Sharq filologiyasi va tarix fakulteti markaziy osiyo xalqlari tarixi kafedrasi


Kirish Mavzuning dolzarbligi



Yüklə 300 Kb.
səhifə2/11
tarix02.01.2022
ölçüsü300 Kb.
#46051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Sharq filologiyasi va tarix fakulteti markaziy osiyo xalqlari ta

Kirish

Mavzuning dolzarbligi: Mustaqiligimizga erishganimizdan so’ng biz tariximizga doir har bir voqealarni asl holaticha o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldik. Chorizm davrida tariximizga haqqoniylik bilan yondashilmadi sovet tizimiga mos qilib o’zbek fuqarolariga o’rgatilgan bo’lsada, ota – bobolarimiz o’zligini, o’z tarixini unutmasdan bizgacha qoldirishga harakat qildilar. Zero tarix bugun va kelajakning ko’zgusi. Mustaqil hayotimizda buyuk maqsadlar sari intilishimiz uchun sharoyitlarning yaratilganligi hamda buyuk kelajak uchun madaniy – ma’naviy merosga ega bo’lishimiz darkor.

El – yurtimiz o’zining ko’p asrlik tarixi davomida bunday mash’um xatarlarni necha bor ko’rgan, ularning jabrini tortgan. Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dinimiz, tariximiz va ma’naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz. Ana shunday fojiali o’tmish, bosib o’tgan mashaqqatli yo’limiz barchamizga saboq bo’lishi, bugungi voqelikni teran tahlil qilib, mavjud tahdidlarga nisbatan doimo ogoh bo’lib yashashga da’vat etish lozim. Zero o’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunni unutadigan millatning kelajagi yo’q1. Shuning uchun ham O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridanoq tarixni o‘rganish borasida muhim qadamlar qo‘yildi. 1998 yil 26 iyunda Prezident Islom Karimovning bir guruh tarixchi olimlar va ijodkor ziyolilar vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvidan keyin tarixni o‘rganishga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaydi. Ushbu uchrashuvda davlat rahbari tarixni qayta tiklash borasidagi eng dolzarb masalalarni ko‘rsatib berdi. Hech qaysi bir xalq o‘tmishini o‘rganmay, o‘zining zamon va makondagi o‘rnini aniq belgilab olmasdan, nasl-nasabini, kimligini bilmasdan turib rivojlanishi mumkin emasligini ta’kidlaydi2. Shuningdek, I.A Karimov ushbu uchrashuvda davlatchilik tarixini o‘rganish va qayta tiklash davlat siyosati darajasidagi muhim vazifalardan biri ekanligini quyidagicha bayon etgan edi: «Davlatchilik bugungi kunda o‘ta siyosiy masala bo‘lib turibdi. O‘zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasidir. Asosiy maqsad davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan tarixini yaratishdir»3.

Darhaqiqat tarixiy bir davrda ajdodlarimiz qoldirib ketgan tarix manbalarni biz albatta mukammal darajada yoritib kelajakka yetkazib berishimiz lozim. Ana shuningdek asarlardan biri bo’lgan “Abdullanoma” asari haqida mulohaza yuritar ekanmiz, albatta o’rta asr davlatlarining qay darajada mustahkam va qudratliyligini o’sha davlatning madaniyati hamda davlat tuzilish strukturasiga e’tibor qaratib uni aniqlashimiz mumkin. Shuningdek XVI asr ikkinchi yarmida Buxoro xonligining qo‘shni davlatlar bilan olib borgan diplomatik, savdo va madaniy aloqalarini o‘zbek davlatchiligi tarixi tamoyillari nuqtai nazaridan chuqur tadqiq qilish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri deyish mumkin. Hamda bugungi kunda ham bu davlatlarning ahamiyat qay darajda ekanligini bilishimizdir. Shayboniylar davlati haqida Hofiz Tanish Buxoriy qimmatli manba bizga taqdim etganligi, bu albatta o’tmishimizdagi voqealarning haqiqiyligiga ishonchni oshiradi. Ana ushningdek asarlardan bu davlatlarning hayotimizda qay darajada dolzarbligini bilishimiz mumkin. Albatta biz o’tmishimizni mukammal bilib, ularni kelajak avlodga salmoqli darajada qoldirishimiz oldimizga qo’yilgan eng dolzarb masaladir.

Agar biz O’zbekistoninmizni dunyoda taranum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlod xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk tarixchilarimizni tarbiyalashimiz dolzarbdir4.



Yüklə 300 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin