«Dedi», «xabar berdi» kabi so‘z va iboralar betaraf fe’l turlari hisoblanadi. Iqtibosni anglatib kelgan ushbu so‘zlar bizni faqat nimadandir xabardor qiladi, xolos. Reportyorlar ko‘pincha ushbu so‘zlarni boshqa sinonim so‘zlar bilan almashtirishga o‘rinishadi, lekin boshqa sinonim so‘zlar betaraflikni ifodalab bera olmaydi. Masalan, quyidagi parchada mutaxassis iqtibosini jurnalist hodisa atrofida aytilgan fikrlardan biri sifatida keltirgan, uning xabarini bergan, xolos:
«Aslini olganda, oddiy mavsumiy shamollashlar natijasida ko‘proq odam halok bo‘ladi. Masalan, AQSHda bu ko‘rsatkich har yili o‘rtacha 36 ming, Kanadada 2,5 mingni tashkil etadi. Butun dunyo bo‘ylab esa tumovdan har yili o‘rtacha 250-500 ming inson qurbon bo‘layapti. Ammo hech kim oddiy grippga e’tibor bermaydi. Vaholanki, qurbonlar soni ikki yuz kishiga etmagan kasallikning bo‘rttirib ko‘rsatilayotgani taajjublanarli holdir», — dedi Xoscodovskiy. («XXI» asr, 2009 yil 7 may) «Iqror bo‘ldi» iborasi aybning tan olingani ma’nosida
kelsa, «tasdiqladi» so‘zi aytilgan gapga ishonmaslikni anglatadi. Masalan, «ta’kidladi» so‘zi iqtibos muallifiga ishonganlikni bildiradi.
«Uning ta’kidlashicha, Bush Oq uy rahbari bo‘lgan davrda SHimoliy Koreyaga nisbatan ham nohaqlik qilgan». («SHarqiy Osiyoga safar» // «Hurriyat», 2009 yil 18 fevral) SHu bilan birga, agar kimdir sizga o‘z xatti- harakatlari yoki qarorini tushuntirsa va boshqa asoslar bo‘lmasa, uni «o‘zini shunday deb oqladi...»,deb yozish nojoiz. Bunday so‘zlarni, agar u insonni qattiq tanqid qilishgan bo‘lsa yoki boshqa usullar bilan uni majburlashgan taqdirdagina ishlatish mumkin.
Noixtiyoriy sharh va maqolalarda, odatda, gap «Xavotirlisi shundaki...» yoki «Umid qilamanki...» kabi kirish so‘zlar bilan boshlanadi hamda aksariyat hollarda bu aynan kimning xavotiri yoki umidi ekanligi unutib qo‘yiladi. To‘g‘ri, agar biror mazmundagi xavotir yoki umidni kimdir siz bilan oshkora o‘rtoqlashsa, buni tushunish mumkin. Masalan: «Kecha maktabdan uyiga qaytmagan uchta bolaning taqdiri uchun xavotirlar ortayapti». YOki «Oltinning narxi tushishiga umid ortmoqda», deb o‘qisak, unda kimning umidi ortayotganini aniq aytishimiz kerak. Bunday hollarda oltin qazib oluvchi va ishlab chiqaruvchilarning umidi oshishdan ko‘ra ko‘proq xavotirlarga sabab bo‘lishi aniq.
«SHu bois YAponiyada ro‘y bergan zilzila va uning fojiali oqibatlari, shuningdek, tojikistonlik seysmologlarning xolis fikrlari misli ko‘rilmagan balandlikda ushbu ulkan gidrouzel to‘g‘onini loyihalashtirish va qurishdek tagi puch g‘oyani amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan Tojikiston rahbariyatining ko‘zini ochadi, deb umid qilamiz».