Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Qarshi taklif tushunchasi, uning mazmuni va sabablari



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#142495
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   186
Rekrutment Darslik

 
10.3. Qarshi taklif tushunchasi, uning mazmuni va sabablari 
 
Qarama-qarshi taklif yoki qarshi taklif biznesda potentsial xaridorning 
sotuvchidan olingan taklifga javobi bo‘lib, bu javob bitim tuzish uchun 
taklif etilgan shartlar bilan to‘liq bo‘lmagan kelishuvni va bir yoki bir necha 
yangi o‘zgartirilgan shartlarni o‘z ichiga oladi.
 
O‘z navbatida, rekkrutmentda 
qarshi taklif
deyilganda - bu ishdan 
bo‘shaganligini e'lon qilgan xodimga ish beruvchining yanada jozibador 
shartlarini o‘z ichiga olgan ish taklifi tushuniladi. 
So‘nggi yillarda qarama-qarshi taklif “ish beruvchi - nomzod / ishchi” 
munosabatlarining juda muhim elementiga aylandi. Bir tomondan, qarshi 
taklif kompaniyadagi qimmatli xodimlarni saqlab qolish vositasi bo‘lsa, 
ikkinchidan, tashqi yollashda xavf omilidir. 
Superjob.ru 
portalining 
sotsiologlari 
tomonidan 
o‘tkazilgan 
tadqiqotga ko‘ra, ish beruvchilarning atigi 16 foizi ishdan bo‘shatish 
to‘g'risida qaror qabul qilgan ishchilar bilan hech qanday afsuslanishsiz 
hayrlashadilar. Ba’zi rekruting kompaniyalar konsultantlariga ko‘ra 
aksariyat Rossiya bozoridagi qarama-qarshi takliflar faqat tor doiradagi 
menejerlarga va faqat kompaniyaning ilojsiz vaziyatlarida amalga 
oshiriladi. 
Odatda qarshi taklif top-menejerlar, noyob kasblar mutaxassislari 
(yuqori ixtisoslashgan sanoat), ajoyib bilim egalari va o‘z sohasidagi 
haqiqiy mutaxassislariga beriladi. 
Qarama-qarshi takliflarning mazmuni, odatda, quyidagi jihatlarga 
qaratiladi: 
-
lavozim ko‘tarilishi; 
-
funktsional majburiyatlarni kengaytirish; 
-
nomzod daromadining belgilangan va / yoki o‘zgaruvchan qismini 
oshirish; 
-
kompensatsiya paketini kengaytirish (pensiya dasturlari, hayotni 
sug'urtalash); 
-
uy-joy va maishiy muammolarni hal qilishda yordam berish; 


153 
-
format va ish jadvalining o‘zgarishi (masofadan turib ishlash 
imkoniyati, moslashuvchan soat).
Ish beruvchi va xodimlar va / yoki nomzodlar tomonida qarshi taklifi 
shartlari qanday tushunilishi 10.3.1-rasmda keltirilgan. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin