soat falsafa tushunchasining kelib chiqishi



Yüklə 85,98 Kb.
səhifə12/12
tarix28.11.2023
ölçüsü85,98 Kb.
#168027
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1 (2) (1)

So‘fizm falsafasi. Bilish muammosi so‘fizmning eng muhim tomonini tashkil etadi. Mo‘‘tadil so'fizm ta'limotiga ko'ra gnostik (orif)ning asosiy vazifasi oliy maqsadga erishish - haqiqatni bilishdan iborat. Bu maqsadga o‘zini o‘zi takomillashtirish va o‘zini o‘zi bilish yo‘li bilan erishiladi. O‘z mohiyatini bilish jarayonida inson o‘zida ilohiy unsurlar mavjudligini, Allohni bilishning birdan-bir to‘g‘ri usuli o‘zini o‘zi bilish, ya’ni o‘zlikni anglash ekaninini tushuna boshlaydi.
Biroq bilishning bu darajasiga etish uchun odam o‘zini butunlay o‘z o‘zligini anglashga baxshida etishi lozim. U so‘fiycha turmush tarzini tanlashi, shuningdek haqiqat sari yo‘l tutgan kishilarga qo‘yiladigan ayrim boshqa talablarni bajarishi darkor. Mo‘‘tadil so‘fizm vakillari qatoriga Xorisi Muhosibiy, Abulqosim Kushayriy, Abu Homid G‘azzoliy va boshqalar kiradi. Ular so‘fiy shariat chizig‘idan chetga chiqmasligi, uning barcha so‘zlari va ishlari Qur’oni karim aqidalari va Muhammad payg‘ambar hadislariga muvofiq bo‘lishi lozim, deb hisoblaydilar.
«Vahdati vujud» (borliqning birligi) nuqtai nazarida turuvchi so‘fiylar so‘fizmning ashaddiy tarafdorlari hisoblanadi. Ular Haqiqat (Alloh) va tabiatni bir deb qaraydilar. Tabiat ilohiy emansipatsiya oqibatidir. Inson bu emansipatsiya zanjirida oxirgi bo‘g‘inni egallaydi. U nafaqat Haqiqat (Alloh)ni bilish darajasiga etadi, balki o‘zi ham Haqiqat - «Alloh»ga aylanadi. So‘fiylikning bu tariqati vakillari yashirin, sirli narsalarni bilishni afzal ko‘rib, shariat aqidalari va me’yorlarini tan olmaganlar.
So‘fizm Allohni tabiat bilan uzviy deb qaraydi. Uni insonni qurshagan tashqi dunyoda
Bahouddin Naqshband asos solgan so‘fiylik ta’limotining nazariy asoslaridan birini Xudo, dunyo va insonning o‘zaro nisbati muammosi tashkil etadi. Bu bosh muammo talqinida so‘fiylarni ikki yo‘nalish - teistik va panteistik yo‘nalishlarga ajratish mumkin. Alloh hamma narsaning yaratuvchisi deb e’tirof etilgan, insondan tashqarida turgan, dunyo uzra yuksalgan va bilish mumkin emas deb e’lon qilingan bo‘lsa, so‘fiylar ta’limoti monoteizm shakl- shamoyilini kasb etgan, dunyo va Xudo tushunchalari tenglashtirilgan taqdirda bunday ta’limot panteistik deb hisoblangan.
Bahouddin Naqshband hayotning mazmunini Haqiqat (Alloh)ga erishishga intilishda ko‘rgan va Haqiqat (Alloh)ga erishish tashqi narsalar haqidagi bilim - shariatga asoslanadi va ichki narsalar haqidagi bilim - tariqat jarayonida yuz beradi, deb hisoblagan. U shariat Qur’oni karim va hadislarni bilishdan kelib chiquvchi diniy qonun-qoidalar to‘plami ekanligidan kelib chiqqan. Tariqat odam Haqiqatga erishish uchun qaysi bosqichlardan o‘tishi, Allohni anglash va u bilan birikish uchun qanday to‘siqlarni engishi lozimligini belgilaydi. Bunda bilish jarayonida shariatdan tariqatga o‘tish darhol yuz bermaydi. Faqat shariatni o‘zlashtirish va uning talablarini bajarish orqali Haqiqat yo‘lidan jadalroq va samaraliroq borish mumkin.
Odam bilishning har bir bosqichi (mistik yo‘l manzillari)dan oldinma-ketin o‘tib o‘z maqsadiga yaqinlashadi. So‘fizm nazariyasi va amaliyoti ongning tashqidan ichkiga, ochiqdan yashiringa sayohatini nazarda tutadi. Bahouddin Naqshband tariqat ezoterik (yashirin, mistik) fan, u hammaga ochiq emas, uni faqat o‘zini Haqiqatga baxshida etgan odamlar anglab etishi mumkin, deb hisoblagan.
So‘fizmda mistik bilish zamirida «O‘zini bilgan odam o‘z Allohini biladi» degan tamoyil yotadi. O‘zini o‘zi bilish orqali Allohni bilish maqsadga erishishning eng qisqa yo‘lidir. Bahouddin Naqshband yaratgan ta’limotning asosida «Dil ba yor-u, dast ba kor», ya’ni «Ko‘ngil yorda, qo‘l - ishda», degan shior yotadi.
Yüklə 85,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin