Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa. Bu “kichik ma`ruza” usulida quyidagi reja asosida olib boriladi: 1. Jamiyatga Konstitutsiya nega kerak? 2. Konstitutsiyaga o`zgartirishlar kiritish. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o`zgartirishlar tegishlicha O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismini tashkil etuvchi ko`pchilik tomonidan qabul qilingan qonun bilan yoki O`zbekiston Respublikasi referendum orqali kiritiladi. Mustahkamlash: 10 daqiqa. Mavzu “Aqliy hujum” va “savol javob” usulida mustahkamlanadi: 1. Sizningcha Konstitutsiyaga o`zgartirishlar kiritish nimalarga bog`liq bo`ladi? 2. Nima deb o`ylaysiz, biron-bir o`zgartirishga ehtiyoj sezmaydigan nihoyatda mukammal konstitutsiyalar ham mavjudmi? 3.Ayting-chi, barqaror amal qiluvchi Konstitutsiya ustunliklari nimalarda nomoyon bo`ladi? 4. Konstitutsiyaga o`zgartirishlar kiritish to`g`risidagi masalani hal qilishda demokratik davlat qanday yondashuvlarga amal qiladi? Dars yakuni: 3 daqiqa.
O`quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berish;
Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholash;
Uyga vazifa: 2 daqiqa.
Mavzuni o`qib, mavzu oxirida berilgan savollarga javob yozib kelish;
Yangi mavzu matni bilan tanishib kelish.
Sana: ______________________ 33 Sinf: 9 Fan: Konstitutsiyaviy huquq asoslari. Mavzu: Nazorat ishi - 4 Maqsad: Ta`limiy: o`quchilarning huquqiy bilimlarini chuqurlashtirish; Tarbiyaviy: o`quvchilarning huquqiy va siyosiy tafakkurni shakllantirish;