Sharq filologiyasi va tarix fakulteti markaziy osiyo xalqlari tarixi kafedrasi


Abdullaxonning Muhammad Nazarboy elchiligi yuzasidan Hindiston hikumdoriga yuborgan maktubi



Yüklə 300 Kb.
səhifə9/11
tarix02.01.2022
ölçüsü300 Kb.
#46051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Sharq filologiyasi va tarix fakulteti markaziy osiyo xalqlari ta

Abdullaxonning Muhammad Nazarboy elchiligi yuzasidan Hindiston hikumdoriga yuborgan maktubi quyidagicha: Quvonchlik davrimizning saodat va iqboliga zebu ziynat muqarrar bo‘lsin! Shod-xurram ayyomimiz yuksalish va shon-shavkatga muyassar bo‘lsin!

Adolat va saodat bo‘stoni, hashamat va baxtiyorlik gulshani, shohlik nurlarining matla’i, shahanshohlik falakining yulduzi, sahovat va layoqat jamiyatining xulosasi, shon-shavkat sahifasining unvoni, osmon qadrlik, yulduz, iqboli balandlikning porlar gavhari, olamni srituvchi oftob, adolat va haqiqat osmoni, karam va raiyatparvarlikning jahonni yorituvchi to‘lin oyi, birdamlik poyasini mustahkamlovchi, do‘stlik darajasini balandlatuvchi, ko‘ragoniy [ya’ni Temur] xonadonining namunasi, Chingizxon oilasining zubdasi [ya’ni Akbarshoh] tangrining iltifotlari shu’lasidan, Ollohning xayru sahovat gulidan, xudoning yaratuvchilik karomati nurlaridan bahramand bo‘lsin. Ulug‘lik va zafar osmonining yorug‘ yulduziga saodat sharafi bilan jahongirlik yo‘ldosh bo‘lsin48.

Vafodorlikka sabab bo‘luvchi muhabbat asos marosimlarni ado qilgandan so‘ng haqqoniy, oliy janob fikrimiz o‘z mehr jilosini namoyon qiladiki, muattar islik havoning mushkanbar taratishidan olam jannat rashk qiladigan holda bo‘lgan shu qutlug oqibat kunlarda muvofiqlik-ni asos qilib olgan haqshunos xotir(imiz) «Bu olloh fazli, xohlagan (kishim)ga beraman va tangri buyuk fazllar egasi» (oyati)ning mufassal va haqqoniy mazmuni bilan xudoning buyuk saqlash uchun berilgan buyum bo‘lmish xalofatning muhim ishlari berdi, chunki davlat bundan yaxshiroq bo‘lsin.

Tangri marhamatining yordami va marhum ulug‘lar pok ruxlari bilan zebu ziynat va shoni shavkat bilan umr kechirganlarning behnsob sharafi (ularning) noiblaridan holi bo‘lmasin, gullab –yashnayversin, uning mevasi merosxo‘r bo‘lsin. Olam bezagi (podshoh) fikrida mahfiy yer pinxon qolmasin, yaramas shia firqasi o‘zlarining yomon nomaqbul shiorini paydo qilib kundan-kun yolg‘onni orttirish va safsatabozlikni kuchaytirishga intilmoqdalar. O’tkir fikr va hozirjavoblik bilan ziynatlangan, avlod – ajdodlaridan tortib qudratli shohlarga manzuri nazar bo‘lib kelgan Muhammad Nazarbiy dodxohni — u ko‘pincha zarur xizmatlar va podshohlikning muhim ishlarini tartibga kel-tirishga tayin etiladi — yo‘ldan ozgan, adashgan ul toifaga nasihat qilish jihatidan yuborgan edikki, borib ularning xulq-atvorlarini yo‘q qilishda harakat ko‘rsatgan. Mushorulilayh oliy ostonani o‘pish bilan baxtiyor bo‘lgandan so‘ng ma’lum bo‘ldiki, (shialar) islomga tobelik qilmaganlar. Binobarin, shohlik ehsonidan parvarish topgan Xorazm viloyatining voliysiga, nihoyatda farmondor bo‘lishlikni taqozo etuvchi, o‘z jonini saqlash shukronasining tuhfasi sifatida (oliy) ostonaning barcha bandalari bilan birgalikda u qavm ustiga (bostirib borishga) amr qildikki, Mashhad, Astrobod va Nishopurgacha borib, ketma-ket hujum va talon-toroj qilib, u tabiatan yomon xulqlilar egallaganligini Muhammad Nazarbiy dodhoh keltirib o’tadi49.



Abdullaxonning yuborgan elchisida javoban Akbarshoh ham noma jo’natadi. Ya’ni Samimiy do‘stlikning toza hamda ochiq ko‘ngillik va dilxohlikning muattar bo‘yp yaratilgan bog’lar gulzoridan (ya’ni maktubdan) hamda mazmunlarida u fayzlik hushbo‘y yangi ruh bilan tozalandi va jannatdek gullagan ko‘ngil beandoza ravshanlik topdi. Muhabbat va qadimiy do‘stlik bog‘lari gullab-yashnab ketdi. Samimiylik va hamjihatlnk asosi mustahkamlandi.

Bu maqtovga sazovor xush odat (ya’ni o‘zaro maktublar yuborish) aslida ruhoniy uchrashuv va so‘zlashudan iborat bo‘lib, faqat ugina mushtoq dillar shodligini orttira oladi va sof ko‘ngil sevinchining ziynati bo‘la oladi. Bu xush odat

yuzma-yuz o‘tirib qilingan majlislar va ochiq-oshkora suhbatlarning mislsiz badali hisoblanishi mumkin.

Sulh asosini mustahkamlash va hamjihatlik chashmasini tozalash yo‘lida har ikki tomon ahamiyat bersin deb, xushbo‘y homa bilan yozilgan va "Hind o‘rtamizda bo‘lsin" (degan) so‘zlar "ma’qul nazarimizda. Ma’lumki, (payg‘ambarlar) bu mavjud va fasad olamida muhabbat va hamjihatlikka talluq bo‘lmagan bo‘lishini maqsadga muvofiq deb ko‘rsatmadilarkim, koinot silsilasi shunga (hamjihatlikka) bog‘liq va aloqadordir. Va har qanchonki, bu ma’ni qudratlik borgoh ustunlari bo‘lmish sultonlar tabaqasi davrida zohir bo‘lsa, (bu holda) hamma vaqt molu – mulk barakali, samarali va yaxshi natijali bo‘ladi hamda ming-minglab aholi va (turli) sinfdagi (inson)lar sihat-salomatlik beshigida orom topadilar.

Sulh marosimlarida izhor etishda va do‘stlik lavozimlarini amalga oshirishda bizlarga peshqadam bo‘lmoqlik kerakkim, o‘tgan hokimlarning ko‘pchiligiga qarama-qarshi o‘laroq, barcha haqtalab himmatimiz sulhi saodatning ochilgan vaqtidan boshlab doimo hamma tabaqalar bilan yaxshi munosabat va samimiy aloqada bo‘lish yo‘liga qaratilsin. Va har qancha bu voqiyning (ya’ni do‘stlikning) shabbodasi (ya’ni tashabbuschisi) u ulug‘ zot bo‘lsalar, u vaqtda bu xil munosabat-larni saqlash va bu zayldagi aloqalarni himoya qilishlik bizning himmat zimmamizga yanada ko‘proq lozimdir. Binobarin, shu kunlari Eron hokimi qadimiy tanish-bilishlikni va sobiq oshnolikni nazarda tutib, Yodgor Sulton Rumluni yuborib yordam berishni iltimos qilgan ekan, (bu iltimos) qabul qilinmadi. Va yana, Shohrux Mirzo viloyatlaridan birida Kobilda yoki Kashmir yo Savod Bujir va yoxud Tirohda jogirga ega bo‘lish orzusini qilgan edi, yaqin qo‘shnichilik mulohazasini qilib, uning iltimosi ijobatga olinmadi, unga Malva viloyatida jogir berdik.

Shuningdek, Qandahor mirzalarini oliy dargohga chaqirib, qadimdan imperiya(miz)ga kirgan bu viloyatni (Qandahorni) bobiriy mirzalarga tayin qilindiki, mabodo Turon qo‘shinlari bu yerlarni Eronga tegishli deb o‘ylab, (unga) g‘urbat biyobonida sarsonu sargardon bo‘ldi50. Bu tomonga panoh tortib kelgan vaqtda uning peshonasida afsuslanish alomatlari borligi ko‘rindi.

Va Shohrux Mirzo va Muhammad Hakim Mirza farzandlarining bu davlat ostonasida iltijo qilib kelishlari u oliy va shavkatlik pok muhabbatning alomatidir, deb ishora qilinibdi. Bizga tegishlik, xos kishilarning bu tomonga kelishini qanday qilib shunday tasavvur qilasiz? Muhabbat va hamjihatlikning taqozosi bilan fathlar vositasi bilan yozilgan ekan, biz buni u oliy zot yaxshi niyatlarining natijasi deb hisoblab, xursand bo‘ldik. Aziz farzand (Abdulmo‘min) yoshligi tufayli o‘ziga nomunosib birmuncha ishlar qilibdi, bundan ko‘ngil qolib, do‘stlik etagiga chang o‘tirishi mumkin deb va buning uchun uzr-ma’zur aytilib do‘stlik qalami bilan bitilgan (va) Mavlono Husayniy keltirgan gaplarga kelsak, elchi kelishidan oldin yo‘lda suvga cho‘kib ketganidan maktub mazmuni ma’lum bo‘lmagan edi. Haqiqatni tanlangan xotirimiz bu voqeani eshitishdan afsuslandi. Qadimiy do‘stona munosabatlar hech qachon shu xilda haqiqiy do‘stlik qonun-qoidalari bilan tartib topmagan va intizomga kirmagan ediki, mabodo biror bir narsa bo‘lsa hamki sadoqat etagiga malomat g‘ubori o‘tirmasin. Farzandlar o‘z haqiqiy otalariga, xususan u oliy dastgohga erkalik qilgach, majozi padarga nisbatan bu ma’ni va yuz bersa nima bo‘libdi, Farzandlik baxt shuki, ota rizosi farzandning himmat burchi bo‘lib, buni asrashda u astoydil harakat qiladi.

Ishbilarmon elchilarning vositasi bilan bir qancha marta qaror topgan buyuk ahdnomalar va sharaflik shartnomalar xotiramizda hamon jilolangan va naqshlangandir. Musulmonlik rasmi va valine’matlar odatiga ko‘ra, do‘stlik va hamjihatlik ustunlarini abadiylashtirish uchun haqiqatni ixtiyor etgan va himmat xislatlik ommaga uning (bu xildagi say – harakatlarning) o‘ndan biri ham yetarlikdir. (Yuqorida) ba’zi yurishlar Ahmad Ali Otaliqning kelishiga qadar kechiktiriladi, deb yozilgan so‘zlar (ma’nosi) tushunildi. U jahongashtaga ruxsat berilish haqiqati sharif quloqlariga yetib borsa, ruxsatdan so‘ng, oliy zot bilan uchrashishi haqidagi zarur amr ham qilindi51. Agar muqaddas joyga yetib borib uning (Ahmad Ali Otaliqning) rostgo‘y tilidan sadoqat sirlari va muvofiqlik nazokatlari ma’lum bo‘lsa, savob andish ko‘ngillarida yashiringan har bir irodani pinhonlik ichidan (chiqarib) ishga soladilar va do‘stlikni mustahkamlash lozimligi yo‘lida qanday yordam haqiqatni ixtiyor qilgan xotirlariga kelsa aytsinlarki, bu munosib intilishda nur porlaydi. Tangriga shukurlar (bo‘lsin)ki, farmonravolik taxtiga o‘ltirgan vaqtdan to hozirga qadar ikkinchi asrning o‘ninchi yili sulhi iqbol ravnaqining avvali hamda buyuk bahor gullashining ilk davridir, bu tangri dargohidan (iltifotlar) so‘rovchining barcha haqiqat asos niyati shuki, o‘z g’araz maqsadlarini nazarda tutmay, doimo jahon xalqlarining tartib va intizomi yo‘lida say – harakat qiladi. Bu saodat samarasidan bir qancha yuqori darajalik hukmdorlar o‘rtasida (ilgari) bo‘lib olingan keng Hindiston mamlakati tasar-rufimizga kirdi. Yana tog‘lar va mustahkam qal’alar hamda mushkul joylarda hokimiyatga itoat qilmay, dushmanchilik yo‘lidan borgan inson tabaqalari yaxshi niyat(imiz)ning taqozosi bilan ketma-ket itoat yo‘liga kirdilar hamda turli inson guruhlari uchun ularning bir-birlariga nisbatan qarama-qarshi kayfiyatda va muholiflik fe’l-atvorda bo‘lishlariga qaramay, o‘zaro aloqada bo‘lish munosabatlari paydo bo‘ldi.

Niyat va rostgo‘ylik hamda yaxshi ishlarning natijalaridan bo‘lmish diloviz so‘zlar to shungacha yetib kelgan ekan, nochor tangri ne’matlarining ba’zilari haqida xudoga shukurlar va odil tangriga maqtovlar bo‘lsin , hamjihatlik bazmini shodlik bilan bezatiladi. Muqaldas olam nuri bilan jilolangan ko‘ngil oynangizga mahfiy va yashirin qolmasinki, shu kunlari buyuk qo‘shinning Panjob mamlakati tomon kirib kelishi sodir bo‘ldi. Garchi (bu yurish) yuzaki qaralganda bu o‘lkaning sayri va shikori bo‘lsa, ammo (aslida) mustahkam va ustivorlikda teng yo‘qdir. Orombaxsh va latofatda uzoqni ko‘ruvchi donolarning Lavr sultonlarining poyi qadami yetmagan, ko‘ngil(ni) oluvchi Kashmir viloyatini bo‘ysindirish ham mahfiy fikrda bor edi, (chunki) u mamlakat hokimlarining adolatsizligi qulog‘imizga yetgan edi52. Shukrni biz bajo keltirdik.

Yana (Panjob mamlakatiga kirib kelishdan maqsad) Kobilning sayru shikori va u xursandlik ishrat saroyning gashti edi. Kashmir tog‘larining eng uzoq chekkalari va Tabatda sayr qilib va u ilohiy san’at nigoristonining nodir (man-zara)larini ko‘zimiz bilan ko‘rib, bir-biriga tutashgan tog‘lar va turli-tuman baland-pastliklar hamda o‘nqir-cho‘nqirlar bilan chegaralangan Pakli va Damtur viloyatlarining yo‘li orqali sayr qilish har bir fikr va balandlikni o‘lchash yo‘llaridan o‘tishlikni mushkul deb biladi, qo‘shinimiz dilga ma’qul tushgan Kobilga yetib keldi.



Mahfiy fikrlardan biri shuki, mamlakat (ya’ni Hindiston) g‘arbida Daryoyi Sho‘r sohilida joylashgan va o‘z qo‘l ostidagilarga adolat yo‘lini tutmagan Tata hokimiga hushyorlikni oshiruvchi birinchi nasihatlar qilinsa, toki u farmonbardorlikning asosiy yo‘liga rahnamo bo‘lsin va agar baxtning madadsizligi natijasida farovon o‘lka bo‘lmish bu viloyatni adolatlik farmonbardorlarning biriga topshirsin. Va aqli raso va uzoqni ko‘ruvchi hamda (nasihatlarga) quloq beruvchi bo‘lmagach, o‘zboshimchalik kayfiyati bilan ozginagina ajraldi. Munosib lashkarni u o‘lka tomon yubordik va ixlosmand bahodirlar har xususda tayyorgarlik va taraddudga ahamiyat berib, ikki yilga yaqin muhlat ichida xoh daryolarda (bo‘lmasin) va xoh sahrolarda (bo‘lmasin) ayrim-ayrim jangu jadal qildilar53.

Sulton Muzaffar Gujarotiyni xilofot ostonasiga keltirayotgan vaqtda u o‘z-o‘zini o‘ldirdi. Rahm-shafqatni ixtiyor etgan xotiramiz biror bir odamni o‘ldirish va (yoki) tangri bunyod etgan (biror) narsani yo‘q qilishga atroflicha va chuqur mulohaza qiladi. G‘olib chiqqan ediki, agar (uni) nazar peshgohimizga keltirsalar u (albatta) salomat qoladi.

Ulkan Dekan viloyatining ulug’i bo‘lgan Nizomulmulkning birodari Burxonulmulk zamon hodisalaridan bu tomonga panoh tortib kelgan edi. U o‘lkadagi haqqoniy ahvol haqiqatni eshituvchi qulog’imizga yetib kelgach, Burxonulmulkka zo‘r iltifotlar ko‘rsatilib, Dekanni bo‘ysundirishni unga topshirgan edik. Isyon va ra’iyatga shikas yetkazilayotganlik xatari kelgandan so‘ng, Malva va Hondis viloyatlarining amirlari hukmi oliyga itoat qilib u viloyat (Dekan) hokimligini Burxonulmulkka topshirib qaytib keldilar. (Burxonulmulk esa) kam hafsalali bo‘lganidan kishilar kayfi tobini sinamay turib, mustaqillikka intildi. Ko‘rnamaklik yo‘liga kirishga oshiqish o‘z-o‘zini yo‘q qilishdan iborat bo‘lganidan, andak vaqt ichida undan va farzandlaridan asar ham qolmadi va u diyorning boshliqlari ul silsilaga mansub bo‘lgan kishilardan birini (hokimiyatga) ko‘rsatib, mag‘rurlanib ketdilar.

Iqbol yulduzi, davlat va shon-shavkatning ravshan ko‘zi (bo‘lmish) saodatmand farzandimiz sulton Murod boshchiligidagi zafarasar askarimizga (Dekanga yurishga) farmon berdik, ular tangrining qo‘llab-quvvatlashi bilan o‘zi bir boshqa Hindiston atalgan keng mamlakatning ko‘p qismini tasarrufimiz kiritdilar.

Haqiqatmand jangchilarimiz sharqiy mamlakatlar chekkasidagi Daryoyi Sho‘rga tutashgan keng Udiysa (Orissa) viloyatini bo‘ysundirdilar va bir necha mingsipohlari omonlik topib, mulozimlar qatori ostonasiga keldilar54.

Mavlono Husayniy mulozimat (ya’ni elchilik xizmati) bilan baxtiyor bo‘lganidan ko‘p o‘tmay saltanat ishlarini bezatuvchi mutasaddilarga ishorat qilindiki, ular (Mavlono Husayniyning Hindistonga kirishi uchun) tezda munosib ruxsat qilsinlar. Shu vaqtda birmuncha baxti qarolar dilga ma’qul tutgan Kashmirda fitnayu fasod boshlab, tangri ato qilgan davlatga ixtilof va nizo ko‘rsatdilar. Iqbol qo‘shinimiz esa barcha yaqin kishilar bilan birlikda ayshu ishrat uchun ovga ketgan bo‘lib, qudratining yordam kuchi bilan ko‘zimiz ochildi va u g‘alayon haqida xabar topildi. (So‘ng) shamol va yomg‘irning haddan oshishiga qaramay, (tezlik bilan) yo‘lga tushdik. G‘olib g‘oziylar mushkul yo‘llardan o‘tib, bu mulkga kirishlaridan avval zaruriyat orqasida bu nopok to‘fonga tushib qolgan ba’zi saodatlik haqiqatmandlar fursatni qulay bilib, ularning eng katta boshlig‘ini boshini keltirdilar. Shavkatlik qo‘shinimiz yaqinlashib kelgan (ham) ediki, bu bexazon bog‘istonga yana o‘tishga to‘g‘ri keldi va bu fayzbaxsh gulzaminda shakliy va ma’naviy lazzatlar olindi. (Shuning uchun) elchi yuborishlik kechiktirildi. Xisravona tug‘imiz (o‘sha viloyatdan) qaytayotganda yo‘lda Mavlono Husayniy voqeasining xabari keldiki, u qorin shishish kasali bilan o‘ldi (deb). (Bu xabar) afsuslanishimizning ortishiga sabab bo‘ldi. Binobarin, muhabbatni ortdiruvchi ba’zi so‘zlarni buyuk avliyolar avlodi, sof zotlilar xulosasi, bu oliy xonadonning ulug‘laridan bo‘lmish Xo‘ja Ashraf orqali aytib yuborildi, toki munavvar ko‘ngillarini barcha haqiqiy ahvoldan ogoh qilsin va ham elchi va nomalar vositasi bilan tahlil etilgan va mustahkamlangan ahdu paymon munosabatlari aniq bo‘lsin. Muhabbat va birdamlik shon-shuhratining qudratidan umid shulki, quvonchni orttiruvchi xushxabarlar bilan ko‘ngil bo‘stoniga tozalik bag‘ishlasinlar55.


Yüklə 300 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin