Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


 O‘rta va past darajadagi personalni tanlashga asoslangan



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#142495
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   186
Rekrutment Darslik

13.3. O‘rta va past darajadagi personalni tanlashga asoslangan 
agentliklar 
Bunday agentliklarning xizmatlari ish beruvchi kompaniyalar 
tomonidan to‘lanadi, nomzodlardan to‘lov olinmaydi. Buyurtmalarning 
aksariyati o‘rta darajadagi menejerlar, mutaxassislar va ofis xodimlarini 
tanlash bo‘yicha buyurtmalar bo‘lib, nisbatan kamroq qismini top-
menejerlar, ba'zan esa ishchilar (masalan, shaxsiy haydovchilar) ni ishga 
yollsh bo‘yicha buyurtmalar tashkil etadi. Xizmatlar narxi ko‘pincha 
xodimning yillik ish haqining 8% dan 20% gacha. 
Ishga qabul qilish agentliklari odatda nomzodlarni o‘zlarining 
ma'lumotlar bazasi va ommaviy axborot vositalarida ish e'lonlari orqali 
qidirishadi. Kamdan kam hollarda, o‘quv muassasalari, nomzodlarning 
nashr etilgan mini-tarjimai hollari va to‘g'ridan-to‘g'ri qidiruvdan 
foydalaniladi. 
13.4. Ish bilan ta’minlash agentliklari 
Bunday agentliklar, odatda, kompaniyalar uchun ham kadrlarni 
tanlash bo‘yicha o‘z xizmatlarini e'lon qilishadi, lekin amalda fuqarolarni 
pullik ish bilan ta'minlash bilan shug'ullanadilar. Ba’zan ba'zi hollarda 
agentliklar ikkalasidan ham foyda olishga harakat qilishadi. 
Ish bilan ta’minlash agentliklari, birinchi navbatda, kompaniyalarga 
xodimlarni agentliklar bilan xizmat xaqini to‘lash bo‘yicha shartnomalar 
tuzgan fuqarolar orasidan tanlab taklif qiladi. Bunday odamlar doirasini 
kengaytirish uchun agentliklar o‘zlarining xizmatlari va bo‘sh ish o‘rinlari 
to‘g'risida e'lonlarni ommaviy axborot vositalari orqali e'lon qiladilar. 
Odatda, yuqori malakali mutaxassislar pullik ish bilan ta'minlash 
agentliklariga murojaat qilmaslikni afzal ko‘rishadi. 
Bunday agentliklarning yana bir xususiyati shundaki, ular odatda
vakansiyalarni sinchkovlik bilan o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar. 


200 
Asosiysi, murojaat etuvchi-mijozni potentsial ish beruvchiga intervyu 
berish uchun yuborish va ularga ishga joylashish imkoniyatini berishdir. 
Ushbu yondashuv zaif nomzodlarning katta qismi kompaniyaga 
yuborilishini keltirib chiqaradi. 
Yuqori malakani talab qilmaydigan ish joylari yoki lavozimlarga ishga 
jalb qilish lozim bo‘lgan hollarda ish bilan ta’minlash agentliklariga 
murojaat qilish mantiqan to‘g'ri bo‘ladi. Agentlik nomzodlarning "oqimini" 
yaratadi. Va kompaniya mustaqil ravishda ularni "saralash" va tanlash 
bo‘yicha ko‘plab ishlarga tayyor bo‘lishi kerak. 
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pullik ish bilan ta'minlash 
xizmatlari keng tarqalmaganligi yoki qonuniy ravishda taqiqlanganligi 
xarakterlidir. Ba’zi horij davlatlarda o‘z faoliyatini pullik ish bilan 
ta’minlashdan boshlagan bir qator agentliklar vaqt o‘tishi bilan rekruting 
agentligiga transformatsiya bo‘lmoqdalar. Ammo teskari jarayon 
kuzatilmaydi. Aholining pullik ish bilan ta'minlash agentliklariga ishonchi 
pasaymoqda. Bularning barchasi kelajakda mamlakatimizda pullik ish bilan 
ta'minlash xizmatlarining qisqarishini bashorat qilishga imkon beradi. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin