Sana: ______________________ 31
Sinf: 9 Fan: Konstitutsiyaviy huquq asoslari. Mavzu: O`zbekiston Respublikasida moliya va kredit. Maqsad: Ta`limiy: o`quchilarga O`zbekiston Respublikasida moliya va kredit mavzusi bo`yicha bilim berish; Tarbiyaviy: o`quvchilarni siyosiy faollik va qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash; Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish; Ko`rgazmalilik:9 – sinf “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzuga mos rasmlar, doska bo`r. Dars turi: aralash; Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster” Darsning borishi: Tashkiliy qism:2 daqiqa. Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish. Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa. Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi: 1. Prokuratura organlari nima maqsadda tashkil etilgan? 2. Prokuror sudda qanday rol o`ynaydi? 3. Prokuratura organlarini kim boshqaradi va ular faoliyatini kim nazorat qiladi? 4. Qonun buzilgan holatlar aniqlangan hollarda prokuror tomonidan qanday chora - tadbirlar ko`riladi? 5. Prokuraturaga murojaat qilishning xususiyatlari nimalardan iborat? 6. Prokuratura organlarining moliyaviy ta`minoti qanday yuz beradi? Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa. Bu “kichik ma`ruza” usulida quyidagi reja asosida olib boriladi: 1. Huquq va iqtisodiyotning o`zaro bog`liqligi. 2. Davlatning moliya tizimi 3. O`zbekiston Respublikasining pul tizimi. 4. Davlatning bank tizimi. 5. Soliqlar nega kerak?