Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1.
O‘zingiz va yutuqlaringiz haqida 2-3 daqiqali prezentatsiyani
tayyorlang.
2.
Chiziqli rahbarga nomzodni taqdim etish jarayonida eng muhim
bosqich qaysi?
3.
Kim tavsiya beruvchi sifatida ishtirok eta oladi?
4.
O‘zingizga yozma tavsiya yozing.
5.
Rekrutingning
qaysi
bosqichida
nomzodga
rad
javobini
shakllantirish kerak?
6.
Nomzodga rad etish xatini yozing.
149
10-BOB. PERSONALNI ISHGA YOLLASH VA UNI
HUJJATLASHTIRISH TARTIBI
10.1. Korxonalarda ishga yollash bo‘yicha ishlarni tashkil etish
tamoyillari
Bo‘sh ish o‘rni uchun potentsial nomzodlar ichidan eng munosiblarini
tanlab olingandan so‘ng
yakuniy bosqich
boshlanadi. Ushbu bosqichda
buyurtmachi kompaniya o‘z imkoniyatlarini tanlangan nomzodlarning
kutilmalari bilan taqqoslaydi. Yangi ish joyi uchun raqobat kurashida,
odatda, teng huquqli va professional tajribaga ega bo‘lgan hollarda
kompaniyadan kamroq qo‘shimcha shartlarni talab qiluvchi nomzod go‘lib
boladi va bu nomzod boshqa da'vogarlarga nisbatan "bir oz arzonroq"
bo‘ladi.
Agar har ikki tomonning ish haqi va boshqa mehnat sharoitlari
to‘g'risidagi qarashlari bir oz farq qilsa, buyurtmachi kompaniya
muzokaralarni boshlaydi. Muzokaralar davomida kelishmovchiliklar
muhokama qilinadi va tomonlar murosaga kelishadi.
Ta'kidlash kerakki, ishga olish shartlari butun tanlov jarayonida
muhokama qilinishi kerak, ammo bu masala bo‘yicha muzokaralar faqat
ushbu bosqich tugagandan so‘ng boshlanadi. Ko‘pincha muzokaralar ish
haqi yoki kompensatsiya to‘lovlari, ba'zan yangi ish joyida qo‘shimcha ish
sharoitlarini muhokama qilish bilan olib boriladi.
O‘z navbatida, ish sharoitlari nafaqat buyurtmachining xohishiga
ko‘ra belgilanadi, balki O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida
ham ko‘zda tutilgan.
Ayniqsa diqqatga sazovor tomoni shundaki, potentsial xodim murojaat
qiladigan lavozim qanchalik baland va "qimmatroq" bo‘lsa, yakuniy
muzokaralar shunchalik qiyin bo‘ladi. Mamlakatdagi joriy makroiqtisodiy
vaziyatni, mehnat bozoridagi o‘ziga xos xususiyatlarini, nafaqat ish
beruvchilar, balki ishchilar o‘rtasidagi yuqori raqobatni hisobga olgan
holda, ushbu muzokaralar ko‘pincha savdo bitimlari shaklida o‘tkaziladi.
Qoida tariqasida, nomzod bilan muzokaralarni uning bo‘lajak
buyurtmachi rahbari oxirgi suhbatda o‘tkazadi. Biroq, rekruterning vazifasi
tanlovning yakuniy bosqichidan ancha oldin arizachining kutilmalari va
ehtiyojlari to‘g'risida bilishdir. Ko‘pgina holatlar mavjudki, ularda
arizachining kutilmalari asossiz yuqoriligi ma’lum bo‘ladi. Shuning uchun,
agar siz da'vogar uchun qanday shartlar muhimligini va u qanday maosh
150
olishini kutayotganligini darhol aniqlamasangiz, unda faqatgina natijasiz
intervyularga vaqtni yo‘qotish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |