ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Yozuvchining “G’arbga sayohat” romanida voqealarning ko’lamdorligi,
sertarmoqliligi, epik bayonning salmoqdorligi bilan ajralib turadi. Asar boshidan to
oxirigacha qahramonlarning o’ziga hos harakterlari va judayam ham ijobiy ham
salbiy obrazni yaratgan qahramonlar soni ko’pligi ham o’ziga hosdir. Roman ham
sermazmunligi ham tarixiy ma’lumotlarga asoslanganligi hamda voqealar
shiddatliligi bilan o’sha davrda katta mashhurlikka erishdi. U Chen-Enning “G’arbga
sayohat” romani Xitoy adabiyotida fantastik janr sohasida dastlabki qadamlardan biri
edi. Fantastik bo’lsada roman hayotiy voqealar asosida yozilgan bo’lib, romanda
rohib Syun Szanning Hindistondan Xitoyga qilgan sayohati asosida bayon etiladi.
Romanda ko’tarilgan muammo asosan qahramonlarning xarakterlari tasvirida hamda
qahramnonlarning o’zaro munosabatlarida o’z ifodasini topadi va asrning ikki
muhim jihati-mavzu va g’oyani qamrab oladi.
Asar mavzusi deganda, unda tasvirlanayotgan voqea-hodisalar, kechinmalar
asosida yotgan masalalar, muammolarningning yechimini muallif o’quvchiga fikrlari
hamda nuqtai nazarlari orqali singdirishga intiladi.
“Sharq tillarini o‘qitishning dolzarb
masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy
konferensiya
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 24
ISSN 2181-1784
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
191
w
www.oriens.uz
June
2022
Mavzu va go’ya asrdagi voqealar rivoji, harakterlar tasviri orqali ro’yobga
chiqadi. Asarning barcha unsurlari, to’qimasiga singdiriladi. Shuning uchun asar
voqealari qanchalik boy, harakterlar shunchalik turli-tuman bo’lsa, uning mavzusi va
go’yasi ham ulkan va chuqur bo’ladi. Kompozitsiya (lotincha: composition-tuzulish,
birlashish, bog’lanish)- badiiy asarning mazmun, harakteri va maqsasdi jihatdan
bog’langan
qismlarining
joylashishidir.
“G’arbga
sayohat”
romanining
kompozitsiyasi shunday tarzda qurilganki,unda voqea va hodisalarning keng, aniq
bayon etilganligi, tabiat manzaralari va qahramonlarning tuzilishi, harakterlarining
to’g’ri tanlanganligi alohida mazmunga ega. Xitoyning mashhur “G’arbga sayohat”
asarini o’qib chiqgan har bir o’quvchi ushbu asraning naqadar keng ma’noda
yozilganini va asarda bir qancha obrazlar mazmunan boyitilganini ko’rishlari
mumkin. Bunga misol qilib bosh qahramon ro’lidagi( Sun U-kun, Syun Szan (Rohib),
Sha Sen, Ju Baje ) va boshqalar yaqqol misol bo’la oladi. Qolaversa, “G’arbga
sayohat” romanida 100dan ortiq personajlar qatashadi. Ularning asosiy qismi
voqealarda muhim ahamiyat kasb etibgina qolmay asarga yanada mazmun-mohiyat
qo’shadi. Bu personajlar muallif nutqi orqali romanga kiritiladi ayrim hollarda ularga
nom berilmaydi. Biroq yozuvchi ularni juda yaxshi biladi va taniydi. Chunki bu
personajlar yaratuvchisi aynan roman muallifi hisoblanadi .
Romandagi bosh qahramonimiz bo’lgan Sun U-kun avvaliga ahloqsiz, uquvsiz,
qoloq, madaniyatsiz obraz sifatida gavdalanadi, lekin keyinchalik yozuvchining
qalami ostida u “tarbiya” oladi. Keyinchalik esa Sun U-kun tabiatan halol, xalq
ishkarida faol, mehnatkash, tarbiya ko’rgan obraz tarzida aks ettiriladi. Asarning yana
bir asosiy qahramonlaridan biri Rohib Syun Szan juda ham og’ir bosiq, madaniyatli,
hech qachon hech kimga so’z bilan ham hatti-harakatlari bilan ham ozor bermas, aslo
jahli chiqmas, faqat o’zini ishlari bilan shug’ullanar, asosiy maqsadi bo’lmish
Hindistonga borib Muqaddas Saturalarga yetishish bo’ladi. Romanda Rohib doim
o’z o’quvchilariga maslahatlar beradi. Sun U-kunga tarbiya va pand-nasihatlar berib,
uni doim yomon yo’llardan qaytarib turadi. Yana bir asarning komik
qahramonlaridan bir Ju Baje bo’lib, yarim odam yarim cho’chqa qiyofasidagi mahluq
kaltafahm, doim birinchi navbatda o’zini va qornini o’ylaydigan, ochofat,
o’ylamasdan ish qiladigan, biroq ko’ngli juda ham toza personajlardan biri
hisoblanadi. Rohibning yana bir shogirlaridan bir Sha Sen hisoblanib, u ham ustozi
singari juda og’ir bosiq, jang bobida juda kuchli personajlardan biridir. Romanda
qahramon sheriklari safiga ancha keyin qo’shilsada lekin, doim ustozi rohibni olida
birga yurib himoya qiladi. Sha Sen rohibning ishonchli tan soqchisi sifatida
gavdalanadi.
|