54
Bo‘sh
ish
joyi
ekspertizasi
- bu bo‘sh ish
joyini baholash tartibi, unda
mutaxassisning ish joyidagi
faoliyati
tahlili,
qidiruv
parametrlari va nomzodlarni
tanlash mezonlari aniqlanadi.
Ammo, bo‘sh ish joyini
ekspertiza
qilishdan
oldin,
rekruter: birinchidan, kompaniyaning maqsadlari va uni rivojlanishining
strategik
yo‘nalishlarini
aniqlashi;
ikkinchidan,
kompaniyaning
tanlanadigan xodim ishlaydigan faolioyati yo‘nalishlarini aniqlashi;
uchinchidan, kompaniyaga tanlanayotgan xodimning haqiqatdan zarurligini
va samaradorligini baholashi kerak. Masalan, agar kompaniyaning mavjud
yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish rejalashtirilayotgan bo‘lsa, yangi
xodimning paydo bo‘lishi juda yahshi. O‘z navbatida, agar mavjud xodimni
almashtirish uchun tanlanayotgan bo‘lsa, ammo biznes yo‘nalishi istiqbolsiz
bo‘lsa, u holda personal lizingi xizmatidan foydalanish yaxshiroqdir.
Bo‘sh ish joyi ekspertizasi jarayonini uchta blokga ajratamiz va
ularning har birini batafsil ko‘rib chiqamiz.
Shunday qilib,
birinchi blok
ixtisoslashgan masalalar to‘plamini
tayyorlash orqali mutaxassisning ish joyidagi faoliyatini tahlil qilishni o‘z
ichiga oladi:
1) Kompaniyada qanday maqsadlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari
mavjudmi yoki yaratilmoqda?
2) Kompaniyaning qaysi yo‘nalishlari uchun yangi xodim kerak?
3) Yangi xodim kompaniyaning maqsadlariga erishish uchun qanday
vazifalarni hal qilishi kerak?
4) Har bir topshiriqning natijasi qanday?
5) Vazifa necha marta takrorlanadi?
6) Har bir topshiriqni amalga oshirishda sifat mezonlari qanday?
7) Yangi xodim har bir vazifani bajarishda kim bilan xamkorlik qilishi
kerak?
8) Ushbu bo‘sh ish o‘rni uchun bo‘ysunish tizimi qanday?
9) Yangi xodimning natijadorligi va samaradorligini kim tekshiradi?
10) Hisobot berish muddati va qoidalari qanday?
Bu jarayonda eng muhimi, talab qilinadigan xodim to‘g'ridan-to‘g'ri
bo‘ysunishida bo‘ladigan chiziqli menejerlarining ishtiroki.
Dostları ilə paylaş: