soat falsafa tushunchasining kelib chiqishi



Yüklə 85,98 Kb.
səhifə5/12
tarix28.11.2023
ölçüsü85,98 Kb.
#168027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1 (2) (1)

Falsafaning predmeti. Endi «Falsafa nimani o‘rganadi?», degan savolni berishimiz mumkin. Insonda bilishga qiziqish uyg‘otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan qoniqmagan insonning o‘ziga ma’lum bilimlar va tajribaga, muayyan e’tiqod, ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug‘diradigan har qanday ob’ektiv va sub’ektiv borliq falsafaning predmeti hisoblanadi. . Boshqacha aytganda, inson o‘z qiziqishi ob’ekti haqida muayyan tasavvur hosil qilish maqsadida savol berishga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma narsa falsafaning predmetidir. SHu munosabat bilan u yoki bu odamning falsafiy qarashlari haqida va hatto uning falsafasi to‘g‘risida so‘z yuritish mutlaqo o‘rinli bo‘ladi va bunga biz kundalik hayotda tez-tez duch kelamiz.
Biroq ayni holda bizni fan sifatidagi, ayrim insonning emas, balki butun jamiyatning rivojlanish mahsuliga aylangan ijtimoiy hodisa sifatidagi falsafa qiziqtiradi va ayni shu sababli yuqorida keltirilgan ta’rifda «inson» tushunchasi yig‘ma ma’noda qo‘llanilgan. Bu erda shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, garchi falsafaning predmetiga biz umumiy nuqtai nazardan ancha keng ta’rif bergan bo‘lsak-da, ayrim tarixiy davrlarda odatda u yoki bu sabablarga ko‘ra muayyan masalalar doirasi falsafiy tadqiqotlarda birinchi o‘ringa chiqadi.
Qadimgi SHarq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanishining umumiy qonuniyatlari.
Hindistonda V-VII asrlarga kelib feodal tuzumi shakllandi. Braxmanlik va buddaviylik o‘z o‘rnini hinduviylik diniga bo‘shatib bera boshlaydi. Hinduviylik qadimgi falsafiy maktablarga sezilarli ta’sir o‘tkazdi. IV asrdan X asrlargacha bo‘lgan davrda Hindiston falsafasida qadimgi falsafiy ta’limotlarga (sutralar) serunum sharhlar yozish davom etdi. Adabiyotlarda bu davr sharhlar davri deb ataldi. Agar eramizning IV asrida faylasuf Purandara CHorvoqa -Lokayata maktabi ta’limotini sharhlagan bo‘lsa, V asrda faylasuf olim Vatsyana Nya va Vaysheshika maktablari sharhlari ustida ish olib bordi. Bu falsafiy ta’limot VI asrda Parashastapada, X asrda esa Uzayana tomonidan sharhlandi. Ishvara Krishna Sankxya falsafiy maktabiga sharhlar yozdi. Ushbu sharhlar o‘sha davrning mafkuraviy qoidalari asoslarini hisobga olgan holda bitildi.
Bu davrda budavviylikning turli oqimlari yana qaytadan paydo bo‘la boshladi. Ana shunday oqimlardan biri dzen-budavviylik edi. «Dzen» so‘zi sanskritcha so‘z «dxyana» - karaxtlik holati (meditatsiya) dan olingan bo‘lib, xitoycha «chan» va yaponcha «dzen» ga aylangan edi. Dzen - budavviylik Mohayananing katta mazhablaridan biri bo'lib, unga binoan budavviylik mohiyatini qalbni yoritishga olib keluvchi ichki tuyg‘u bilan anglash va idrok qilish mumkin. Dzen-budavviylikning asoschisi (birinchi patriarxi) hind rohibi Bodxikarma edi. U yangi ta’limotga asos solgan bo‘lib, unga ko‘ra, ilohiyot va mavhum falsafaga nisbatan afzallikni Budda ta’limotini shaxsan bevosita tushunishga beradi va qayd etadiki, diniy sig‘inishdan ko‘ra, tafakkur va shaxsiy intizom muhimroqdir. Uning fikricha, dzen bu «an’ana va muqaddas matnlarni oshib o‘tib, uyg‘ongan ongga bevosita o‘tishdir».

Yüklə 85,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin