Siyosiy huquqiy sohadagi (10 ta) xalqaro ustuvor reytinglar va ularga o’zbekistonning integratsiyalashuvi reja


O’zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o’rni



Yüklə 57,47 Kb.
səhifə2/6
tarix02.12.2022
ölçüsü57,47 Kb.
#71978
1   2   3   4   5   6
takhirav tarix amalyot

O’zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o’rni
Bugungi kunda insoniyat taraqqiyoti va barcha sohalarda kechayotgan globallashuv, sifat va tarkibiy o'zgarishlar xalqaro hamkorlik va xalq diplomatiyasini yangi bosqichga ko'tarishga, har bir suveren mamlakatni ushbu holatlarga yangi nigoh bilan qarashga, ular bilan birga olg'a qadam tashlashga undamoqda. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng xalqaro reyting va ko'rsatkichlarda o'ziga munosib o'ringa ega bo'lish va mavqeini yanada rivojlantirish maqsadida faol tashqi siyosat olib borishni boshlagan.
B
ugungi kunda hayotning har bir jabhasida yangilik va bunyodkorlik ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda. Tabiiyki, bunday o'zgarishlar natijasi nafaqat xalqimiz hayotida, balki nufuzli xalqaro reyting va indekslarda ham o'z ifodasini topayapti. Hamda xalqaro maydondagi qat'iy sa'y-harakatlarimiz natijasida yurtimizning nufuzi va obro'-e'tibori tobora yuksalib, dunyo mamlakatlari orasida o'z o'rniga ega bo'lmoqda. Jumladan, mamlakatimiz o'z tarixida birinchi marta BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashiga a'zo etib saylandi. Yaqinda AQSh Davlat departamenti tomonidan O'zbekiston diniy erkinlik sohasidagi "maxsus kuzatuvdagi davlatlar" ro'yxatidan chiqarilgani keng ko'lamli demokratik islohotlarimizning e'tirofi bo'lgan bo'lsa, faol iqtisodiy islohotlarimiz natijasida yaqinda BMT ning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (YUNIDO) ning "Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi" bo'yicha hisobotida mamlakatimiz ilk marotaba aks etti va 152 ta davlat orasida 92-o'rinni, MDH ga a'zo davlatlar orasida 5-o'rinni, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida esa 2-o'rinni egalladi. Xususan, iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan bosqichma-bosqich islohotlar
2020-yilda Jahon bankining "Biznes yuritish" indeksida 76-o'rindan 69-o'ringa ko'tarilishimizga, "Transparency International"ning korrupsiyani qabul qilish hamda "World Justice Project"ning Qonun ustuvorligi indekslarida yurtimizning o'rni yaxshilanishiga olib keldi. So'nggi to'rt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamg'armasining "Iqtisodiy erkinlik" indeksida 52 pog'onaga, Jahon bankining "Logistika samaradorligi" indeksida 19 pog'onaga, "Biznes yuritish" indeksida 18 pog'onaga ko'tarildi.
Shu bilan birga, bu yo'nalishda hali qilinishi kerak bo'lgan muammo va vazifalar talaygina. Chunki, Xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatimiz o'rnining yaxshilanishi ko'p jihatdan qabul qilayotgan qonunlarimizning joylardagi ijrosiga bog'liq. Shu bilan birga, ayrim rahbarlar reytinglar bilan ishlashga yetarlicha e'tibor qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan o'tkazilayotgan so'rovlarda aksariyat islohotlar o'z aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O'zbekiston Respublikasi quyi pog'onalarda qolmoqda. Asosan, siyosiy-huquqiy reyting va indekslarda mamlakatimiz o'rinlari nisbatan quyi pog'onalarda. Masalan, So'z erkinligi va hisobdorlik indeksida 191-o'rinda, Normativ sifat indeksida 184-o'rinda, Korrupsiyani nazorat qilish indeksida 183-o'rinda, Qonun ustuvorligi indeksida 182-o'rinda, Jahon matbuot erkinligi indeksida 156-o'rinda turibmiz. Biroq shuncha ishlarga qaramay, indekslardagi ko'rsatkichlar bu borada hali kamchiliklarimiz borligini ko'rsatib turibdi.
2 iyun kuni prezident tomonidan O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash, davlat organlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risidagi farmon imzolandi.
So‘nggi 4 yil mobaynida mamlakat «Iqtisodiy erkinlik» indeksida 52, «Logistika samaradorligi» indeksida – 19, «Doing Business» indeksida – 18 pog‘onaga, IHTTning «Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash» tizimida 6-guruhdan 5-guruhga ko‘tarildi, deb ta'kidlanadi hujjatda.
O‘zbekiston korrupsiya darajasi bo‘yicha indeksda 140-o‘ringa ko‘tarildi, demokratiya indeksida esa 150-o‘ringa chiqdi; «Aholi fikrini hisobga olish va hisobdorlik» hamda «Huquq ustuvorligi» indikatorlarida esa o‘z pozitsiyasini yaxshilay olmadi.
O‘zbekiston 2021 yilda e’lon qilingan va o‘zi uchun ustuvor deb bilgan jami 19 ta xalqaro reytingdan 11 tasida o‘z pozitsiyasini yaxshiladi, bir qancha reytinglarda esa pastlagan. Bu haqda bugun, 14 aprel kuni Oliy Majlis Senatida bo‘lib o‘tgan Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.
«O‘zbekiston uchun ustuvor reyting hisoblanmagan, BMT Xalqaro elektr aloqasi ittifoqining 2021 yilgi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston keng polosali internet narxlari bo‘yicha BMTning 2 foizlik foydalanish ko‘rsatkichini bajargan holda 4 ta yangi ishtirokchi (mamlakat) qatoridan joy olgan.
Shuningdek, «Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi»ning 2021 yil yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan reytingda O‘zbekiston o‘z pozitsiyasini 5 pog‘onaga yaxshilab, 150-o‘rinni egallagan.
Jahon banki tomonidan yuritiladigan Boshqaruv sifati indikatorlarining 2 tasida mamlakatimizning o‘rni yaxshilangan bo‘lsa, 2 tasida pasaygan. Ya’ni, O‘zbekiston «Aholi fikrini hisobga olish va hisobdorlik» hamda «Huquq ustuvorligi» indikatorlarida mamlakatimiz o‘z pozitsiyasini yaxshilay olmagan», – deya Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi raisi Tanzila Norboyevaning so‘zlarini keltirmoqda
«O‘zbekiston 177 ta davlat orasida 117-o‘rinni egallab, 2021 yilga nisbatan 9 pog‘onaga pasaygan va mamlakatimiz iqtisodiyoti «asosan erkin bo‘lmagan mamlakatlar» guruhida qoldi.
Indeksning «Erkin savdo» ko‘rsatkichida O‘zbekistonning o‘rni rekord darajada yaxshilangandi: 2021 yildagi 163 ta o‘rindan 67-o‘ringa ko‘tarildi va Markaziy Osiyo davlatlari orasida yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, investitsiya, moliyaviy erkinlik va monetar erkinlik ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘sish qayd etildi», – deydi Tanzila Norboyeva.



Yüklə 57,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin