Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#142495
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   186
Rekrutment Darslik

Ish texnologiyasi.
ES kompaniyalarining boshqalardan farqi shuki, 
ular faoliyatida konsaltingning mavjudligi. Ularning ishi faqat qidirish, 
yollash va mehnat shartlarini muhokama qilish bilan cheklanmaydi. ES 
kompaniyasi mijozga o‘zi mavjud bo‘lgan barcha hududlaridagi bozor 
holati to‘g'risida maslahat beradi, ehtiyojlarni shakllantirishga, nomzodlar 
uchun vakolatlarni va talablarni tavsiflashga yordam beradi, menejerlarni 
professional baholaydi, direktorlar kengashlari va samarali boshqaruv 
guruhlarining tuzilishi va tarkibini shakllantiradi. Shu bilan birga, bunday 
kompaniyalarning asosiy maqsadi menejerni yollashdan iborat emas. 
Sababi, mijoz kompaniyaning top menejerga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda 
o‘z istiqbolli xodimini kerakli lavozimga ko‘tarishi maqsadga muvofiqroq 
bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, menejerga umuman ehtiyoj yo‘qolishi 
mumkin, chunki biznes muammolarini boshqacha hal qilish imkoni bo‘lishi 
mumkin. Bunday holatda ES kompaniyasi maslahatchisi, albatta, mijozga 
eng yaxshi variantni tavsiya qiladi, uning afzalliklari va unga bog'liq 
bo‘lgan xatarlar haqida aytib beradi. Advokatning ishiga juda o‘xshash. 
3.
Mukofot tarkibi.
Aksariyat ES kompaniyalari haqiqiy doimo 
oldindan to‘lov tizimi asosida faoliyat yuritadilar. Odatda ES agentligining 
mukofoti bir necha qismdan iborat bo‘ladi.
- birinchi qism dastlabki maslahat uchun majburiy oldindan to‘lov.
- ikkinchi qism ko‘rib chiqishga tavsiya etilgan nomzodlarning "qisqa 
ro‘yxati" taqdim etilganda to‘lanadi. 
- uchinchi qism menejerni yollagan taqdirda to‘lanadi.


199 
ESning dastlabki kunlarida agentlik komissiyalari nomzodlarning 
yillik ish haqining atigi 5 foizini tashkil etgan. Hozirgi kunda turli 
mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 25-35% oralig'ida o‘zgarib turadi. 
ES sanoatida maslahatchi faqat etuk, boshqaruv masalalarini chuqur 
biladigan tajribali odam bo‘lishi kerak deb hisoblanadi. Shundagina u 
mijozlarga boshqaruv guruhlarini shakllantirish va kadrlar bo‘yicha asosiy 
qarorlarni qabul qilish bo‘yicha malakali maslahat bera oladi va nomzodlar 
uchun esa - menejerlik faoliyati masalalarida haqiqiy vakolatli shaxs bo‘la 
oladi.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin