soat falsafa tushunchasining kelib chiqishi



Yüklə 85,98 Kb.
səhifə7/12
tarix28.11.2023
ölçüsü85,98 Kb.
#168027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1 (2) (1)

Xindiston falsafasi. qadimgi Xindiston xam insoniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlabki ta’limotlar yozma manba — «Veda»larda uz aksini topgan. «Veda»lar eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan bulib, mutaassib dindor xindu uchun oliy mukaddas ilm va bashorat kitobidir. Xindular «Veda»ni oliy tangri Braxma tomonidan aytilgan suzlar deb biladi. «Veda»da xindularning kadimgi tarixi, iktisodiyoti, dini, falsafasi, axlok va nafosatiga oid fikrlari aks etgan. «Veda»lar bizgacha turtta tuplam (samxitlar) shaklida etib kelgan. Bular — «Rigveda», «Samaveda», «YAjurveda», «Adxarvaveda»dir.
Xind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashxur bulgan manbalarda xam uz aksini topgan. «Upanishadalar» sirli bilim degan ma’noni anglatib, «Veda»larning falsafiy kismini tashkil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob yoki falsafiy risola bulmay, balki turli vaktda turli mavzuda ijod etgan noma’lum mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi xar xil va turlicha falsafiy karashlar maxsulidir. «Upanishadalar»dagi falsafiy mavzular, asosan, insonni urab turgan borlik, uning xayotdagi urni va vazifasi, tashki olam va inson tabiati, uning xayoti va ruxiyatining moxiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, axlok me’yorlari xakidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy-mifologik nuktai nazardan bayon etilgan.
Qadimgi xind falsafiy maktablar ikki guruxga bulinadi. Xindistonlik faylasuflar bu guruxlarni astika va nastika deb ataydi. Vedanta, sankxya, yoga, vaysheshika, n’yaya va mimansa — astika guruxiga kiruvchi falsafiy maktablar. Ushbu maktablarning tarafdorlari «Veda»ning mukaddasligini tan olib, birdan-bir xakikat undagina ifodalangan, deyishadi. CHorvaka-lokayata, buddizm va jaynizm — nastika guruxiga kiradi.
CHorvaka-lokayata tarafdorlari materialistik ta’limotni ilgari surganlari uchun «Veda»ning mukaddasligini tan olishmaydi xamda olam iloxiy kuch tomonidan yaratilmagan, «Veda» xakikiy bilim bermaydi, deb ta’kidlashadi. Buddizm va Jaynizm diniy-falsafiy maktablar bulishiga karamay, ular xam «Veda»ning mukaddasligini tan olmagan. Sankxya kadimgi Xindistondagi dualistik falsafiy maktab bulib, olam asosida moddiy unsur (prakriti) modda va rux (purusha) yotadi, deb xisoblaydi. Bu yunalishga, asosan, olamdagi barcha narsalar ikki unsurning turli teng mikdorda (proporsiyada) birikishidan yuzaga keladi, olam sababiyat orkali rivojlanadi, olamda uchta sabab mavjud, deyiladi. Ular kuyidagilardir: moddiy sabab, yaratuvchi sabab, alokador bulmagan sabab. Bu falsafiy maktab xakida buyuk bobokalonimiz Abu Rayxon Beruniy «Xindiston» asarida atroflicha fikr yuritgan.
Qadimgi Xitoy falsafasi. Qadimgi Xitoyda fan va madaniyat uziga xos shaklda rivojlangan. Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning urtalariga kelib, YUan-in davlatida muayyan xujalik shakli yuzaga kelgan. Eramizdan avvalgi XII asrda esa, urushlar natijasida davlat CHjou kabilasining kuliga utgan. Bu xokimiyat eramizdan avvalgi III asrgacha davom etgan. Bu vaktda diniy mifologik dunyokarash xukmronlik kilgan. U olam va tabiatning paydo bulishini uziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga uz ta’sirini utkazgan.
Bunday ruxdagi falsafiy Koyalar ayniksa kadimgi Xitoy donishmandi Konfutsiy (551-479) ijodida yakkol aks etgan. Uning «Xikmatlari», ya’ni aforizmlari juda mashxur. Konfutsiy ta’limotida umuminsoniy kadriyatlarning xitoy xalki turmush tarzida uziga xos tarzda namoyon bulishi, bu xalkka xos ma’naviy mezonlar aks etgan. Bu ta’limot bir necha asrlar davomida ushbu xududda milliy Koyalar majmui, millatning mafkurasi sifatida odamlarning ma’naviy ongi va kiyofasi shakllanishiga ta’sir kursatgan. u xozirgi Xitoyda xam uzining muayyan axamiyatini saklab kolgan.
Konfutsiy fikricha, olamni osmon boshkaradi. Osmon irodasi — takdirdir. Biz yashab turgan olam, undagi tartib osmon xukmdori tomonidan yuborilgan. Jamiyat xayotidagi tartibga kattik amal kilish talab etiladi. Tartib, Konfutsiy nuktai nazariga kura, iloxiy mazmunga ega va uning moxiyatini «Li» tushunchasi belgilaydi. u, ya’ni tartib dunyoning moxiyatini aks ettiradi. Binobarin, jamiyatdagi barcha xarakatlar unga binoan amalga oshishi lozim. Tartib — insoniyat jamoasining eng oliy xayotiy kadriyatlaridan biridir. Konfutsiyning ta’kidlashicha, shaxs fakat uzi uchun emas balki jamiyat uchun xam yashashi kerak. Konfunsiy ta’limotida insonning xayotdagi ijtimoiy urni nixoyatda uluK, u uziga ravo kurmagan narsani boshkalarga xam ravo kurmasligi, uziga ravo kurgan narsani boshkalariga xam ravo kurishi lozim.
Konfutsiyning karashlari keyinchalik jaxon falsafasida axlokiy tamoyillar rivojida, adolat, birodarlik, erkinlik Koyalari takomilida muxim urin tutgan. Bu ta’limot Xitoyda ikki ming yil davomida davlat dini darajasiga kutarilgan va xalk xayotida muxim axamiyat kasb etgan.
Qadimgi Xitoyning kuzga kuringan faylasuflaridan biri Lao-Szidir (VI-V asrlar). Uning ta’limotiga kura, olam, jamiyat va inson xayoti Dao konuniga buysunmoKi lozim. Daosizm ta’limoti ana shu tarika shakllangan. Dao konuni — tabiatning yashash konunidir, undagi rang-baranglik kurashi va uyKunligi abadiyligining e’tirof etilishidir. Bu konunga kura, olamning asosini tashkil etuvchi «Si», ya’ni beshta unsur — olov, suv, xavo, er va yoKoch yoki metall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi xamda ularning yuzaga kelishini ta’minlaydi. Lao-Szining ta’kidlashicha, olamda xech bir narsa doimiy va uzgarmas, xarakatsiz xolda bulishi mumkin emas.
Daosizmga binoan, dunyodagi xamma narsa bir xolatdan ikkinchi xolatga utib turadi. Jarama-karshi kuchlar urtasidagi kurash, ya'ni in va YAn’ orasidagi munosabat — bizni urab turgan olamni xarakatga keltiruvchi kuchlar manbaidir. In va YAn urtasidagi kurash daoni anglatadi. Odamzod bu kurash jarayonida doimo yaxshilik tomonida turishi, uzini kurshab turgan tabiat va atrofdagi olamga mexr kursatishi lozim. Bulmasa, Dao konuni buziladi va bunday joyda baxtsizlik, fojia yuz beradi. Lao-Szi bu urinda ekologik falokatni nazarda tutgan. «Kishilar Dao konunini buzmasliklari kerak, aks xolda tabiat ulardan albatta uch oladi», degan edi Lao-Szi. Buni ekologik falokatlar avj olib borayotgan bugungi kun vokeligi xam tasdiklaydi.

Yüklə 85,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin