soat falsafa tushunchasining kelib chiqishi



Yüklə 85,98 Kb.
səhifə9/12
tarix28.11.2023
ölçüsü85,98 Kb.
#168027
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1 (2) (1)

Pifagor (eramizdan avvalgi 580-500 yillar) YUnonistonning Samos orolida yashab utgan. u kadimgi YUnonistonda diniy-mafkuraviy falsafiy maktab, ya’ni pifagorchilikka asos solgan. Pifagor uzining siyosiy karashlari tufayli podsho Polikret bilan chikisha olmagan va Samosni tark etib, janubiy Italiyaga kuchib ketgan, usha erda uz uyushmasini tashkil etgan. Uningcha, dunyoni bilish jarayoni, avvalo, rakamlarni bilishdan boshlanishi kerak. Pifagorchilarning ta’limotiga kura, olamning asosida modda xam, tabiat xam emas, balki ideallashgan rakamlar yotadi; narsa va xodisalar aynan ana shu rakamlar maxsulidir. Pifagorchilar birinchi bulib YUnonistonda tabiatdagi narsa va xodisalarni izoxlashda mikdor kategoriyasini ilgari suradi. Pifagor zodagonlar oilasiga mansub bulgani bois aristokratiyani ximoya kilgan. U «tartib» tuKrisidagi ta’limotini yaratib, fakat aristokratlar urnatgan tartib ijtimoiy xayotda muxim rol uynaydi, degan. Uning fikricha, demokratiya bu tartibotning buzilishidir.
Eley falsafiy maktabi namoyandasi Ksenofan (eramizdan avvalgi YI — V asr) shoir va faylasuf bulgan. U Kichik Osiyoda dunyoga kelgan. Ilm olish maksadida YUnonistonga, janubiy Italiyaga sayoxat kilib, umrining sunggi yillarini Eley shaxrida utkazgan. Tarixchi Diogen Laertskiyning yozishicha, Ksenofant «Tabiat xakida» asarining muallifidir. Afsuski, ushbu asarning yarmigina omon kolgan, xolos. u kupxudolikka xamda insonlarga xos sifatlarni xayvonlarga, usimlik dunyosiga daxldor deb biluvchi ta’limotga karshi chikib, mifologiyani rad etishga xarakat kilgan. uning falsafiy ta’limotiga kura, tabiat - uzgarmas va xarakatsizdir, «Xamma narsa erdan unib chikadi va pirovardida yana erga kaytadi». Biz xammamiz erdan tuKilganmiz va erga aylanamiz». Ksenofan kadimgi yunon faylasuflaridan birinchi bulib, bilishning imkoniyati va chegarasi xakida fikr yuritgan. Bu kadimgi yunon gnoseologiyasining rivojiga turtki buldi.
Ksenofant ilgari surgan Koyalar uning shogirdi Eley falsafiy maktabining kuzga kuringan namoyandalaridan biri, eramizdan avvalgi 504 yili tuKilgan Parmenid tomonidan rivojlantirilgan. Eley falsafiy maktabining namoyandalaridan biri Parmenidning shogirdi va dusti Zenon (490-430 yillar) uz ustozining ta’limotini ximoya kildi va uni rivojlantirdi.
qadimgi YUnon madaniyatida sofistlar falsafasi katta urin tutadi. Sofistlar antropologiya (inson xakidagi fan) va gnoseologiya (bilish tuKrisidagi fan) muammolari bilan shuKullangan. Sofistlar yangi kasblarning moxir ustalari, ya’ni ukituvchilar, diplomatlar, notiklar, sud maxkamalarida ishlovchi mutaxassislardan iborat bulib, xakikat, osoyishtalik, adolat urnatishga xizmat kilgan. ularning ta’limoti Sukrot falsafasiga xam ma’lum darajada ta’sir kursatgan.
Sukrot (eramizdan oldingi 469-399 yillar.) (asli — Sokrat) — kadimgi YUnon faylasufi. «Afinaning ijtimoiy xayotida faol ishtirok etgan, yoshlar tarbiyasi bilan shuKullangan, xurfikrli inson, kambaKaldan chikkan, tosh yunuvchining uKli, uta bilimdon kishi sifatida mashxur bulgan.
Uning xayoti fojiali tugagani tuKrisidagi misol falsafiy afsonaga aylanib ketgan. ^z davrida Afinadagi xukmron tuzum tartib-koidalariga karshi chikib, yangi fikrlarni ilgari surgani uchun ruxoniylar uni daxriylikda xamda yoshlarni axlokan buzishda ayblaganlar. Unga shunchaki ayb emas, siyosiy ayb kuyilgan. Garchand kutilish imkoni bulsa-da, konun va jamiyat tartiblarini nixoyatda kattik xurmat kilganligi bois, u jazodan kochishni istamagan va bir gadax zaxar ichib ulgan. Sukrot va uning tarafdorlari jamiyat konunlariga, ular kanday bulishidan kat’i nazar, suzsiz itoat etishni tarKib etganlari Koyatda ibratlidir. Xolbuki, Sukrot va uning shogirdlari Afinada amal kilgan konunlarni notuKri va adolatsiz deb xisoblagan xamda ularni kattik tankid kilgan, ammo, shunday bulsa-da, ularga buysungan. SHu ma’noda, Sukrot uzini aybdor deb topgan sud xukmiga itoat etgan va uzini uning ixtiyoriga topshirgan. «Aflotun mening dustim, ammo konun dustlikdan ustun turadi» degan xikmatli ibora usha davr ma’naviyatining yakkol ifodasidir.
Sukrot uz ta’limotini oKzaki ravishda kucha-kuyda, maydonlarda, xiyobonlarda shogirdlari va izdoshlari bilan birga shakllantirgan va xalk ongiga singdirishga xarakat kilgan, lekin bironta xam asar yozmagan. Uning falsafiy, axlokiy ta’limotlari moxiyatini shogirdlari Ksenofant, Aristofan va Aflotunlarning asarlaridan bilib olishimiz mumkin. Ksenofant «Sukrot xakida esdaliklar» asarida uz ustozi xakida ilik suzlar aytib, uni olijanob, axlok-odob borasida xakkoniy fikr yuritgan inson sifatida ta’riflagan. YOshlarning axlokini buzgan deb unga siyosiy ayb kuyish — tuxmat ekanini aloxida ta’kidlagan. Aflotun esa uni chukur muloxazali, insonni uluKlovchi donishmand, deya ta’riflagan, uning falsafiy karashlarini uz asarlarida Sukrot nomidan bayon etgan. Sukrotning fikricha, falsafaning markazida axlok masalalari turmoKi lozim. Jamiyatning ravnaki, tinchlik va osoyishtaligi, farovon xayoti axlok va odobning axvoliga boKlik. Bu masalalar SHark falsafasida xam katta urin tutganli bois xalkimiz, buyuk allomalarimiz Sukrot nomini benixoya xurmat bilan tilga olgan, uning axlok-odob xakidagi pand-nasixatlariga amal kilgan.
Sukrotning shogirdi Aflotun (asli — Platon) jaxon falsafasi tarixida uchmas iz koldirgan buyuk allomadir. U nafakat faylasuf olim, balki san’atkor, shoir va dramaturg bulgan, uz Koyalarini dialoglar tarzida bayon kilgan. Aflotun 428 yil 21 mayda Delos orolida tuKilgan. zidan keyin 35 dan ziyod dialog shaklidagi asarlar yozib koldirgan. Arastuning u xakdagi ma’lumotlarini birdan-bir tuKri dalil deb karash mumkin. CHunki Arastu Aflotunning eng yakin dusti va shogirdi bulgan.
Aflotun «coyalar dunyosi va soyalar dunyosi» ta'limotining asoschisidir. Uningcha, Koya xakikiy borlik, biz biladigan va yashaydigan dunyo esa uning soyasidir. Xakikiy uzgarish va tarakkiyot Koyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi xarakat esa uning aksidir. coyalar dunyosining konuniyatlarini xamma xam bilolmaydi. Ularni biladigan zotlar nixoyatda kam uchraydi, ular ulkan akl egasi buladi va tarixda chukur nom koldiradi. Aksariyat kishilar esa, soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi.
Aflotunning jamiyat va davlat tuKrisidagi ta’limoti uning dunyokarashida markaziy urinlardan birini tashkil etadi. U fakat antik davr falsafasi — ontologiya va gnoseologiyaning klassigi bulib kolmay, mumtoz antik siyosiy nazariya va pedagogikaning bilimdoni xam bulgan. Aflotun ijtimoiy-siyosiy masalalarga doir «Davlat», «Jonunlar», «Siyosat» va «Kritiy» nomli asarlar yozib koldirgan. «Davlat» asarida jamiyat xakida, uning ideal siyosiy tuzumi tuKrisidagi karashlarini markaziy ta’limoti — Koyalar nazariyasi bilan uzviy boKlik xolda ilgari surgan. Uning fikricha, davlatning turtta shakli mavjud: teokratiya; oligarxiya; demokratiya; tiraniya. Aflotunning ideal davlat tuKrisidagi orzulari negizida adolat Koyasi yotadi. Aflotun aytganidek, jamiyat barcha a’zolarining odil jamiyatdagi konunlarga buysunishi ijtimoiy tarakkiyotning asosiy garovidir.
Aflotunning shogirdi va safdoshi Arastu (384 — 322 yillar) (asli — Aristotel) kadimgi YUnonistonning buyuk faylasufi, uzining betakror, jaxonni lol koldirgan ilmiy merosi bilan mashxurdir. n etti yoshida uz ilmini oshirish maksadida Afinaga kelib, Aflotun asos solgan akademiyaga ukishga kirgan va 20 yil davomida (Aflotunning ulimiga kadar) shu erda taxsil olgan. Keyinchalik Makedoniya podshosi Filippning II taklifiga binoan, uning uKli Aleksandrga 3 yil muntazam ustozlik kilgan. Binobarin, keyinchalik dunyoni zabt etib, jaxongirlik makomiga kutarilgan iskandarning kamolotida Arastuning xizmatlari bekiyos bulgan. Filippning ulimidan keyin Aleksandr taxtga utirgach, Arastu Afinaga kaytib kelib, 50 yoshlarida «Likkey» nomli maktab ochgan. Ilmiy faoliyatining samarali bulishida, umuman, YUnonistondagi ilm-fan rivojida Aleksandr tomonidan kursatilgan ximmat va raKbatlar muxim axamiyat kasb etgan. Iskandar vafotidan keyin unga karshi kuchlar bosh kutarib, Arastuni daxriylikda ayblashgan va sudga tortishgan. Suddan oldin Evbey oroliga kuchib ketgan Arastu kup utmay usha erda vafot etgan.
Arastu zabardast olim bulib, mantik, psixologiya, falsafa, axlok, notiklik san’ati, tabiiy fanlar buyicha ulmas, bebaxo asarlar yozib koldirgan. Uning barcha asarlari borlikni urganishga kartilgan. Mantikka oid asarlarining barchasini «Organon» («Qurol») nomli asariga jamlagan. Faylasuf barcha fanlarni ikki turga — nazariy va amaliy fanlarga bulgan. Amaliy fanlar shogirdlarga yul-yurik kursatishga, biror bir foydali ishni amalga oshirishga yunaltirilgan. U nazariy fanlarni uch kismga - falsafa (metafizika), matematika va fizikaga ajratgan.
Faylasuf olamdagi narsa va xodisalar turtta sababga ega. Bular — moddiy sabab, ya’ni modda (materiya); shakliy sabab yoki shakl; yaratuvchi sabab; pirovard sabab yoki maksad sabablardir. YAratuvchi sabab, Arastu talkinicha, xarakat manbaidir. Masalan, ota va ona bolaning ulKayishi sababchisidir. Arastu pirovard sabab (maksad sabab) vositasida insonga xos bulgan maksadni tabiat xodisalariga xam tatbik etmokchi bulgan. Xarakat olam singari abadiydir. Ayni paytda, olam uzining abadiy sababi, ya’ni xarakatlantiruvchi kuchiga ega.
Arastuning jamiyat va davlat tuKrisidagi ta’limoti «Davlat», «Siyosat» kabi asarlarida bayon etilgan. Uning fikricha, davlat boshkaruvi jamiyatning erkin va farovon xayoti uchun xizmat kilishi lozim. Baxtli xayot mazmuni fakat moddiy mul-kulchilik bilan belgilanmaydi, balki seroblik ma’naviy boylik bilan uyKun bulgandagina, jamiyat baxtli xayot kechiradi. Davlatning boyligi, asosan, urtacha mulkka ega bulgan fukarolarning mexnati bilan ta’minlanadi. Arastuning bu boradagi karashlari bugungi kunda Vatanimizda kichik va urta biznes soxasini rivojlantirish yulida olib borilayotgan isloxotlar moxiyatiga juda xamoxangdir.
YUnon falsafasida Demokritning karashlari xam muxim urin tutadi. U xakikiy borlik — moddiy dunyo, abadiy va poyonsiz, cheksiz-chegarasiz reallikdir, olam mayda moddiy zarrachalardan, ya’ni atomlardan va bushlikdan iborat deya ta’lim beradi. Atomlar va bushlik uzaro yaxlit abadiy ibtidodir. Atomlar — bulinmas va uzgarmas, sifat jixatdan bir xil, uning mikdori shakli singari bexisobdir. Xarakat, degan edi Demokrit, atomlardan iborat moddaning abadiy, tabiiy xolatidir. Demokrit tasodifiyatni inkor etgan. U «na tabiatda na jamiyatda xech bir narsa tasodifan paydo bulmaydi», deb yozgan. Demokritning falsafiy karashlarida axlokiy ta’limot muxim urin tutadi. Uning bu boradagi karashlari siyosiy karashlari bilan uzviy boKlikdir. YAxshi boshkarilayotgan davlat — buyuk kurKondir. Davlat manfaatlari kolgan barcha narsalardan ustun turmog‘i lozim.
Me’yor, deydi faylasuf, axlokning tabiat insonlarga in’om etgan kuch va kobiliyatga mos kelishadadir. Donolik uchta xosil keltiradi: yaxshi fikrlash; yaxshi suzlash; yaxshi xarakat kilish. Demokritning axlokiy karashlari uz davridagi amaliy ma’naviy munosabatlarning umumlashmasidir. Uning ta’limoti bugungi kunda insonlarni axlok-odobga, diyonatga da’vat etadi.
Epikur (341-270 yillar) — kadimgi YUnon mutafakkiri. Demokrit ilgari surgan atomchilik ta’limotini yanada takomillashtirib, uni yukori poKonaga kutargan va tegishli karashlar bilan boyitgan faylasuf. Epikur ta’limoticha, olam — moddiy, abadiy va cheksiz. Atomlar — bulinmas, olam — jism va bushlikdan iborat, deb yozgan edi u. Barcha jismlarni Epikur ikki guruxga bulgan. Birinchi guruxga jismlarni tashkil etuvchi atomlarni kiritgan bulsa, ikkinchi guruxga atomlarning birlashishidan tashkil topgan jismlarni kiritgan. Epikur ichki xarakat konuniyatini kashf etib, Demokrit ilgari surgan atomchilik ta’limotiga ulkan xissa kushgan. Epikurning falsafiy-axlokiy ta’limoti uz zamonasida ilKor axamiyatga ega bulgan. Roxat-farog‘at, xursandchilik deganda, kayf-safo, maishat, shoxona xayotni emas, balki jismoniy ezilish xamda ruxiy tashvishlardan xalos bulishni, ozodlikni tushunamiz, deydi Epikur. uning fikricha, davlat kishilarning uzaro kelishuvi asosida tuzilishi lozim. Epikur ilgari surgan ijtimoiy kelishuv Koyasi keyinchalik XVIII asr fransuz ma’rifatparvarlari xamda XX asr faylasuflari tomonidan davom ettirilgan.
Epikur ta’limotini rimlik Lukretsiy Kar (eramizdan avvalgi 99-55 yillar) davom ettirgan. U «Narsalarning tabiati tuKrisida» nomli asari bilan mashxur bulgan. YAshashdan maksad, deb yozgan Lukretsiy, baxtli xayot kechirishdan iboratdir. Jamiyat xam, xuddi tabiat singari, uz konunlariga ega xamda tabiat konuniyatlariga tayangan xolda rivoj topadi, deydi u. Uning falsafiy karashlari uz davri va urta asr falsafasiga uz ta’sirini kursatgan.
Uning fikricha, modda (materiya) — abadiy, bir xolatdan ikkinchi xolatga utib, shaklini uzgartirib yashash — uning xossasi. Olamdagi barcha narsalar ikkiga — oddiy va murakkab turga bulinadi. Lukretsiy Kar atom xarakatining uchta turini sanab utgan. Bular — narsaning oKirlikka ega bulgani uchun tuKri chizikli xarakati, narsaning uzicha oKish xarakati, narsaga turtki bulgan asosga karatilgan xarakat. Lukretsiyning nazariyasi moxiyatan sodda bulsa-da, tabiatshunoslikka ulkan ta’sir kursatgan.
Biz xorijiy SHark va antik dunyo falsafasi xakida juda kiska ma’lumot berdik. Ularga mansub ayrim okim va mashxur faylasuflar ta’limoti tuKrisida nixoyatda muxtasar fikr yuritdik. Aslida bu mavzular uta keng kamrovli bulib, ularning moxiyatiga etib borish uchun kup va xub ukib-urganishga tuKri keladi. Ishonchimiz komilki, siz, aziz talabalar ularni mustakil ukib-urganish jarayonida tulik uzlashtirib olasiz.
SHuni aloxida ta’kidlash lozimki, biz falsafa tarixini fakat mashxur nomlar va ular yaratgan ta’limotlarni bilib olish uchungina urganmaymiz, balki insoniyat tarixida uchmas iz koldirgan buyuk faylasuflarning ibratli xayoti, ulmas Koyalari moxiyatini chukur anglash, ularga tayanib, bugungi kun falsafiy muammolarining kulay echimini topish, shu tarika Vatanimiz va xalkimizga xalol xizmat kilish, kolaversa, buyuk ajdodlarimizga, elu yurtimizga munosib farzandlar bulish uchun xam puxta va chukur urganamiz.

Yüklə 85,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin