Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Telefon suhbatidan keyin rad etish



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#142495
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   186
Rekrutment Darslik

Telefon suhbatidan keyin rad etish.
Agar aniqlangan faktlar 
talablarga aniq zid bo‘lsa, darhol nomzodga bu haqda aytib berish 
yaxshiroqdir. Shuningdek, suhbatdosh talab qilinadigan mahoratning o‘zida 
yo‘qligini tan olishiga va rad etish sabablarini tushunganiga ishonch hosil 
qilish kerak. 
Suhbat natijalari bo‘yicha rad etish.
Suhbat davomida siz 
nomzodning shaxsiy va muloqot qobiliyatlari, uning motivatsiyasi va kasbiy 
tajribasi haqida yaxshiroq ma'lumotga ega bo‘lishingiz mumkin. Suhbat 
davomida nomzod bilan kerakli tajribaning etishmasligi to‘g'risida ochiq 
muhokama qilish imkoniyati mavjud - agar nomzod buni tan olishga tayyor 
bo‘lsa, u o‘zi tanlovning keyingi bosqichlarida qatnashishdan bosh tortishi 
mumkin va unga rad javobini berishga hojat qolmaydi. O‘z navbatida, biron 
bir sababga ko‘ra nomzodni darhol rad etishning iloji bo‘lmasa, siz tanaffus 
olishingiz mumkin. 
Chiziqli rahbar tomonidan rezyume bo‘yicha rad etilishi.
Agar 
rekruter nomzodning malakasi kompaniya tomonidan belgilangan 


146 
talablarga javob berishini aniqlagan bo‘lsa va chiziqli rahbar rezyume 
asosida uni rad etsa, uni oqilona ishontira olish va uchrashuvda ko‘ndirish 
kerak. Agar muhokamada ilgari noma'lum bo‘lgan holatlar aniqlangan 
bo‘lsa, bu holat mijoz bilan lavozimga bo‘lgan talablarni yana bir bor 
muhokama qilish va ularning to‘g'ri talqin qilinganligiga ishonch hosil 
qilish uchun imkoniyat bo‘ladi. 
Suhbatdan keyin chiziqli rahbarning rad etishi.
Rad etish 
sabablarini tahlil qilish kerak: ular ratsionalmi yoki hissiyotga 
asoslanganmi? Nomzodni rad etishda mijozning fikr-mulohazalarini 
keltirish mumkin, ammo nomzodning chiziqli rahbar va kompaniya haqida 
yomon taassurotiga ega bo‘lmasligi uchun sabablarni juda ehtiyotkorlik 
bilan shakllantirish va so‘zlarni tanlash kerak. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin