Sirtqi va maxsus sirtqi talabalari uchun O`slubiv qo`llanma Samarqand – 2019 kirish


Noosfera atamasini fanga Le-Rua kiritgan



Yüklə 172,15 Kb.
səhifə8/52
tarix07.09.2023
ölçüsü172,15 Kb.
#141878
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52
Noosfera atamasini fanga Le-Rua kiritgan. Keyinchalik noosfera konsepsiyasi yuzaga keldi. Uni Teyler de-SHarden rivojlantirdi. Uning fikriga ko‘ra, noosfera – bu sayyoraning kelgusidagi evolyusiyasi yo‘nalishini nazorat qiladigan va ideal nuqtada tabiiy jarayonlar bilan uyg‘un holda birlashib ketadigan jamoa ongidir. Bu birlashish molekulalar hujayralar va organizmlar yaxlitligini hosil bo‘lishi holatiga o‘xshab ketadi. Bu xususda Teyler de-SHarden kuyidagilarni yozadi: «Biz ayni bir buyuk jarayonning ketma-ket bosqichlarini uzluksiz ravishda kuzatamiz. Geokimyoviy, geotektonik, geobiologik pulsatsiyalar deyilganda hamisha ayni bir teran jarayonni anglash mumkin. Bu jarayon ilk hujayralarda moddiylashib, asab tizimlari yaralishida davom etadi. Aytib o‘tganimizdek, geogenoz biogenezga aylanadi. Bu esa, ohir okibatda mukarrar ravishda psixogenezga olib keladi... Psixogenez esa bizning insonga aylantirgan. Endilikda psixogenez ham o‘zining rivojlanish boskichidan o‘tib, sekin asta g‘oyib bo‘lmoqda. U endi mutlaqo o‘zgarib boradi va o‘zining yanada oliyroq bosqichiga o‘tadi. Natijada dastlab ruhnoogenez yuzaga keladi va keyinchalik rivojlanadi. Bu g‘oyaga ko‘ra, tadrijiy takomil asosida insoniyat va atrof-muhit yagona tizim noosferani hosil kiladi».
V.I.Vernadskiy fikricha, noosfera biosfera holatining shunday turiki, unda yuzaga kelgan akl sayyorada misli yo‘k geologik kuchga aylanadigan inson faoliyati (ishi) ga yo‘nalish beradi. Umuman, inson o‘zining tabiiy biogeokimyoviy sikllarga kuchli ta’sir ko‘rsatayotganini global mikyosda anglashi uning global tizim ustidan yanada okilona maksadga yo‘naltirilgan holda nazorat olib borishga yo‘l ochib beradi. Noosfera g‘oyasida inson va tabiat o‘zaro ta’sirini hozirgi zamon boskich yo‘nalishlarida biri – insonning tabiiy muhit bilan birligini global harakteri to‘la darajada aks etgan. Bu g‘oyaning yaratilishi davrida inson va tabiat ta’sirining ziddiyatli ko‘rinishi hozirgidek kuchli emas edi. Keyingi o‘n yilliklarda ekologik holat tanazzuli bilan bog‘lik bo‘lgan bu ziddiyatning yanada keskinlashgani kuzatildi. Inson o‘zining butun mavjudligi davomida biosferani kuchli o‘zgartirib yubordi. U Er o‘zidagi tirik jonzotlarni sun’iy ravishda kamaytirdi, ammo ularni yana kayta ko‘paytirish borasida g‘amho‘rlik kilmadi. Bu hollar biosferaning antropogen o‘zgarishi ancha teranlashganidan dalolat beradi. Biosfera texnosferaga aylanib bormoqda.
Boz ustiga antropogen ta’sir yo‘nalishi biosfera evolyusiyasi yo‘nalishiga mutlako teskaridir. Antropogen ta’sirlar tabiatning tabiiy tizimini buzmokda. Turlarning bevosita yo‘kolib ketishi okibatida butun tiriklik katta zarar ko‘rib, destruktiv holatga tushib kolishi mumkin. Aynan bu jarayon mavjud ekotizimni buzuvchi ayrim organizimlarning ko‘payib ketishi tarzida kechadi. SHunday kilib, hali inson kelgusida akliy sohani yarata oldimi yoki bo‘lmasa, o‘zining nookilona faoliyati tufayli o‘zini ham barcha tirik mavjudotlarni ham halok etadimi, degan savolga javob topish kiyindir. Inson bugungi kunda nafakat Erda, balki keng fazoga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmokda. SHu bois bugungi kunda noosfera tushunchasidan ko‘ra nootizim tushunchasi ko‘prok o‘rinlidir. CHunki inson ham sayyoraviy, ham fazoviy mikyoslarda fikrlamokda. Noosfera tushunchasi esa Erdagi hayot – «aklli kobik» tushunchasi bilangina chegaralanib koladi. Ekologik muammo nootizim nuktai nazaridan talkin etilganda insonning fazoviy muvozanati ham nazarda tutiladi.
Noosfera konsepsiyasida e’tiborga olinmagan yana bir muhim mulohaza mavjud. Inson o‘zi yashab turgan muhitga nafakat akliy, balki hissiy jihatdan ham ta’sir ko‘rsatadi. Zero, inson aklli mavjudot bo‘lishi bilan birgalikda kuchli hissiyot egasi hamdir. Hissiy va akliy komponentlar murakkab tarzida chatishib ketgan. Albatta, hissiyotni akldan ajratgan holda karab bo‘lmaydi. Hissiylik anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Ularni ma’lum darajada farqlash esa masalani bir tomonlama talkin etishdan halos etadi.
Noosferani kandaydir ekologik ideal tarzida tushunmaslik kerak. CHunki ekologik nuktai nazar hamisha ham yahshi bo‘lavermasligi mumkin. Akl hakidagi tushunchaning o‘zi tarihiy jihatdan o‘zgaruvchandir. Masalan, barcha hozirgi zamon tehnologik shemalar, albatta, so‘zning an’anaviy ma’nosida, aklga asoslanilgan va okilona hisoblansa-da, ko‘pincha salbiy ekologik samaralar beradi. Ayni vaktda, tabiatga muhabbat tarzidagi his-tuyg‘u ham okilona talkin etilmasli gimumkin. SHunday bo‘lsa, u umumiy ekologik holatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Biroq noosfera konsepsiyasi shu bilan qadrliki, u inson va tabiat birligini ifodalaydi. Bu noogenez jarayon tarzida namoyon bo‘ladi. Bu jarayon esa «inson-atrof-muhit» tizimining shakllanishiga olib keladi. Noogenez – alohida tur sifatida mavjud bo‘lgan inson mohiyati shakllanishining yo‘nalishlaridan biridir. Uni to‘htatib ham bo‘lmaydi. Inson tur sifatida o‘z mohiyatida mavjud bo‘lgan imkoniyatlarini kamol toptirib, tobora faollashib boraveradi. Tabiatda o‘z maksadlarini amalga oshirishga intilish, aftidan, insonning tabiat bilan o‘zaro munosabatlari istikbolini belgilashda asosiy masala bo‘lib qolaveradi.
Umuman, noosfera konsepsiyasi ko‘prok ibtidoiy karashlarni va homhayollikni eslatadi. Noosferanig shakllanishi – imkoniyat, ammo zarurat emas. Bu konsepsiyaning mohiyati shundaki, u ehtimoliy kelajakning konstruktiv modelini beradi. To‘g‘ri, bu g‘oya ma’lum darajada cheklidir. Unda inson, eng avvalo, aklli mavjudot tarzida karaladi. Birok individlar va ayniksa, jamiyat okilona tartiblarga kamdan-kam hollarda amal kiladi. Hozirgi sharoitda insoniyat noosfera sari intilmas ekan, u faraz tarzida mavjud bo‘lib qolaveradi.
Biosferada 2 milliard yildan kuproq vaktdan beri uzgarishlar ruy berib kelmoqda. Biosfera butun er yuzini egallab olmoqda. Erning tirik moddasi faqat hayot sharoitiga boglik bulmay, balki uni uzi ham biosferadagi barcha ximiyaviy jarayonlarda ishtirok etib, uni uzgartirib turadi, biosferaga energiya kelib turishi bilan bir qatorda unda energiya sarflanib ham boradi.
Erning energetik muvozanati har hil manbalardan tarkib topadi.Ularning eng muhimlari kuyosh energiyasi bilan radioaktiv energiyadir. Erning evolyusiyasi davomida radioaktiv moddalar parchalanib borgan. Barcha tirik organizmlar majmuasi planetaning tirik moddasini yoki biomassasini tashkil etadi. Evolyusiya jarayonida erda tirik organizmlar yashaydigan alohida kobik, ya’ni sfera yuzaga kelgan.

Yüklə 172,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin