62
- aloqa ma'lumotlari (telefonlar, manzil,
elektron pochta, ijtimoiy
tarmoqlar va ish saytlaridagi profillarga havolalar, ICQ, Skype);
- nomzodning shaxsiy rezyumeni;
- ma’lumoti;
- chet tillarini bilish darajasini baholash, bunda o‘z-o‘zini
baholash
yoki tekshirish yoki test natijalari to‘g'risida belgi qo‘yiladi;
- telefon va shaxsiy suhbatlar natijalari bo‘yicha sharhlar;
- tavsiyalarni tekshirish natijalari (va / yoki tavsiya xatlari);
- chiziqli rahbar bilan suhbatning sanasi va natijasi to‘g'risida, uning
familiyasi, ismi, otasining ismi va nomzod bilan muhokama qilingan
lavozimi ko‘rsatilgan belgi qo‘yiladi;
- nomzodning tegishli sanaga ish haqi bo‘yicha kutilmalari
to‘g'risidagi ma'lumotlar
Har bir kompaniyada elektron ma'lumotlar
bazalari turli xil axborot
platformalarida qurilgan va turli xil qidirish va foydalanish qobiliyatiga ega
(masalan, “E-Staff Recruiter”, “Rezyumaks”, “Experium” va boshqalar).
Shu yo‘sinda, “E-Staff Recruiter” dasturiy mahsuloti kadrlarni tanlash bilan
bog'liq ko‘pgina operatsiyalarni avtomatlashtirishga imkon beradi,
jumladan rezyumelarni qayta ishlash, nomzodlarning ma'lumotlar bazasini
yuritish, bo‘sh ish o‘rinlarini boshqarish,
mijozlar bilan ishlash, analitik
ma'lumotlarni olish va hk. 1 ish joyi uchun dasturning narxi nisbatan past va
10000 rublni tashkil etadi ("Experium Light" - 50 000 rubldan).
Muayyan kompaniyaning ehtiyojlariga moslashtirilgan har qanday
elektron ma'lumotlar bazasi, avvalo, ishlashda qulay bo‘lishi
va axborot
xavfsizligini kafolatlashi kerak. Bu, ayniqsa, 2019 yil 02 iyuldagi ZRU-547-
sonli "Shaxga doir ma'lumotlar to‘g'risida"gi qonunining qabul qilinishi
bilan bog'liqdir.
Dostları ilə paylaş: