(“Hurriyat”. 2011yil 2 aprel. «Rog‘un loyihasi O‘rta Osiyo uchun sunamidan ham xavfliroq») Aytish lozimki, sharh qaysi turga mansub bo‘lmasin, uni yozishda amal qilinishi lozim bo‘lgan umumiy qoidalar mavjud:
SHarh: a) kimdandir qasd olish;
b) his-tuyg‘ularni anglatish;
v) emotsional hayojonni etkazish vositasiga aylanishi mumkin emas.
SHarhda: a) ijtimoiy ahamiyatga molik nimadir etkazib berilishi;
b) ishonarli argumentlar keltirilishi;
v) munosib tanqid aks etishi;
g) ravon tildagi ifoda tarzi bo‘lishi kerak.
Har bir material: a) o‘z uslubi va dastxatiga ega bo‘lishi;
b) faktlarga baho berish va tahlil qilish tartib asosiga qurilishi;
v) nigoh biror-bir mavzuga qaratilishi;
g) jonli, yangi rakursda, ba’zan ziddiyatli uslubda ifodalanishi;
d) o‘quvchini mavzuga yangicha nuqtai nazardan qarashiga erishishi;
j) bayon emas, tasvirlab, ko‘rsatib berishi;
e) fikrni o‘quvchiga qarshi qo‘ymay, misollar keltirilishi;
i) muallif tajribasiga emas, mavzuga e’tibor qaratilishi;
z) ohangda uzviy mutanosiblikka (biror ohangni tanlang va oxirigacha shunga amal qiling) rioya qilgan holda yozilishi lozim.
SHarh rasmiy yoki norasmiy bo‘lishi mumkin. Bunda hammasi tanlangan mavzuga bog‘liq.
Savollar: 1. Pardalangan sharh nima?
2. SHarh yozishda jurnalist amal qilishi lozim bo‘lgan kasbiy qoidalarni sanab bering.
Topshiriqlar: 1. Davriy nashrlardan pardalangan sharhga misol toping.
2. Jurnalistika fakulteti bitiruvchilarining ish bilan ta’minlanishi, salohiyati va ishlash istagi mavzusida ochiq yoki pardalangan sharh yozing. SHarhning qaysi turida ishlash siz uchun engilroq ekanini ayting.
Savollar: 1. SHarh qanday turlarga bo‘linadi?
2. Ochiq sharhning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsating.
Topshiriqlar: 1. Davriy nashrlardan ochiq sharhga misol toping.
2. Ochiq sharhning munosabat bildirilishiga ko‘ra o‘ziga xos jihatlarini aniqlang.