Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


 Dispecherlik xizmati – korxona faoliyatini operativ boshqarish asosi



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/106
tarix21.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#119061
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   106
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

13.2. Dispecherlik xizmati – korxona faoliyatini operativ boshqarish asosi. 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste‘mol jarayonlarini tezkor 
tartibga solish iste‘molchilarni tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabini to‘la 
qondirishga qaratilgan tezkor rejalashtirish tizimining muhim bosqichi hisoblanadi.
Shu sababdan nafaqat rejalashtirish bosqichida, balki ishlab chiqarishni 
tezkor rejalashtirish bosqichida, balki ishlab chiqarishni tezkor yo‘naltirish 
sharoitida ham buyurtma naryadlari va sutkalik vazifalarining haqiqiy bajarilishini 
uzluksiz ravishda hisobga olish lozim . Korxonada ishlab chiqarishni operativ 
ravishda tartibga solish dispecherlash deyiladi. 
Dispecherlashtirish mavjud buyurtmalar, shartnomalarga muvofiq ravishda 
mahsulotlarni o‘z vaqtida ishlab chiqarishi va sotishni taminlash maqsadida ishlab 
chiqarishning borishini joriy tartibga solish va nazorat qilish ko‘zda tutadi. 
Dispecherlashtirish jarayoni quyidagilardan tashkil topadi: 

bozor kononekturasini o‘rganish va korxona mahsulotiga talabni 
prognozlashtirish; 

mahsulotga talabning o‘zgarishning aniqlash; 

amaldagi bozorda mahsulot ishlab chiqarish va sotishning operativ 
rejalarini tuzish; 

tezkor rejalarning korxona bo‘linmalari tomonidan bajarilishining 
kalendar rejalarini ishlab chiqish; 

kalendar rejalarning haqiqatda bajarilishni nazorat qilish; 

ishlab chiqarishdagi chetlanishlarni aniqlash va ularni bartaraf etish 
chora tadbirlarini belgilash; 

korxonaning o‘zaro bog‘langan bo‘linmalarining joriy faoliyatini 
koordinatsiyalash; 

ishlab chiqarish va funktsional bo‘linmalar faoliyatini tezkor 
boshqarish; 
Ishlab chiqarishni dispecherlik tartibga solish tizimi quyidagi shartlariga rioya 
qilinganidagina ishlab chiqarish menejmentining samarali vositasiga aylanadi. 


1) Tezkor rejalarni ishlab chiqarish jarayonida ilg‘or kalendar – reja normativlarini 
qo‘llash; 
2) Korxona ishlab chiqarish faoliyatining optimal reja – iqtisodiy ko‘rsatkichlarini 
asoslash; 
3) Operativ ya‘ni tezkor reja grafiklarni bajarilishi ustidan nazoratni yo‘lga qo‘lish; 
4) Tashkiliy ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish borasida 
tezkor qarorlarni o‘z vaqtida qabul qilish. 
5) Korxonaning barcha reja – iqtisod va ishlab chiqarish dispecherlik xizmatlari 
xodimlari bilim va javobgarlik oshirib borish. 
6) Rejalashtirish bo‘limi xodimlari zaruriy mustaqilligini ta‘minlash; 
7) Xodimlarga yuqori natijalar uchun rag‘batlantirishni qo‘llash. 
Umuman, zamonaviy sharoitlarda tezkor rejalashtirish tizimi har bir 
korxonaga yuqori daromad olishni ta‘minlaydigan ko‘rsatgichlarga erishishga 
yo‘naltirishi lozim. 

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin