Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


) "O‘zingiz haqingizda gapirib bering"



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#142495
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   186
Rekrutment Darslik

 1) "O‘zingiz haqingizda gapirib bering"
(o‘zini tanishtirish). 
Rekruter nomzodga to‘g’ri keladigan ikki yoki uch daqiqalik javobni, shu 
jumladan uning karerasining asosiy, eng muhim bosqichlari to‘g'risidagi 
ma'lumotlarni tayyorlashni maslahat berishlari kerak. "O‘zingiz haqingizda 
gapirib bering" degan savol aksariyat hollarda tanishtiruvchi hisoblanadi va 
umuman nomzod erkin suhbatga duch kelishini anglatmaydi. Qoidaga 
ko‘ra, chiziqli rahbar nomzodning uning malakasi va ularning taklif 
etilayotgan ishga muvofiqligi haqidagi hikoyasini eshitishni kutadi. 
2) Oldingi ishdan ketish yoki ishdan bo‘shatilish sabablari 
haqidagi savollar.
Qanday bo‘lmasin, nomzod faqat haqiqatni aytishi 
kerak, ammo tushuntirishlarni oldindan o‘ylab ko‘rish kerak. 
3) Oldingi ishdagi yutuqlar, maqsadlar va rejalar haqida savollar.
Nomzod aniq misollar keltirishi va aniq natijalar haqida gapirishi, 
shuningdek umumjamoadan erishgan yutuqlarini ta’kidlab o‘tishi kerak. 
4) Nomzodning savollari.
Savollarning yo‘qligi, odatda nomzodning 
befarqligi, lavozimga va kompaniyaga befarqligi yoki u tomonidan 
ma'lumotni yuzaki idrok etish sifatida talqin qilinadi. Nomzod, u berayotgan 
savollar unga to‘g'ridan-to‘g'ri chiziqli rahbardan javob olishning noyob 
imkoniyatini berishini va o‘z navbatida nomzodning motivatsiyasi yanada 
aniqroq bo‘lishini bilishi kerak. 
9.2. Yakuniy suhbat o‘tkazish tartibi. Ish haqi, mehnat sharoitlari, 
ijtimoiy qulayliklarni muhokamasi 
 
Nomzodni 
ikkinchi 
(yakuniy) 
suhbatga 
tayyorlash.
Tayyorgarlikning ushbu bosqichida xuddi avvalgi kabi bir xil texnika 
qo‘llaniladi, ammo quyidagilarga ko‘proq e'tibor berish kerak: 
1) badal (kompensatsiya) paketi.
Buni yana batafsilroq muhokama 
qilish kerak. Rekruter nomzod uchun muhim bo‘lgan barcha narsalarni bilib 
olganligi sababli, u kompensatsiya masalalarini chiziqli rahbar bilan 
muhokama qila oladi; 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin