317
Agar asosiy qarzdor kreditorning talabini qondirishdan bosh tortsa
yoki kreditor undan qo‘yilgan talabga oqilona muddatda javob olmagan
bo‘lsa, bu talab subsidiar javobgar bo‘lgan shaxsga qo‘yilishi mumkin.
Kreditor asosiy qarzdorga bo‘lgan o‘z talabini qondirishni subsidiar
javobgar shaxsdan talab qilishga haqli emas, basharti bu talab asosiy
qarzdorga muqobil talabni hisobga o‘tkazish yoki mablaglarni asosiy
qarzdordan nizosiz undirib olish yo‘li bilan qondirilishi mumkin bo‘lsa.
Subsidiar javobgar shaxs o‘ziga kreditor tomonidan qo‘yilgan
talabni qondirishdan oldin bu haqda asosiy
qarzdorni ogohlantirishi,
bordi-yu bunday shaxsga nisbatan da’vo qo‘zgatilgan bo‘lsa — asosiy
qarzdorni ishda qatnashishga jalb qilishi kerak. Aks holda asosiy qarzdor
o‘zining kreditorga qarshi e’tirozlarini subsidiar javobgar shaxsning
regress talabiga qarshi qo‘yish huquqiga ega.
Javobgarlik va majburiyatni asl holida bajarish - xususan, qonunda
yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, majburiyat
lozim darajada bajarilmagan taqdirda neustoyka to‘lash va zararni
qoplash qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qilmaydi.
Basharti qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda
tutilgan bo‘lmasa, majburiyat bajarilmagan taqdirda zararni qoplash va
uning bajarilmaganligi uchun neustoyka to‘lash
qarzdorni majburiyatni
asl holida bajarishdan ozod qiladi. FK.330-modda.
Kechiktirib yuborish oqibatida o‘zi uchun ahamiyatini yo‘qotgan
(ushbu Kodeks 337-moddasining ikkinchi qismi) ijroni kreditorning
qabul qilishdan bosh tortishi, shuningdek voz kechish haqi tarzida
belgilangan neustoykani to‘lash (ushbu Kodeksning 342-moddasi)
qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qiladi. Shuningdek
Kodeksning 236 — 258, 324 — 329, 331 — 339, 436-moddalari,
O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar
faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘grisida” gi Qonuni 34-
moddasining uchinchi qismi.
Xususiy belgili ashyoni topshirish
majburiyatini bajarmaslik
oqibatlari-xususiy belgili ashyoni kreditorning mulki qilib, uning xo‘jalik
yuritishiga, operativ boshqaruviga yoki foydalanishiga topshirish
majburiyati bajarilmagan taqdirda kreditor bu ashyoni olib qo‘yishni va
318
majburiyatda nazarda tutilgan shartlar asosida o‘ziga topshirishni talab
qilishga haqli. Bu huquq ashyo bir xil huquqqa ega bo‘lgan uchinchi
shaxsga topshirilgan bo‘lsa, bekor bo‘ladi. Agar ashyo hali
topshirilmagan bo‘lsa, vaziyat qaysi kreditorning foydasiga oldinroq
vujudga kelgan bo‘lsa, o‘sha kreditor ustunlikka ega bo‘ladi,
basharti
buni aniqlash mumkin bo‘lmasa, oldin da’vo qo‘zgatgan kreditor
ustunlikka ega bo‘ladi.
Kreditor majburiyat narsasi bo‘lgan ashyoni o‘ziga topshirishni
talab qilish o‘rniga, zararning qoplanishini talab qilishga haqli. 331-
modda.
Majburiyatlar
bo‘yicha
javobgarlik
hajmini
cheklash,
majburiyatlarning ayrim turlari bo‘yicha hamda muayyan faoliyat turi
bilan bogliq majburiyatlar bo‘yicha qonunda zararni to‘la qoplashga
bo‘lgan huquq cheklab qo‘yilishi mumkin (cheklangan javobgarlik).
Qo‘shilish shartnomasi yoki kreditor iste’molchi sifatida ish olib
boruvchi fuqaro bo‘lgan boshqa shartnoma bo‘yicha
qarzdorning
javobgarlik hajmini cheklash to‘grisidagi kelishuv haqiqiy emas, basharti
majburiyatlarning ushbu turi yoki ushbu tartibbuzarlik uchun javobgarlik
hajmi qonun bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lsa va agar majburiyatni
bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikni
keltirib chiqaradigan vaziyatlar yuz berguncha kelishuvga erishilgan
bo‘lsa. FK. 332-modda.
Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari, qarzdor aybi
bo‘lgan taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada
bajarmaganligi uchun, agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha
tartib belgilanmagan bo‘lsa, javob beradi. Qarzdor majburiyatni lozim
darajada bajarish uchun o‘ziga bogliq bo‘lgan
hamma choralarni
ko‘rganligini isbotlasa, u aybsiz deb topiladi. 333modda.
Fuqarolik kodeksining 334-moddasida, shartnoma taraflarining
agarda aybi bo‘lmasa, bunday xolatda majburiyatni buzgan shaxs
tomonidan isbotlanish tartib-taomili mustaxkamlangan. Basharti,
qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa,
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda majburiyatni bajarmagan yoki
lozim darajada bajarmagan shaxs majburiyatni lozim darajada bajarishga
319
engib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda va muayyan sharoitlarda
oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major)
tufayli imkon
bo‘lmaganligini isbotlay olmasa, javobgar bo‘ladi. Qarzdorning
shartlashuvchi sheriklari tomonidan majburiyatlarning buzilishi,
majburiyatni bajarish uchun zarur tovarlarning bozorda yo‘qligi,
qarzdorda zarur pul mablaglarining bo‘lmaganligi bunday vaziyatlar
jumlasiga kirmaydi.
Majburiyatni qasddan buzganlik uchun javobgarlikni bartaraf qilish
yoki cheklash to‘grisidagi avvaldan kelishilgan bitim u tuzilgan paytdan
boshlab haqiqiy emas.
FKning 14, 116, 236 - 258, 324 - 332, 334 - 339-
Dostları ilə paylaş: