Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#142495
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   186
Rekrutment Darslik

tanishish 
 
Tanlov jarayonidagi muhim bosqich - bu tavsiyanomalarni tekshirish 
jarayonidir. Bu rekruterga nomzodning yutuqlari, malakasi va shaxsiy 
fazilatlari to‘g'risidagi xulosalarning to‘g'ri ekanligiga ishonch hosil 
qilishga yordam beradi. Nomzod bilan ishlashning qaysi bosqichida unga 
berilgan tavsiyanomalarni tekshirish kerakligi har bir holat uchun alohida 
hal qilinadi. Eng keng tarqalgan amaliyot bu oxirgi suhbatdan oldin yoki 
undan keyin, lekin har doim ham nomzodga ish taklif qilishdan oldin. 
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, rekruter har doim tavsiyanomalarni 
tekshirish uchun nomzoddan ruxsat so‘rashi kerak. 
Ushbu qoidaga rioya qilmaslik eng kutilmagan va qayg'uli oqibatlarga 
olib kelishi mumkin - uning hozirgi ish joyidagi ma'lumotlarning tarqab 
ketishidan tortib to kishiga jiddiy zarar etkazishigacha. 
Rekruter tavsiyanoma beruvchilarning nomlarini so‘raganda, rekruter 
unga bu odamlar nomzodni bilishi kerakligini tushuntirishi kerak: shaxsan; 
professional nuqtai nazardan; so‘nggi paytlarda (axir, odamlar rivojlanadi, 
o‘zgaradi).
Agar nomzod hozirgi ish joyidan tavsiyanoma beruvchilarning 
nomlarini taqdim eta olmasa, rekruter undan avvalgi hamkasblari va sobiq 
rahbarlarining ism-shariflari va aloqa ma’lumotlarini so‘rashi kerak. 
Agar nomzod yozma tavsiyanomalar berib ismlarni aytishdan 
qochishga harakat qilsa, ularni qabul qilishga rozi bo‘lish mumkin, ammo 
og'zaki tavsiyalarning o‘rnini bosuvchi vosita sifatida emas. Xuddi shu 
printsip ijtimoiy tarmoqlardagi yozma tavsiyalarga nisbatan qo‘llaniladi, 
chunki tan olish kerakki, ular ko‘pincha rasmiy yoki do‘stona xarakterda 
bo‘ladi. 
Rekruterlar nomzodga unga tavsiyalar bera oladiganlarning 
muvozanatli ro‘yxatini tuzishda yordam berishlari kerak: 
- 2 ta menejer (1 - avvalgi, 1 - joriy yoki 1 - xorijiy va 1 – o‘zbek); 
- nomzodni biladigan hamkasbi yoki provayder yoki mijozning 
hamkasbi; 
- qo‘l ostida ishlagan hamkasbi (nomzod rahbarlari uchun). 
Qoidaga ko‘ra, tavsiyalar telefon orqali tekshiriladi. Rekruter o‘zini 
tanishtirishi kerak, bu suhbatdoshning aloqa ma’lumotlarini nomzod 
tomonidan berilganligini aytib, suhbatdoshga qo‘ng'iroq haqida oldindan 
ogohlantirilganligiga ishonch hosil qilishi kerak. 


142 
Bo‘lajak suhbatning maxfiyligi haqida tavsiya beruvchiga xabar 
berish juda muhim ("Natijalar faqat ushbu lavozim uchun tanlovda 
foydalaniladi va hech kimga, shu jumladan nomzodga ham berilmaydi"). 
Suhbatdoshga nomzodning tavsiyanomalarni tekshirishga ruxsat 
berganligini darhol tushuntirish kerak. Masalan, ko‘plab ish beruvchilar 
ma'lumot berishni xohlamaydilar, ammo uni tasdiqlashga qarshi emas.
Dastlabki bir nechta savollarni suhbatdoshga o‘zini qulay his qilish 
imkoniyatini yaratish maqsadida berish kerak. Tavsiyanomalarni 
tekshirayotganda, rekruter kamsituvchi xarakterga ega bo‘lmagan ochiq 
savollar berilishi kerak. Birinchi navbatda, kelajakdagi lavozim uchun nima 
kerakligini yoki nomzod bilan suhbat chog'ida aniqlik kiritilmagan 
masalalarni so‘rab olishi kerak. 
Suhbatdoshning nutq oxangi va to‘xtab olishlarini tinglash kerak, ular 
ba'zida javoblarning o‘zidan ko‘ra ko‘proq ma’lumot beradi. 
Rekruter va tavsiya beruvchi o‘rtasidagi suhbatning misolini ko‘rib 
chiqaylik: 
"Assalomu alaykum __________, ahvollaringiz yaxshimi? Mening 
ismim ___________. Men “-_________” rekruting korxonasida ishlayman 
va xodimlarni yollash bo‘limining vakiliman. Bir o‘z vaqt ajrata olasizmi? 
Men ____________ dan ruxsat olgan holda sizga qo‘ng’iroq qilyapman, biz 
unin nomzodini _________ lavozimiga ishga olishni ko‘rib chiqayapmiz. 
Kompaniyamizning qoidalariga muvofiq, biz uning tavsiyanomalarini 
tekshiramiz. Siz menga taqdim qiladigan barcha ma'lumotlar maxfiy bo‘lib 
qoladi. Menda tayyorlangan savollar ro‘yxati bor. Ularga javob berish sizga 
noqulay emasmi?" 
Suhbatni nafaqat to‘g'ri o‘tkazish, balki uni malakali ravishda tugatish 
juda muhimdir, masalan: 
“Hurmatli _________, ajratgan vaqtingiz va ma'lumotlaringiz uchun 
tashakkur. Yana bir bor ta'kidlashni istardimki, bu sir saqlanib qoladi". 
Shuni esda tutish kerakki, tavsiyalar tabiatan subyektiv bo‘lgan odam 
tomonidan beriladi. Shuning uchun, bunday vositaning muhim va 
ahamiyatli bo‘lsada, faqat tavsiyalar asosida qaror qabul qilishning keragi 
yo‘q, bu nomzod haqidagi ma'lumot va taassurotlarni tekshirish usullaridan 
biri xolos. Agar salbiy tavsiyalar olingan bo‘lsa, unda ma'lumot manbasiga 
e'tibor qaratish va uning ishonchlilik darajasini tekshirish kerak.


143 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin