Suhbatdan keyin chiziqli rahbarning fikrlari (teskari aloqa). Nomzod bilan suhbatdan so‘ng mijozdan fikr-mulohazalarni olish tavsiya
etiladi. Shunday qilib, rekruter chiziqli rahbarga nomzodning taassurotlari
va xatti-xarakatlari haqida zarur ma'lumotlarni taqdim etishlari, shuningdek,
eshitganlariga o‘z mulohazalarini berishlari mumkin.
Uchta asosiy parametrlar bo‘yicha chiziqli rahbarning nomzod haqida
fikrini tushunish muhimdir:
- nomzodning taklif etilayotgan ishga kasbiy muvofiqligi;
- uning shaxsiy fazilatlari bo‘lim va umuman kompaniyaning
jamoasiga muvofiqligi;
- uning ushbu lavozimda ishlashga bo‘lgan ishtiyoqi.
Agar rahbar bir nechta nomzodlar bilan suhbat o‘tkazgan bo‘lsa, unda
rekruter undan kuchli va kuchsiz tomonlarini taqqoslashni so‘rashi,
shuningdek ularni kompaniyada ishlash istiqbollari bo‘yicha tartiblashi
kerak.
Fikr-mulohazaning natijasi suhbatning keyingi bosqichi to‘g'risida
kelishuv yoki rad etish yoki tanaffus qilish sabablarini birgalikda
shakllantirish yoki ish taklifini tayyorlash bo‘lishi mumkin. Olingan
ma'lumotlar kelishilgan muddatlarda va to‘g'ri shaklda suhbatda qatnashgan
barcha nomzodlarga etkazilishi kerak.
Biroq, barcha rahbarlar ham qidiruv muvaffaqiyati uchun oldindan
tuzilgan va batafsil fikr almashishning muhimligini tushunishmaydi.
Chiziqli rahbarlarga qidiruvning sifati va samaradorligi batafsil va o‘z
vaqtida bo‘lgan teskari aloqaga bog'liqligini namoyish etish uchun amaliy
misollardan foydalanish kerak.
Agar tanlovning barcha bosqichlari muvaffaqiyatli yakunlangan
bo‘lsa va mijozning nomzod haqidagi fikri ijobiy bo‘lsa, yakuniy suhbatlar
natijalari bo‘yicha teskari aloqa jarayonida nomzodga berilgan
tavsiyanomalarni tekshirish kerak.
141
9.3. Tanlangan nomzod borasida tavsiyanomalar (tavsifnomalar) bilan