O`tilgan mavzular bo`yicha krassvord tuzib kelish;
Sana: ___________________ 34 Sinf: 9 Fan: Konstitutsiyaviy huquq asoslari. Mavzu: Yakuniy takrorlash. Maqsad: Ta`limiy: o`quchilarga Yakuniy takrorlash mavzusi bo`yicha bilim berish; Tarbiyaviy: o`quvchilarni siyosiy faollik va qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash; Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish; Ko`rgazmalilik: 9 – sinf “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzuga mos rasmlar, doska bo`r. Dars turi: aralash; Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster” Darsning borishi: Tashkiliy qism:2 daqiqa. Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish. Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa. Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi: 1. Sizningcha Konstitutsiyaga o`zgartirishlar kiritish nimalarga bog`liq bo`ladi? 2. Nima deb o`ylaysiz, biron-bir o`zgartirishga ehtiyoj sezmaydigan nihoyatda mukammal konstitutsiyalar ham mavjudmi? 3.Ayting-chi, barqaror amal qiluvchi Konstitutsiya ustunliklari nimalarda nomoyon bo`ladi? 4. Konstitutsiyaga o`zgartirishlar kiritish to`g`risidagi masalani hal qilishda demokratik davlat qanday yondashuvlarga amal qiladi?