omillarni o’zgarmaydi deb narxni o’zgarishi talabni o’zgarishiga qanday taʼsir etishini ko’rib chiqdik. Endi xuddi shunday tarzda taklifni ko’rib chiqaylik. Xuddi talab kabi taklifni xam xususiy va umumiy takliflarga ajratish mumkin. Dastlab, tovar narxi o’zgarganda ayrim sotuvchi qanday ish tutishini ko’rib chiqaylik.
1. Ishlab chiqarishda ishlatiladigan tovarlar va xizmatlar narxining o’zgarishi. Аgarda muayyan tovarni ishlab chiqarish uchun sarf qilinayotgan xarajatlarni kamaytirishga erishilsa, bunday tovarlar bozorga ko’plab chiqariladi.