Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


-§. Shartnomaviy munosabatlarning huquqiy jihatdan



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

4-§. Shartnomaviy munosabatlarning huquqiy jihatdan 
taminlanishini tashkil etish va nazorat qilish. 
Shartnomaviy munosabatlarning huquqiy jihatdan taminlanishini 
tashkil etish O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi 


312 
to`g`risida”gi 1998 yil 29 avgustdagi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2021 yil 29-iyundagi PQ-5168-son Davlat organlari va 
tashkilotlariga 
yuridik 
xizmat 
ko‘rsatish 
faoliyatini 
yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘grisidagi qarori, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14-sentyabrdagi “Shartnomaviy 
munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘risida” gi 
farmoni, va boshqa normativ hujjatlar shartnomaviy munosabatlarning 
huquqiy jihatdan taminlanishini tashkil etishga xizmat qiladi.
Tadbirkorlik shartnomasi subyektlariga huquqiy xizmat ko`rsatish 
ularning yuridik xizmatlari yoki shu maqsadda shartnoma asosida jalb 
etilgan advokatlar tomonidan amalga oshiriladi.
Yuqoridagi qonunga ko‘ra, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 
yuridik xizmati vakolatiga:
 
tadbirkorlik shartnomalarini tuzish, bajarish, o`zgartirish va 
bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
 
tadbirkorlik 
shartnomalari 
bajarilishi 
ustidan 
o`zaro 
tekshiruvlar o`tkazilishini nazorat qiladi;
 
tadbirkorlik yurituvchi subyekt rahbariga imzolash uchun 
taqdim etilayotgan tadbirkorlik shartnomalari loyihalarining va ular bilan 
bog`liq huquqiy tusdagi boshqa hujjatlarning qonun hujjatlari talablariga 
muvofiqligini tekshiradi;
 
tayyorlangan tadbirkorlik shartnomasi va u bilan bog`liq 
huquqiy tusdagi boshqa hujjat loyihasi qonun hujjatlari talablariga mos 
emasligi aniqlangan taqdirda, o`z etirozini asoslagan holda uni 
qo`shimcha ravishda ishlab chiqish uchun qaytaradi;
 
shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan 
takliflar ishlab chiqishda bevosita ishtirok etish kabi vakolatlar kiradi.
Tadbirkorlik shartnomalari ularni imzolash uchun tayyorlash 
jarayonida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati yoki jalb 
etilgan advokatlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan 
tekshiruv o‘tkazilib, tuzilayotgan xar bir shartnoma ular tomonidan 
imzolanishi kerak.
Qonun hujjatlariga ko‘ra tuzilayotgan shartnoma, eng kam ish haqi 
miqdorining ikki yuz baravaridan ortiq summadagi xo`jalik shartnomalari 


313 
yuridik xizmatning yoki advokatning yozma xulosasidan keyingina 
tuziladi.
Shartnomaning xulosa qismida quyidagilar ko`rsatilishi lozim:
 
tadbirkorlik shartnomasida ko`rsatilgan munosabatlar qaysi 
qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi; 
 
tadbirkorlik shartnomasi shartlarining qonun hujjatlari 
talablariga mos kelish-kelmasligi; 
 
taraflarning javobgarligi meyori va nizolarni hal etish tartibi 
qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi.
Tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini olish
shuningdek shartnoma tuzish erkinligi prinsipiga rioya qilinishni 
taminlash maqsadida amaldagi qonunlar bilan davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlarining tadbirkorlik shartnomalarini tuzish hamda 
bajarish jarayonidagi vakolatlari aniq belgilab qo`yilgan.
Masalan, mahalliy davlat qokimiyati organlari o`z vakolatlari 
doirasida: davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish, ishlar 
bajarish, xizmatlar ko`rsatish shartnomalarini, shuningdek kontraktasiya 
shartnomalarini tuzish va bajarish ishlarini muvofiqlashtirib boradi; 
tadbirkorlik yurituvchi subyektlar o`rtasidagi shartnoma munosabatlarini 
rivojlantirish uchun sharoit yaratish chora-tadbirlarini ko`rishlari shart.
Davlat boshqaruv organlari xususan, adliya organlari o‘z vakolatlari 
doirasida, tadbirkorlik shartnomalarini tuzishda yordam ko`rsatishi va 
tadbirkorlik shartnomalari hamda ularni bajarishning ahvoli to`g`risidagi 
statistika malumotlarini umumlashtiradi, qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan hollarda tadbirkorlik shartnomalarining bajarilish jarayonini 
nazorat qiladi, tadbirkorlik subyektlari yuridik xizmatlarining ishini 
tashkil etishga, yuridik maslahatchilarning malakasini oshirishga 
ko`maklashadi, tadbirkorlik shartnomasini tuzish, bajarish, o`zgartirish va 
bekor qilish jarayonida qonun hujjatlarining buzilishiga yo`l qo`yilganligi 
fakti aniqlangan taqdirda, aybdor shaxslarni belgilangan tartibda 
javobgarlikka tortish masalasini qo`yadi.
Demak, adliya idoralari xam tadbirkorlik shartnomalarini bajarilishi 
jarayonlarini nazorat qilish vakolatiga ega.


314 
Tadbirkorlik shartnomalarini tuzish, bajarish, o`zgartirish va bekor 
qilishga qaratilgan qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni 
qonunlarga muvofiq prokuratura organlari amalga oshiradilar. Bu 
organlar aybdor shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish, 
tadbirkorlik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan 
zarur chora-tadbirlarni ko`radilar.
Adliya 
organlari 
tadbirkorlik 
subyektlariga 
shartnoma 
majburiyatlarini tuzish va bajarish chog`ida huquqiy yordam ko`rsatadi, 
shuningdek o`z vakolatlari doirasida tadbirkorlik shartnomalarining 
bajarilish jarayonini nazorat qiladi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin