Soliq akademiyasi


Bilvosita soliqlar auditi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə27/32
tarix14.01.2020
ölçüsü1,4 Mb.
#30154
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi o


3. Bilvosita soliqlar auditi.

A. Qo’shilgan qiymat solig’i auditi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida soliqlarning fiskal funksiya bilan rag’batlantiruvchi funksiyalari o’rtasidagi munosabatlar bo’yicha optimal variantlarini topish masalasi oldinda turadi. Soliqlar va soliq tizimini shunday tashqil qilish kerakki, barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mulk shakllaridan qat’iy nazar ularning iqtisodiy faoliyatiga sharoit yaratib berish va kelgusida soliqqa tortish bazasini takomillashtirish orqali ishlab chiqarishini rivojlantirishga yordam berishi shart.

Demak, bilvosita soliqlar sistemasini kengroq qo’llash, xususan, qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz soliqlariga tortishni qo’llashni o’rganish va amaliyotga tadbiq etish muhim rol o’ynaydi. CHunki bozor iqtisodiyoti rivojlangan sari va real sektorning rivojlanish darajalari o’sgan sari bilvosita soliqlarning byudjet tushumlaridagi hissasi kamaya boradi, bevosita soliqlarning hissasi esa oshib boradi. Lekin shunga karamay bilvosita soliqqa tortish byudjetning daromad qismini rivojlantirishda asosiy rolni o’ynaydi.

Qo’shilgan qiymat solig’i (QQS) bizning iqtisodiyotimiz uchun nisbatan yangi tushuncha bo’lib, bilvosita soliqlar toifasiga kiradi va sotilgan tovarlar, ish va xizmatlar bahosiga qo’shiladi. QQS bizda oldin qo’llanilib kelingan aylanma solig’i va sotishdan to’lanadigan soliqlarning o’rnini egallaydi va barcha turdagi tovarlar va xizmatlarni qamrab olib, byudjet bilan hisob-kitoblarda muhim o’rin tutadi.

Hozirgi sharoitda soliq islohotini amalga oshirishdagi qiyinchiliklar, birinchidan, mamlakatda soliq munosabatlarining rivojlanmaganligi bilan, ikkinchidan, omma ongining soliqlarga nisbatan bir qadar salbiy munosabatda ekanligi va bunday vaziyatda qabul qilinadigan qarorlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy oqibatlarini qattiq hisobga olish zarurligi bilan izohlanadi.

Hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha byudjet bilan hisoblashishlarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish alohida o’rin egallaydi.

Qo’shilgan qiymat solig’ini audit tekshiruvidan o’tkazish quyidagilarni o’z ichiga oladi:

- oldingi davrlardagi soliq hisobotlarini tahlil qilish, kamchiligi ko’rsatilgan masalalar bo’yicha berilgan tavsiyalar bajarilishini aniqlash;

- joriy davr uchun QQS schyotlari bo’yicha qoldiqlarni ol­dingi davrlardagi qoldiqlar bilan taqqoslash va tafovutlarni tahlil qilish;

- joriy davr uchun haqiqiy stavkalarini taqqoslash va tafovutlarni tahlil qilish;

- hisobot davri uchun byudjetga to’lovlar to’lanishini tahlil qilish.



Au­ditor QQS ni to’lashning to’g’riligini tekshirishda moddiy qiymatlarning xarajati aks ettiriladigan barcha schyotlarni, to’lov topshiriqlari va boshqa to’lov hujjatlarini nazorat qilib chiqishi lozim.

Sotiladigan tovarlar, ish va xizmatlar tannarxiga qo’shiladigan, olingan QQS hisobining to’g’riligini, byudjet oldidagi QQS bo’yicha qarzlarning muvofiqligini tekshirishda auditorlar quyidagi ishlarni amalga oshirishlari lozim:



  1. Bosh daftardagi qoldiqlarni tekshirish;

  2. QQS bo’yicha yig’ma vedomost tuzish va hisob-kitob schyotlarining ma’lumotlarini tahlil qilib chiqish;

  3. soliq inspeksiyasiga taqdim qilingan QQS hisob-kitoblarining ma’lumotlarini tekshirish;

  4. faoliyat hususiyatlari va sotiladigan mahsulot (ish, xizmat)lar turlariga qarab soliq stavkalarini qo’llashning to’g’riligini tahlil qilish;

  5. hisobot davri uchun QQS bo’yicha qarzlarni qayta hisoblash;

  6. qonun hujjatlariga muvofiq QQS bo’yicha berilgan imtiyozlarning to’g’ri qo’llanishini tahlil qilish;

  7. QQS bo’yicha o’rtacha oylik qarz hisob-kitobi asosida QQSni to’lash davriyligini aniqlash;

  8. QQS bo’yicha hisob-kitoblarni va hujjatlarni tuzishning to’g’riligini, penyalar va jarimalar to’lashdan qochish uchun bank ko’chirmalari ma’lumotlariga taqqoslash yo’li bilan tanlab tekshiruv o’tkazish.

Sotish bo’yicha soliqqa tortiladigan aylanma summasi sotiladigan tovarlar, ish va xizmatlarning amaldagi narx va tariflar bilan baholanadigan qiymatiga asosan, ularga qo’shimcha qiymat solig’ini kiritmagan holda aniqlanadi. Au­ditor QQS ni to’lashning to’g’riligini tekshirishda moddiy qiymatlarning xarajati aks ettiriladigan barcha schyotlarni, to’lov topshiriqlari va boshqa to’lov hujjatlarini nazorat qilib chiqishi lozim.

Auditor tekshiruv jarayonida QQSning to’g’ri hisoblanganiga ishonch hosil qilishi lozim. Hisob-kitob maxsus shakl bo’yicha tuziladi va mohiyati shundan iborat bo’ladiki, byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasi xaridorlarga sotilgan tovarlar (bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar) uchun ulardan olingan va sotib olingan moddiy resurslar, yoqilg’i, xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarga to’langan soliq summasining mazkur hisobot davrida ishlab chiqarish va muomala sarflariga haqiqatdan olib borilgan qiymatiga tegishli summasi o’rtasidagi farq ko’rinishida namoyon bo’ladi. Хususan, QQS ni tekshirish quyidagilarni o’z ichiga olinadi:



      1. oldingi davrlardagi soliq hisobotlarini tahlil qilish, kamchilik ko’rsatilgan masalalarni va ushbu masalalar bo’yicha berilgan tavsiyalarning bajarilishini aniqlash;

      2. joriy davr uchun QQS schyotlari bo’yicha qoldiqlarni ol­dingi davrlar uchun qoldiqlar bilan taqqoslash va kala yoki gayri-oddiy tafovutlarni tahlil qilish;

      3. joriy davr uchun haqiqiy stavkalarmi taqqoslash va katta yoki g’ayri oddiy tafovutlarni tahlil qilish;

      4. hisobot davri uchun byudjetga to’lovlar to’lanishini tahlil qilish.

Тovarlar, ish va xizmatlarni sotib olish chog’ida to’langan QQSni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda, aylanma mablag’larni sotib olishdagi QQS va byudjetdan qoplanadigan QQS hisob-kitobini tahlil qilish zarur. Aylanma mablag’larni sotib olishga doir QQSni tahlil qilishda Bosh daftardagi qoldiqlar, byudjet bilan hisob-kitoblarga doir dastlabki hujjatlar va balansning tuzilishi sinchiklab tekshiruvdan o’tkaziladi.

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni sotib olishda to’langan QQS summalari, asosiy vositalar va nomoddiy ak­tivlarni hisobga qabul qilish paytida byudjetga to’lanadigan QQS summasidan to’lig’icha chegirib tashlanadi.



Byudjetdan qoplanadigan, to’langan QQS ni tahlil qilishda auditor quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim:

  • 4410 - «Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyotining «QQS hisob-kitobi» analitik schyoti debeti bo’yicha yozuvlar tekshiruvdan o’tkaziladi;

  • balans tuzish (tekshiruv maqsadida) va sotib olingan ish­lab chiqarish zahiralari, ish va xizmatlar bo’yicha to’­langan QQS ni hisobga olishning to’g’riligini dastlabki hujjatlar bo’yicha tanlab tekshirish.

Ushbu ish QQS bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni hisobot davrlari bo’yicha aniq taqsimlashni nazarda tutadi.
Byudjetga hisoblangan va to’lanadigan QQS ni schyot-faktura asosida auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi

t/r

Тovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi

O’lchov birligi

(Dona)

Birligining bahosi

Summmasi

Aksiz solig’i

Qo’shilgan qiymat solig’i




Stvkasi,

%

Summasi

Stavkasi,

%

Summasi

Jami summasi

1.

Хom-ashyo va material

200

1000

200000

x

x

20

40000

240000




Jami:

200

1000

200000

x

x

20

40000

240000

Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki schyot fakturada xom-ashyo va materiallar sotib olinishida to’langan bilvosita soliqlarni ko’rishimiz mumkin. Korxona tomonidan keyinchalik ishlab chiqarib realizatsiya qilishda to’langan QQS summasini hisobga olish lozim.


Хo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan QQSni hisoblanishi va to’lanishi.

10 -jadval



Т/r


Muomila mazmuni


Summa

Schyotlar aloqasi

Dt

Kt

1

2

3

4

5

1

Mol yetkazib beruvchilardan xom ashyo va materiallar olindi

200000

40000


1010

4412


6010

6010


2

Mol yetkazib beruvchilar bilan olingan mahsulot uchun hisob-kitob qilindi

240000

6010

5110

3

Ijara xarajatlari uchun pul ko’chirib berildi.

16000

4000


2510

4412


5110

5110


4

Aloqa xizmati uchun pul ko’chirib berildi.

4000

1000


9420

4412


5110

5110


5

Kommunal xizmat xarajatlari uchun pul ko’chirib berildi.

2400

600


9420

4412


5110

5110


6

SHaxsiy xo’jalikdan yordamchi materiallar sotib olindi.

8000

1090

5010

7

Хo’jalik yurituvchi sub’ekt tayyor mahsulotlarni
sotdi.

350000

4010

9010

8

QQS hisoblandi

58333

9010

6412

9

Тo’langan QQS hisobga olindi

45600

6412

4412

10

Qolgan QQS byudjetga to’landi

12733

6412

5110


Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki «Baxus invest» MCHJ korxonasida qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha byudjet bilan hisoblashishini moliyaviy hisobi va audit qilishda bir qancha qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Agarda auditor schyot faktura orqali auditorlik tekshiruviga e’tibor beradigan bo’lsa xato kamchilikka yo’l qo’yishi ham mumkin.

Auditor tekshiruv jarayonida QQS ning to’g’ri hisoblanganiga ishonch hosil qilishi lozim. Hisob-kitob maxsus shakl bo’yicha tuziladi va mohiyati shundan iborat bo’ladiki, byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasi xaridorlarga sotilgan tovarlar (bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar) uchun ulardan olingan va sotib olingan moddiy resurslar, yoqilg’i, xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarga to’langan soliq summasining mazkur hisobot davrida ishlab chiqarish va muomala sarflariga haqiqatdan olib borilgan qiymatiga tegishli summasi o’rtasidagi farq ko’rinishida namoyon bo’ladi.

Хususan, QQS ni tekshirish quyidagilarni o’z ichiga olinadi:


  • oldingi davrlardagi soliq hisobotlarini tahlil qilish, kamchilik ko’rsatilgan masalalarni va ushbu masalalar bo’yicha berilgan tavsiyalarning bajarilishini aniqlash;

  • joriy davr uchun QQS schyotlari bo’yicha qoldiqlarni oldingi davrlar uchun qoldiqlar bilan taqqoslash va katta yoki gayri-oddiy tafovutlarni tahlil qilish;

  • joriy davr uchun haqiqiy stavkalarni taqqoslash va katta yoki g’ayri oddiy tafovutlarni tahlil qilish;

  • hisobot davri uchun byudjetga to’lovlar to’lanishini tahlil qilish.

Тovarlar, ish va xizmatlarni sotib olish chog’ida to’langan QQSni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda, aylanma mablag’- larni sotib olishdagi QQS va byudjetdan qoplanadigan QQS hisob-kitobini tahlil qilish zarur.

Aylanma mablag’larni sotib olishga doir QQSni tahlil qilishda Bosh daftardagi qoldiqlar, byudjet bilan hisob-kitoblarga doir dastlabki hujjatlar va balansning tuzilishi sinchiklab tekshiruvdan o’tkaziladi.

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni sotib olishda to’langan QQS summalari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga qabul qilish paytida byudjetga to’lanadigan QQS summasidan to’lig’icha chegirib tashlanadi.

Byudjetdan qoplanadigan, to’langan QQS ni tahlil qilishda auditor quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim:



  1. 4410 - «Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyotining «QQS hisob-kitobi» analitik schyoti debeti bo’yicha yozuvlar tekshiruvdan o’tkaziladi;

  2. balans tuzish (tekshiruv maqsadida) va sotib olingan ishlab chiqarish zahiralari, ish va xizmatlar bo’yicha to’langan QQS ni hisobga olishning to’g’riligini dastlabki hujjatlar bo’yicha tanlab tekshirish.

Ushbu ish QQS bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni hisobot davrlari bo’yicha aniq taqsimlashni nazarda tutadi.

Sotiladigan tovarlar, ish va xizmatlar tannarxiga qo’shiladigan, olingan QQS hisobining to’g’riligini, byudjet oldidagi QQS bo’yicha qarzlarning muvofiqligini tekshirishda auditorlar quyidagi ishlarni amalga oshirishlari lozim:



  1. Bosh daftardagi qoldiqlarni tekshirish;

  2. QQS bo’yicha yig’ma vedomost tuzish va hisob-kitob schyotlarining ma’lumotlarini tahlil qilib chiqish;

  3. soliq inspeksiyasiga taqdim qilingan QQS hisob-kitoblarining ma’lumotlarini tekshirish;

  4. faoliyat hususiyatlari va sotiladigan mahsulot (ish, xizmat)lar turlariga qarab soliq stavkalarini qo’llashning to’g’riligini tahlil qilish;

  5. hisobot davri uchun QQS bo’yicha qarzlarni qayta hisoblash;

  6. qonun hujjatlariga muvofiq QQS bo’yicha berilgan imtiyozlarning to’g’ri qo’llanishini tahlil qilish;

  7. QQS bo’yicha o’rtacha oylik qarz hisob-kitobi asosida QQSni to’lash davriyligini aniqlash;

  8. QQS bo’yicha hisob-kitoblarni va hujjatlarni tuzishning to’g’riligini, penyalar va jarimalar to’lashdan qochish uchun bank ko’chirmalari ma’lumotlariga taqqoslash yo’li bilan tanlab tekshiruv o’tkazish.

6410-«Byudjet to’lovlar bo’yicha qarzdorlik (turlari bo’yicha)» schyoti («qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha hisob-kitoblar» analitikschyoti)ning debet va kredit yozuvlarining aniqligi nazorat qilinadi. Хususan, noishlab chiqarish extiyojlari uchun sarflangan, sotib olingan tovar-moddiy qiymatliklar uchun to’langan QQS 6410-schyotning debetiga olib borilmasligi kerak, balki tegishli xarajat schyotlariga olib beriladi.

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar, to’langan QQS ham qo’shilgan holda, sotib olish qiymati bilan kirimga olinadi.

Auditor QQS bo’yicha qo’llanilgan imtiyozlarning hamda ishlab chiqarishga sarflangan moddiy resurslar uchun mol yetkazib beruvchilarga to’langan QQSning xaridorlarga jo’natilgan tayyor mahsulotlar uchun korxona hisoblagan QQSdan oshgan summalarining to’g’riligini tekshirishi kerak. Soliqlar va bo’nak to’lovlarining o’z vaqtida byudjetga o’tkazilishi ham tekshirilishi kerak.

S. Aksiz solig’ining auditi. Auditor aksiz solig’ini tekshirish uchun avvalo, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan, amaldagi aksiz solig’i belgilangan tovarlar ro’yxati va aksiz solig’ining stavkalari bilan tanishishi lozim. So’ngra audit o’tkazilayotgan korxonada aksiz to’lanadigan tovarlar aniqlanib, ular bo’yicha soliq ob’ekti to’g’ri belgilanganligi tekshiriladi.

Auditor aksiz solig’ini tekshirishda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan, amaldagi aksiz solig’i belgilangan tovarlar ro’yxati va aksiz solig’ining stavkalari bilan tanishishi lozim. So’ngra audit o’tkazilayotgan korxonada aksiz to’lanadigan to­varlar aniqlanib, ular bo’yicha soliq ob’ekti to’g’ri belgilanganligi tekshiriladi. Soliq Kodeksiga muvofiq O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan, ak­siz solig’i to’lanadigan tovarlar uchun ularning qo’shilgan qiymat solig’i hisobga olinmaydigan (aksiz solig’i summasini o’z ichiga olgan) qiymati yoki tovarning fizik hajmi soliq ob’ekti hisoblanishini nazarda tutish kerak. Agar to­var ishlab chiqaruvchi aksiz to’lanadigan tovarni natural haq yoki sovg’a sifatida bersa, soliq to’lovchida tovarni topshi-rish paytida vujudga kelgan, lekin qilingan haqiqiy xarajatlardan kam bo’lmagan, narxlar darajasidan kelib chiqib hisoblangan qiymat soliq solish ob’ekti hisoblanadi. SHu bilan birga auditor buyurtmachilarning xom ashyolaridan ish­lab chiqarilgan tovarlar bo’yicha ham aksiz solig’i hisob­lanishini tekshirishi zarur.

SHundan so’ng auditor hisoblangan aksiz solig’ining to’lash muddatlariga rioya qilinishini tekshiradi. Bunda So­liq Kodeksining 84-moddasiga muvofiq aksiz solig’i byud­jetga, qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, oyning aksiz to’lanadigan tovar realizatsiya qilingan o’n kunligi tugaganidan so’ng uch kundan kechiktirmay o’tkazilganligi tekshiriladi. shuningdek soliq to’lovchi aksiz solig’i bo’yicha hisob-kitoblarni soliq inspeksiyasiga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 20- kunidan kechik­tirmay taqdim etib kelayotganligini aniqlashi lozim.

Aksiz solig’i to’langan xom-ashyodan aksiz to’lanadigan tovar ishlab chiqarilgan taqdirda, mazkur xom-ashyo uchun to’­langan aksiz solig’ining summasiga ushbu tovarga solinadigan aksiz solig’i kamaytirilishini nazarda tutmoq kerak. Auditor aksiz solig’i to’lanadigan import qilinadigan to­varlar bo’yicha soliq solishni tekshirishda bojxona haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan bojxona qiy­mati soliq solish ob’ekti ekanligiga amal qiladi. shuningdek aksiz to’lanadigan import tovarlar uchun aksiz solig’i o’z vaqtida, ya’ni bojxonada rasmiylashtirilishiga qadar yoki rasmiylashtirilishi paytida to’langanligini ham aniqlashi zarur.

Agar aksiz to’lanadigan tovarlarini realizatsiya qilish bo’yicha operatsiyalar soliqdan ozod qilingan bo’lsa, hisob-kitob hujjatlari, dastlabki hujjatlar va schyot-fakturalar tegishli aksiz summasini ajratib ko’rsatmasdan yoziladi. Bunda hujjatlarga «aksiz» degan shtamp qo’yiladi.

Analitik va sintetik hisob registrlari ma’lumotlariga asosan auditor quyidagilarni aniqlaydi:



  • qo’llaniladigan to’lov shakllari (naqd pulsiz, naqd pullik, o’zaro qarz surishish yo’li bilan, bevosita tovar yoki mahsulot almashish yo’li bilan);

  • analitik hisobni yuritish tartibi (hisob-kitob turlari, ishtirokchilari, vujudga kelish muddatlari va shunga o’xshash);

  • noaniq buxgalteriya yozuvlari.

Хo’jalik yurituvchi sub’ektlarda aksiz to’lanadigan tovarlar xarid qilinganda ular byudjetga bo’nak to’lovlari bo’yicha hisoblashishlarni 4421-«Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga aksiz solig’i bo’yicha byudjetga bo’nak to’lovi schyoti» va 4422 - «Import qilingan mahsulotlarga aksiz solig’i bo’yicha bo’nak to’lovi schyot»larida to’g’ri olib borilishi auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladi.

shuningdek, aksiz solig’i to’lanishini Soliq kodeksining 240-moddasiga asosan nazorati ta’minlanadi.

Aksiz solig’i to’langan xom-ashyodan aksiz to’lanadigan tovar ishlab chiqarilgan taqdirda, mazkur xom-ashyo uchun to’­langan aksiz solig’ining summasiga ushbu tovarga solinadigan aksiz solig’i kamaytirilishi nazarda tutiladi. Auditor import qilinadigan aksiz to’lanadigan to­varlar bo’yicha soliq solishni tekshirishda bojxona haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq, aniqlanadigan bojxona qiy­mati soliq solish ob’ekti ekanligiga amal qiladi. shuningdek, import qilinayotgan aksiz to’lanadigan tovarlar uchun aksiz solig’i o’z vaqtida, ya’ni bojxonada rasmiylashtirilishiga qadar yoki rasmiylashtirilishi paytida to’langanligini ham aniqlashi zarur. Bular haqida O’zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksining 104-moddasida quyidagicha izohlangan: Bojxona chegarasi orqali olib o’tiladigan tovarlarga qonun hujjatlariga muvofiq boj, qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz solig’i solinadi.

Тovarlar qaytarib olib chiqilgan taqdirda ilgari to’langan boj, qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz solig’i summalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qaytarilishi lozim7.

O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha aksiz solig’ini to’lash boshqa bojxona to’lovlarini to’lashdan oldin yoki u bilan bir vaqtda amalga oshirilishi belgilab qo’yilgan. Тo’ldirilgan «Bojxona yuk deklaratsiyasi» bilan birga taqdim etilgan, to’lashga qabul qilinganligi to’g’risida bank belgisi bo’lgan to’lov topshiriqnomasi to’lovchi tomonidan aksiz solig’i to’langanini tasdiqlaydi.
Auditor bojxonada to’lanishi lozim bo’lgan aksiz solig’i summasini tekshirganda quyidagi buxgalteriya yozuvlarini ko’rib chiqishi lozim:

3-jadval





Muomila mazmuni

Schyotlar aloqasi

Dt

Kt

1

2

3

4

1

Aksiz to’lanadigan tovarlar import qilindi.

2910

6010

2

Aksiz osti mahsuloti importi bo’yicha byudjetga soliq hisoblandi.

2910

6413

3

Aksiz osti mahsuloti importi bo’yicha byudjetga soliq tulandi.

6413

5110

Auditor aksiz solig’ini tekshirish uchun avvalo, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan, amaldagi aksiz solig’i belgilangan tovarlar ro’yxati va aksiz solig’ining stavkalari bilan tanishishi lozim. So’ngra audit o’tkazilayotgan korxonada aksiz to’lanadigan tovarlar aniqlanib, ular bo’yicha soliq ob’ekti to’g’ri belgilanganligi tekshiriladi. Soliq Kodeksiga muvofiq O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan, aksiz solig’i to’lanadigan tovarlar uchun ularning qo’shilgan qiymat solig’i hisobga olinmaydigan (aksiz solig’i summasini o’z ichiga olgan) qiymati yoki tovarning fizik hajmi soliq obekti hisoblanishini nazarda tutish kerak. Agar tovar ishlab chiqaruvchi aksiz to’lanadigan tovarni natural haq yoki sovg’a sifatida bersa, soliq to’lovchida tovarni topshirish paytida vujudga kelgan, lekin qilingan haqiqiy xarajatlardan kam bo’lmagan, narxlar darajasidan kelib chiqib hisoblangan qiymat soliq solish ob’ekti hisoblanadi. SHu bilan birga auditor buyurtmachilarning xom ashyolaridan ishlab chiqarilgan tovarlar bo’yicha ham aksiz solig’i hisoblanishini tekshirishi zarur.

SHundan so’ng auditor hisoblangan aksiz solig’ining to’lash muddatlariga rioya qilinishini tekshiradi. Bunda Soliq Kodeksiga muvofiq aksiz solig’i byudjetga, qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, oyning aksiz to’lanadigan tovar realizatsiya qilingan o’n kunligi tugaganidan so’ng uch kundan kechiktirmay o’tkazilganligi tekshiriladi. Aksiz solig’i to’langan xom-ashyodan aksiz to’lanadigan tovar ishlab chiqarilgan taqdirda, mazkur xom-ashyo uchun to’langan aksiz solig’ining summasiga ushbu tovarga solinadigan aksiz solig’i kamaytirilishini nazarda tutmoq kerak. Auditor aksiz solig’i to’lanadigan import qilinadigan tovarlar bo’yicha soliq solishni tekshirishda bojxona haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymati soliq solish ob’ekti ekanligiga amal qiladi. shuningdek aksiz to’lanadigan import tovarlar uchun aksiz solig’i o’z vaqtida, ya’ni bojxonada rasmiylashtirilishiga qadar yoki rasmiylashtirilishi paytida to’langanligini ham aniqlashi zarur.


  1. Mol-mulk va resurs soliqlari auditi

A. Mol-mulk solig’ini tekshirish. Bu soliq korxonalarni mavjud aktivlardan samarali foydalanishga va keraksiz mulklar to’planib qolishiga yo’l qo’ymaslikni rag’batlantirish uchun joriy qilingan. Bu soliqni soliqqa tortiladigan mulki, bankda muddatsiz depozit schyoti bo’lgan va mustaqil balansdagi huquqiy shaxslar to’laydi.

Yangi Soliq Kodeksiga muvofiq huquqiy shaxslar uchun mol-mulk solig’i u qaysi manbadan olinganidan qat’iy nazar, korxona balansida turgan barcha asosiy vositalar va nommoddiy aktivlarning yillik o’rtacha qiymatiga nisbatan hisoblanadi. Bunda auditor soliqqa tortiladigan ob’ektlarning summasini va har choraklikda yil boshidan o’sib boruvchi jami bilan hisoblanadigan soliq summasining to’g’riligini tekshirishi lozim. Jismoniy shaxslar uchun esa, ularning mulki hisoblangan kvartiralar, chorbog’ va bog’ uylari, garajlar va boshqa imoratlar, binolar va inshootlar qiymati, shuningdek avtomobillar, motorli qayiqlar, vertolyotlar, samolyotlar va boshqa transport vositalari dvigatellarining quvvati soliq ob’ekti hisoblanadi.

Auditor jismoniy shaxslarning mol-mulkini soliqqa tortishni tekshirishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan soliq stavkalariga rioya qilinishiga alohida e’tibor berishi lozim.
Soliq stavkasi korxonaning balansidagi asosiy vositalar (lizing shartnomasi bo’yicha olinganlari ham qo’shilgan) va nomoddiy aktivlarning eskirishi ayrilmagan o’rtacha yillik qiymatiga nisbatan qo’llaniladi. Mulk summasi uning o’tgan har oyning 1sanasiga bo’lgan qoldig’i bo’yicha hisoblanadi.

Auditor, agar korxonadagi mol-mulklar bir necha mulkdorlarning ulushbay asosida umumiy mulki bo’lgan holatlarni tekshirganda mol-mulk solig’i har bir mulkdor tomonidan umumiy mulkdagi ulushiga mutanosib ravishda to’langanligini aniqlashi lozim. Yangi qurilgan imoratlar, binolar va inshootlar bo’yicha soliq ular barpo etilgan yoki olingan yildan boshlab to’lanishini e’tibordan chiqarmaslik kerak.

Тabiiy ofat yoki boshqa sabablarga ko’ra yo’qolgan mol-mulklar bo’yicha soliq undirish ular yo’q qilingan yoki butunlay vayron bo’lgan oydan boshlab to’xtatiladi.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

auditi natijalari.

Т/r

Ko’rsatkichlar

O’lchov birlik

Korxona ma’lumotlari bo’yicha


Auditor ma’lumot-lari bo’yicha


Farqi

(+;-)



Asosiy vositalar, shu bilan birgalikda moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarning va soliq solinadigan nomoddiy aktivlarning o’rtacha yillik qoldiq qiymati

Ming so’m

7291494. 0


7291494. 0



-



Soliq solinadigan bazaning kamaytirilishi


Ming so’m

3109686. 6

3109686. 6

-



Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash uchun soliq solinadigan baza


Ming so’m

4181807. 6


4181807. 6


-



Belgilangan soliq stavkasi


%

3. 5

3. 5

-



Тuzatilgan stavka


Ming so’m

-

-

-



Soliq summasi


Ming so’m

146363. 2

146363. 2

-



Normativ muddatda tugallanmagan qurilish ob’ektining o’rtacha yillik qiymati


Ming so’m

-

-

-



Soliq stavkasi


%

-

-

-



Soliq summasi


Ming so’m

-

-

-



Belgilangan muddatda ishga tushirilmagan uskunaning o’rtacha yillik qiymati

Ming so’m

417958. 6

417958. 6

-



Soliq stavkasi, %da


%

7

7

-



Soliq summasi


Ming so’m

29257. 1

29257. 1

-



Byudjetga to’lanadigan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi


Ming so’m

175620. 3

175620. 3

-


Auditor huquqiy va jismoniy shaxslar mulkiga solinadigan soliqlar bo’yicha belgilangan imtiyozlarning to’g’ri qo’llanilishini tekshiradi. Auditor huquqiy va jismoniy shaxslarning mulkiga solinadigan soliqni hisoblash va to’lash tartibiga qanday rioya qilinayotganligiga ham alohida e’tibor berishi zarur. SHu bilan birga soliq to’lovchilar tomonidan mol-mulk solig’i bo’yicha hisoblash varaqalarini soliq organlariga yilning choraklari bo’yicha va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatida topshirilishini ham o’rganish zarur.

1-chizma

Mol-mulk va resurs soliqlari soliqlar auditi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

Soliq larning to’g’ri hisoblanishi

tekshirish.






Soliq larning byudjetga muddatida va to’liq

o’tkazilishini tekshirish.






Soliq lar hisobining to’g’riligini tekshirish.




Tekshirish natijalarini rasmiylashtirish.

Mol-mulk solig’i bo’yicha imtiyozlarning to’g’ri qo’llanilishi va to’lov muddatlariga rioya qilinishi ham tekshirilishi zarur.



B. Yer solig’i auditi. Auditor mahalliy soliqlar bo’yicha byudjetga qarzdorlikni tekshirganda quyidagi holatlarga e’tibor berishi lozim: mavjud me’yoriy hujjat va yo’riqnomalarga asosan soliq solinadigan bazaning to’g’ri aniqlanganligiga; mahalliy soliqlar bo’yicha belgilangan soliq imtiyozlaridan to’g’ri foydalanilganligiga; o’rnatilgan soliq imtiyozlari va summalarining to’g’riligiga; byudjetga to’lovlar bo’yicha hisobot ma’lumotlarining to’g’riligi va ishonchliligiga.

Mahalliy soliqlar va yig’imlar faqat har bir hududdagi mahalliy byudjetlarga tushadi, boshqa byudjetlarga ajratmalar berilmaydi.

Audit o’tkazish manbalari bo’lib hisob-kitob qaydnomalari, to’lov qaydnomalari, kassa chiqim orderlari, bank ko’chirmalari, joriy oy uchun ichki balans hisoblashishlarni hisobga olish qaydnomasi, to’lov topshiriqnomalari, 10-sonli jurnal order, Bosh daftar kabilar hisoblanadi.

Yer solig’i va mol-mulk solig’i O’zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari bilan kiritiladi va uning barcha hududlarida undirib olinadi, bunda ushbu soliqlar va yig’imlarning miqdorlari Hukumat tomonidan belgilanadi. Boshqa mahalliy soliqlar Qoraqolpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxrining davlat hokimiyati organlari tomonidan kiritiladi. Respublika Vazirlar Mahkamasi faqatgina ushbu mahalliy soliqlarni chegara miqdorlarini belgilaydi. Yangi mahalliy soliqlar va yig’imlarning kiritilishi Respublika Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilishi lozim.

Byudjet bilan hisob-kitoblar bo’yicha buxgalteriya hisobi byudjetga qarzlar bo’yicha to’lovlar schyotida olib boriladi.

Hisoblangan soliq summasi quyidagicha aks ettiriladi:

Debet 9430 – “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti, Kredit 4510 - “Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlari” schyoti.

Byudjetga o’tkaziladigan soliq summasi quyidagicha aks ettiriladi:



Debet 4510-“Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlari schyoti”, Kredit 5110 –“Hisob-kitob” schyoti.

Yer solig’i auditi


Т/r

Ko’rsatkichlar


O’lchov birligi

Korxona ma’lumotlari bo’yicha

Auditor ma’lumotlari bo’yicha

Yer maydoni

Summasi

Yer maydoni

Summasi



Yer uchastkasining umumiy maydoni,


ga

12. 4

x

12. 4

x



Soliq solinmaydigan yer maydoni -


ga

4. 8

x

4. 8

x



Soliq solinadigan baza


ga

7. 6

x

7. 6

x



Yil uchun byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan jami soliq summasi

so’m

x

25947. 7

x

25947. 7



I chorak uchun 15 fevralgacha

so’m

x

6486. 9

x

6486. 9



II chorak uchun 15 maygacha

so’m

x

6486. 9

x

6486. 9



III chorak uchun 15 avgustgacha

so’m

x

6486. 9

x

6486. 9



IV chorak uchun 15 noyabrgacha

so’m

x

6486. 9

x

6486. 9

Korxonaning yer solig’i auditini o’tkazishda auditor maxsus jadval tuzadi va ushbu jadvalni korxonaning hisob-kitobi bilan solishtirib chiqadi.


S. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq auditi. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni tekshirishda, auditor avvalo, soliq solish ob’ektlarining to’g’riligini aniqlash zarur. Bunda soliq solish ob’ektlarining Soliq Kodeksiga muvofiq kelishini tekshiradi. So’ngra ushbu soliq stavkalarining to’g’ri qo’llanilishi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan yer ostidan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga muvofiq aniqlanadi. Bunda auditor ushbu soliq bo’yicha belgilangan imtiyozlarni ham nazarda tutishi kerak.

So’ngra auditor yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to’lashning to’g’riligini ham aniqlashi lozim. Bunda u soliq to’lovchilar tomonidan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha hisob-kitoblarni soliq organlariga taqdim etish tartibiga rioya qilinganligini Soliq Kodeksining IX bo’lim. Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar (42-46-boblar, 242-256-moddalar) muvofiq tekshiradi.



Yer qa’ridan foydalanganlik uchun

soliq auditi natijalari



Т/r

Тayyor mahsulotlar nomi

Soliq solina-

digan baza

Soliq stavkasi, %

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq summasi


Auditor ma’lumolari bo’yicha

Farqi

(+;-)



Neft va

kondensati




7331452. 69

20

1506290540

1506290540






Тabiiy gaz

37901238. 66

30

11370371600

11370371600

-










12876662140

12876662140

-


Yer qa’ridan foydalanganlik uchun

soliq auditi natijalari



Тayyor mahsulotlar nomi

Qazib olish hajmi, t, kub. m

Sotish hajmi

jami

shu jumladan

naturada ifodalangan sotish hajmi

(t, kub. m)

pulda ifodalangan sotish hajmi (so’m)

o’rtacha sotish bahosi

(060-ustun / 050-ustun)

sotish uchun

o’z ehtiyoji uchun

010

020

030

040

050

060

070

Neft va

kondensati




52898. 0

52898. 0

-

52255. 85

7440022. 3

142. 38

Тabiiy gaz

1109017. 5

1109017. 5

-

1061250. 1

36268769. 0

34. 18



Тayyor mahsulotlar nomi

O’z ehtiyoji uchun ishlatilgan tayyor mahsulotning tannarxi

Soliq solinadigan baza

Jami

shu jumladan

realizatsiya

qilish uchun

o’z ehtiyoji

uchun




080

090

100

110

Neft va

kondensati



-

7331452. 69

7331452. 69

-

Тabiiy gaz

-

37901238. 66

37901238. 66

-

Yer qa’ridan foydalanuvchilar quyidagi soliqlar va maxsus to’lovlarni to’laydilarchilari bo’yicha alog’ida tekshiruvdvn o’tkazadi:



  • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;

  • qo’shimcha foyda solig’i;

  • bonus (imzoli va tijoratbop topilma bonuslar).

Auditor qo’shimcha foyda solig’ini tekshirishda quyidagilarga alohida e’tibor beradi:

  • ayrim foydali qazilmalarni (foydali komponentlarni) kavlab olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi yer qa’ridan foydalanuvchilar;

  • foydali qazilmalardan ishlab chiqariladigan ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar bo’yicha qo’shimcha foyda solig’ini tekshiradi.

D. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq auditi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni o’z faoliyatida suvdan foydalanuvchi huquqiy shaxslar to’laydilar. Bu soliqni tekshirishda soliq solish ob’ektining Soliq Kodeksining 258-moddasiga muvofiqligi aniqlanadi. So’ngra O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan amaldagi soliq stavkalar va Soliq Kodeksining 261-moddasiga muvofiq suv resurslaridan foydalanganlik uchun to’lanadigan soliq bo’yicha imtiyozlarning to’g’ri qo’llanilishi tekshiriladi. Auditor suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblab chiqarish tartibi va hisob-kitoblarni soliq organlariga taqdim etish va soliqni to’lash muddatlariga rioya qilinishiga alohida e’tibor qaratishi lozim.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq yuridik shaxslar tomonidan tasdiqlangan stavkalar bo’yicha soliq solinmaydigan suv xajmlarini hisobga olgan holda, olingan suvning xajmidan kelib chiqib hisoblanadi. .  Soliq bo’yicha hisob-kitoblar yil boshidan o’sib boruvchi yakunga hisobot oyidan keyingi oyning 15-kuniga qadar to’lanadi.  Yilning choragi davomida suv resurslaridan foydalanganlik uchun to’laydigan solig’ining umumiy summasi eng kam ish haqining ellik baravaridan kam bo’lgan yuridik shaxslar soliqni yilning xar choragida bir marta, yil choraklari bo’yicha moliyaviy hisobotlarni topshirish uchun belgilangan muddatlarda to’laydilar.  Soliq to’lovchilar (o’ishloo’ xo’jalik korxonalaridan tasho’ari) joriy yilning 15 yanvariga o’adar suvdan foydalanayotgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to’lagani hao’idagi bildirishnomani xar oyda yoki yilning xar choragida o’rnatilgan limitdan kelib chio’ib yohud suvni yetkazib berish bo’yicha shartnomaga muvofio’ ravishda yuboradilar.  O’ishloo’ xo’jalik korxonalari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq ni bir yilda bir marta — joriy yilning 15 dekabriga o’adar to’laydilar. Yuridik shaxslarning suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblarining buxgalterlik hisobi byudjetga qarzlar bo’yicha to’lovlar (turlari bo’yicha) schyotida olib boriladi.

Hisoblangan soliq summasi o’uyidagicha aks ettiriladi:

9400-«davr xarajatlari hisobi» schyotining debeti;

6410- «byudjetga qarzlar bo’yicha to’lovlar hisobi» schyotining krediti.

Byudjetga oid o’tkaziladigan soliq summasi o’uyidagicha aks ettiriladi:

6410- «byudjetga qarzlar bo’yicha to’lovlar hisobi» schyotining krediti;

5110- «pul vositalarining hisob» schyoti krediti.

Byudjet bilan hisob-kitoblar turlari bo’yicha alohida analitik hisob registrlarida aks ettirilib boriladi. Tekshirish natijalari auditorlik hisoboti va xulosasiga kiritiladi.


  1. Soddalashtirilgan soliqlar auditi.

A. Yagona soliq to’lovi auditi. 2005 yil 20 iyunda Prezidentning "Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi PF-3620-sonli Farmoni qabul qilindi. U kichik biznes sub’ektlarining faoliyat ko’rsatish shart-sharoitini yaxshilashga, ularni soliqqa tortishni soddalashtirishga yo’naltirilgan va asosiy masalalar tartibga solinadi:

1) soliq solishning soddalashtirilgan tizimi tarkibining o’zgarishi, birxillashtirilgan soliq to’lovining joriy etilishi;

2) joriy etilgan birxillashtirilgan soliq to’lovi to’lovchilari uchun imtiyozlar va qo’shimcha preferensiyalar berilishi.

Yagona soliq to’lovini to’lovchilar uning summasini soliq solinadigan baza va tasdiqlangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisob-kitob qiladilar.



Yagona soliq to’lovini audit o’tkazishdan maqsad belgilangan tartibda qonun xujjatlariga muvofiq tekshirilishi.

Yagona soliq to’lovini auditida belgilangan vazifalar:

  • Soliq hisobotlari bo’yicha sintetik va analitik schetlarning holati;

  • Soliq bazasini shakllantirish;

  • Daromad xarajatlarini aniqlash va hisobga olinmagansoliq bazasini aniqlashi;

  • Joriy soliq majburiyatlarini oldidagi qarzni buxgalteriya va soliq hisobotlarida aniqlash;

  • Yig’ilgan soliqlarning summasini buxgalteriya hisobotlaridan aniqlash;

  • Moliyaviy hisobot shakllarini klasifikatsiya qilib olish;

  • Тo’liq o’z vaqtida Yagona soliq to’lovini to’lanishini ta’minlash;

Asosiy normativ xujjatlar:

      • Soliq kodeksining boblarida auditorga taqdim etiladigan xujjatlar, korxona balansi (for№1), moliyaviy natajalar to’g’risida hisobot for №2, bosh daftar, oborot-saldo vedomosti, “hisob siyosati” bo’yicha tasdiqlangan buyruq, kichik biznes uchun tasdiqlagan soddalashtirilgan soliq hisobot shakllari, soliqlarni to’lash maqsadida buxgalteriya hisobining hisob registri, 6400 “Byudjet qarzdorligi”, yagona soliq to’lovini raschyotlari, boshlang’ich xujjatlar, soliqqa tortishdagi tasdiqlovchi xujjatlar

Yagona soliq to’lovini auditini o’tkazish bosqichlar uchga bo’linadi:

      • Тanishtiruvchi

      • Asosiy

      • Yakuniy

Тanishtiruvchi bosqich;

Yagona soliq to’lovi auditini o’tkazishdan maqsad sodir bo’lgan jarayonlarga Yagona soliq to’lovini to’g’ri hisoblash. Buning uchun auditor tomonidan quyidagi jarayonlarni amalga oshiradi:



  • Buxgalteriya va soliq hisobi tizimini baholash;

  • Auditorlik tavakkalchilikni baholash;

  • Mavjudlik darajasini aniqlash

  • Soliq ko’rsatkichlariga tegishli omillarni aniqlash;

  • Хujjatlarning aylanish, tahlil qilish

Yuqorida ko’rsatilgan xolatlar soliq ob’ektini aniqlaydi. Yagona soliq to’lovini auditini o’tkazishda ayrim jarayonlarni tahlil qilish zarur, yan’i audit tekshiruvini joriy o’tkazish davrida:

Soliq va hisobni yuritish metodologiyasini yangilash, soliq hisob-kitoblari uchun asosiy vositani qayta baholash va yangi xizmat ko’rsatish turlarini amaliyotga tadbiq etish. Buning uchun auditor quyidagi xujjatlarni boshlang’ich xujjatlarni olish zarur (ishlab chiqarish hisobotlari)



Asosiy bosqich;

Bu bosqichda asosiy soliq hisobi auditi amalga oshiriladi.

shuning uchun:


  • Yagona soliq to’lovining soliq bazasi to’g’ri aniqlanib baholanadi.

  • Korxonaning soliq qonunchiligi bo’yicha belgilangan normalarni tuzilishini to’liq tahlil asosida tekshiriladi.


Yagona soliq to’lovini auditini o’tkazish jarayonida quyidagi huquqbuzarliklar bo’lishi mumkin:

  1. Soliq bazasini to’g’ri shakllantirmaslik;

  2. Iqtisodiy xarajat tarkibiga belgilanmagan xarajatlarni kiritilishi;

  3. Soliq imtiyozlarini qoyidalarini buzish;

  4. SHakllantirilgan soliq to’lovlarini buzish xollari;

  5. Ichki nazoratning yo’qligi, yagona soliq to’lovini noto’g’ri hisoblanishi va boshq.

Yakuniy bosqich;

Auditorni yakuni bo’yicha tekshirish natijalarini xulosa qiladi va auditorlik hisobotini ish xujjatlar bilan auditor raxbariga topshirishadi.



B. Yagona yer solig’i auditi. Auditor yagona yer solig’i bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni tekshirishi uchun soliqning mohiyatini va uni tartibga soluvchi me’yoriy bazani bilishi zarur. Yagona yer solig’i yerdan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilari mehnatining pirovard natijalaridan iqtisodiy manfaatdorligini kuchaytirish va soliqqa tortish mexanizmini soddalashtirish uchun 1999 yilning 1-yanvaridan boshlab joriy qilingan.

Qishloq xujalik ishlab chiqarishini yuritishga egalik qilish va foydalanish uchun berilgan yoki ijaraga olingan yer maydonlari soliq ob’ekti bo’lib hisoblanadi.

Qishloq xo’jalik kooperativlari (shirkatlar), fermer xo’jaliklari va agrofirmalar yagona yer solig’ining to’lovchilaridir.

O’rmon, baliq va ovchilik xo’jaliklari, ilmiy-tekshirish tashkilotlari va ilmiy muassasalarning tajriba, eksperimental va o’quv-tajriba xo’jaliklari, huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lmagan yordamchi qishloq xo’jaligi hamda «Dehqon xo’jaliklari to’g’risida»gi qonunda ko’zda tutilgan soliqqa tortish shartlari saqlab qolingan dehqon xo’jaliklari yagona yer solig’i to’lamaydi.

Yagona yer solig’i O’zbekiston Respublikasining Prezidenti 1998 yilning 10 oktabrida qabul qilingan «Qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig’ini joriy etish to’g’risida»gi Farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 dekabridagi 539-sonli qaroriga asosan joriy qilingan. Soliqqa tortish maqsadida yerlar sug’oriladigan yerlar, lalmikor yerlar, o’tloq va yaylovlar, jamoat binolari va xonadonlar bilan band bo’lgan yerlar, suv havzalari, kanallar, kollektor va yo’llar bilan band bo’lgan yerlar hamda qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlarga bo’linadi. Har bir yer guruhi bo’yicha tegishli baza stavkalari va tuzatish koeffitsentlari qo’llaniladi.

Sug’oriladigan yerlar bo’yicha bali «0» don 10 gacha bo’lgan birinchi sinfga kiradigan yerning 1 gektari uchun absolyut summada belgilangan soliq stavkasi baza stavkasiga qabul qilingan. Baza stavkalari tuman va shaharlar bo’yicha belgilangan. Yer maydonlarining qayerda joylashganligiga, sifati (ball-boniteti) va suv bilan ta’minlanganligiga qarab baza stavkalari tegishli tuzatish koeffitsiyentlariga asosan o’zgartiriladi.

Lalmikor yerlar hamda o’tloq va yaylovlar uchun viloyatlar bo’yicha belgilangan baza stavkalari qo’llaniladi.

Jamoat binolari va xanodonlar, suv havzalari, kanallar, kollektor va yo’llar bilan band bo’lgan yerlar hamda qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlar bo’yicha tegishli tuman va shaharlarning sug’riladigan yerlarining birinchi sinfi uchun belgilangan stavkalar baza stavkasiga qabul qilingan.

Qishloq xo’jaligi uchun belgilangan yerlarning maydoni yer tuzish xizmati tomonidan olib boriladigan yerlarni hisobga olish va yerlar inventarizatsiyasining ma’lumotlari bilan qishloq xo’jalik ekinlari va yer maydonlarini o’lchash ma’lumotlari hamda maxsus loyihalash va qidiruv tashkilotlari olib borgan tekshirish ma’lumotlari balan tasdiqlanishi kerak.

Auditor qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilar soliqni hisoblash varaqasini soliq inspeksiyasiga joriy yilning 1-fevraligacha taqdim qiliganligini, shuningdek, soliq yilda uch marta to’langanligini aniqlashi lozim.

Yagona yer solig’ining hisoblangan summasi davr xarajatiga olib boriladi. Byudjet bilan olib boriladigan hisob-kitob 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik (turlari bo’yicha)» hisob schetining «Yagona yer solig’i» analitik schyotida olib boriladi. Hisoblangan soliqning summasi shu schyotning kreditidan 9439-«Boshqa operatsion xarajatlar» schetining debetiga olib boriladi.

- Yagona yer solig’ining to’lovchilari O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq soliqning to’g’ri hisoblanishi va o’z vaqtida to’lanishi uchun javogardirlar.



Yagona yer solig’ini audit o’tkazishdan maqsad belgilangan tartibda qonun xujjatlariga muvofiq tekshirilishi.

Yagona yer solig’ini auditida belgilangan vazifalar:

  • Soliq hisobotlari bo’yicha sintetik va analitik schetlarning holati;

  • Soliq bazasini shakllantirish;

  • Daromad xarajatlarini aniqlash va hisobga olinmagansoliq bazasini aniqlashi;

  • Joriy soliq majburiyatlarini oldidagi qarzni buxgalteriya va soliq hisobotlarida aniqlash;

  • Soliqlarning summasini buxgalteriya hisobotlaridan aniqlash;

  • Moliyaviy hisobot shakllarini klasifikatsiya qilib olish;

  • Тo’liq o’z vaqtida yagona yer solig’ini to’lanishini ta’minlash;

Asosiy normativ xujjatlar:

Soliq kodeksining boblarida auditorga taqdim etiladigan xujjatlar, korxona balansi (for№1), moliyaviy natajalar to’g’risida hisobot for №2, bosh daftar, oborot-saldo vedomosti, “hisob siyosati” bo’yicha tasdiqlangan buyruq, kichik biznes uchun tasdiqlagan soddalashtirilgan soliq hisobot shakllari, yer kadastri, soliqlarni to’lash maqsadida buxgalteriya hisobining hisob registri, 6400 “Byudjet qarzdorligi”, yagona yer solig’ini raschyotlari, boshlang’ich xujjatlar, soliqqa tortishdagi tasdiqlovchi xujjatlar.

Yagona yer solig’i auditini o’tkazishdan maqsad sodir bo’lgan jarayonlarga Yagona yer solig’ini to’g’ri hisoblash. Buning uchun auditor tomonidan quyidagi jarayonlarni amalga oshiradi:


  • Buxgalteriya va soliq hisobi tizimini baholash;

  • Auditorlik tavakkalchilikni baholash;

  • Mavjudlik darajasini aniqlash

  • Soliq ko’rsatkichlariga tegishli omillarni aniqlash;

  • Хujjatlarning aylanish, tahlil qilish

Yuqorida ko’rsatilgan xolatlar soliq ob’ektini aniqlaydi. Yagona yer solig’ini auditini o’tkazishda ayrim jarayonlarni tahlil qilish zarur, yan’i audit tekshiruvini joriy o’tkazish davrida:

Soliq va hisobni yuritish metodologiyasini yangilash, soliq hisob-kitoblari uchun asosiy vositani qayta baholash va yangi xizmat ko’rsatish turlarini amaliyotga tadbiq etish. Buning uchun auditor quyidagi xujjatlarni boshlang’ich xujjatlarni olish zarur (ishlab chiqarish hisobotlari)



Asosiy bosqich;

Bu bosqichda asosiy soliq hisobi auditi amalga oshiriladi.

shuning uchun:


  • Yagona yer solig’i ning soliq bazasi to’g’ri aniqlanib baholanadi.

  • Korxonaning soliq qonunchiligi bo’yicha belgilangan normalarni tuzilishini to’liq tahlil asosida tekshiriladi.

Yagona yer solig’ini auditini o’tkazish jarayonida quyidagi huquqbuzarliklar bo’lishi mumkin:

  • Soliq bazasini to’g’ri shakllantirmaslik;

  • Yer maydonining hajming noto’g’ri hisoblanishi;

  • Soliq imtiyozlarini qoyidalarini buzish;

  • SHakllantirilgan soliq to’lovlarini buzish xollari;

  • Ichki nazoratning yo’qligi, yagona yer solig’ini noto’g’ri hisoblanishi va boshq.

Yakuniy bosqichda auditorni yakuni bo’yicha tekshirish natijalarini xulosa qiladi va auditorlik hisobotini ish xujjatlar bilan auditor raxbariga topshirishadi.
S. Тadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq auditi. Qat’iy belgilangan soliqni to’lovchilar bo’lib faoliyatning ayrim turlarini tavsiflovchi fizik ko’rsatkichlardan kelib chiqqan holda soliq solinadigan ayrim faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar hisoblanadi.

Qat’iy belgilangan soliq solinadigan faoliyat turlarining ro’yxati, shuningdek faoliyatning mazkur turlarini tavsiflovchi fizik ko’rsatkichlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Qat’iy belgilangan soliq to’lash tatbiq etiladigan faoliyat bilan bir qatorda faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faoliyatning mazkur turlari bo’yicha alohida-alohida hisob yuritishlari va umumbelgilangan yoki ushbu bo’limda belgilangan soliqlarni to’lashlari shart.

Qat’iy belgilangan soliq belgilangan faoliyat turini tavsiflovchi fizik ko’rsatkich soliq solinadigan ob’ekt hisoblanadi. Soliq solinadigan baza fizik ko’rsatkichlarning sonidan kelib chiqib, soliq summasi soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Qat’iy belgilangan soliq hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga:


  1. yangi tashkil qilinayotgan (boshlovchi) soliq to’lovchilar tomonidan – davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan e’tiboran o’n kundan kechiktirmay;

  2. faoliyat yuritayotgan soliq to’lovchilar tomonidan – hisobot yilining
    15 yanvarigacha taqdim etiladi.

Soliq solish ob’ekti va ish haqining eng kam miqdori o’zgargan taqdirda, soliq to’lovchilar aniqlik kiritilgan hisob-kitobni navbatdagi to’lovni to’lash muddatidan kechiktirmay taqdim etishlari shart.

Auditor qat’iy belgilangan soliqni yuridik shaxslar tomonidan – har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay to’laganligini tekshirish lozim.



Qat’iy belgilangan soliqni audit o’tkazishdan maqsad belgilangan tartibda qonun xujjatlariga muvofiq tekshirilishi.

Qat’iy belgilangan soliqni auditida belgilangan vazifalar:

  • Soliq hisobotlari bo’yicha sintetik va analitik schetlarning holati;

  • Soliq bazasini shakllantirish;

  • Daromad xarajatlarini aniqlash va hisobga olinmagansoliq bazasini aniqlashi;

  • Joriy soliq majburiyatlarini oldidagi qarzni buxgalteriya va soliq hisobotlarida aniqlash;

  • Soliqlarning summasini buxgalteriya hisobotlaridan aniqlash;

  • Moliyaviy hisobot shakllarini klasifikatsiya qilib olish;

  • Тo’liq o’z vaqtida qat’iy belgilangan soliqni to’lanishini ta’minlash;

Asosiy normativ xujjatlar:

      • Soliq kodeksining boblarida auditorga taqdim etiladigan xujjatlar, korxona balansi (for№1), moliyaviy natajalar to’g’risida hisobot for №2, bosh daftar, oborot-saldo vedomosti, “hisob siyosati” bo’yicha tasdiqlangan buyruq, kichik biznes uchun tasdiqlagan soddalashtirilgan soliq hisobot shakllari, soliqlarni to’lash maqsadida buxgalteriya hisobining hisob registri, 6400 “Byudjet qarzdorligi”, Qat’iy belgilangan soliqni raschyotlari, boshlang’ich xujjatlar, soliqqa tortishdagi tasdiqlovchi xujjatlar

Тanishtiruvchi bosqichda;

Qat’iy belgilangan soliq auditini o’tkazishdan maqsad sodir bo’lgan jarayonlarga Qat’iy belgilangan soliqni to’g’ri hisoblash. Buning uchun auditor tomonidan quyidagi jarayonlarni amalga oshiradi:



  • Buxgalteriya va soliq hisobi tizimini baholash;

  • Auditorlik tavakkalchilikni baholash;

  • Mavjudlik darajasini aniqlash

  • Soliq ko’rsatkichlariga tegishli omillarni aniqlash;

  • Хujjatlarning aylanish, tahlil qilish

Yuqorida ko’rsatilgan xolatlar soliq ob’ektini aniqlaydi. Qat’iy belgilangan soliqni auditini o’tkazishda ayrim jarayonlarni tahlil qilish zarur.
Yuridik shaxslar uchun qat’iy belgilangan soliq hisob-kitobi



Faoliyat turi

Fizik ko’rsatkichlar

Qat’iy belgilangan soliq stavkasi (eng kam ish haqiga nisbatan karra miqdorida)

Eng kam ish haqi miqdori

Korxona ma’lumot-lari bo’yicha

Auditor ma’lu-motlari bo’yicha

Far-qi

(+;-)

o’lchov birligi

jihozlangan joylar soni (birligi), egallangan maydon

Avtotran-sport vositalarini qisqa muddat saqlash joylari


kv. metr

58. 0

0. 1

45215

262247

262247




Bolalar o’yin avtomatlari


Birlik

da


8

3. 0

45215

1085160

1085160



Soliq va hisobni yuritish metodologiyasini yangilash, soliq hisob-kitoblari uchun asosiy vositani qayta baholash va yangi xizmat ko’rsatish turlarini amaliyotga tadbiq etish. Buning uchun auditor quyidagi xujjatlarni boshlang’ich xujjatlarni olish zarur (ishlab chiqarish hisobotlari)



Asosiy bosqich;

Bu bosqichda asosiy soliq hisobi auditi amalga oshiriladi.

shuning uchun:


  • Qat’iy belgilangan soliq ning soliq bazasi to’g’ri aniqlanib baholanadi.

  • Korxonaning soliq qonunchiligi bo’yicha belgilangan normalarni tuzilishini to’liq tahlil asosida tekshiriladi.

Qat’iy belgilangan soliqni auditini o’tkazish jarayonida quyidagi huquqbuzarliklar bo’lishi mumkin:

  • Soliq bazasini to’g’ri shakllantirmaslik;

  • fizik ko’rsatkichlarning soni noto’g’ri hisoblanishi;

  • Soliq imtiyozlarini qoyidalarini buzish;

  • SHakllantirilgan soliq to’lovlarini buzish xollari;

  • Ichki nazoratning yo’qligi, Qat’iy belgilangan soliqni noto’g’ri hisoblanishi va boshq.

Yakuniy bosqichda auditorni yakuni bo’yicha tekshirish natijalarini xulosa qiladi va auditorlik hisobotini ish xujjatlar bilan auditor raxbariga topshirishadi.


  1. Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lanadigan majburiy to’lovlar auditi.

Byudjetdan tashqari jamg’armalar – umumdavlat moliyasining muhim bo’g’ini bo’lib, ularning faoliyati qat’iy belgilangan, manbalarni tashkil etish yo’llari ko’rsatilgan. Pul jamg’armalari bilan foydalanish yo’llarining tartibi aniqlab berilgan, davlat hukumatining yuqori organlarini tegishli aktlari asosida o’z faoliyatini amalga oshiradilar. Byudjetdan tashqari jamg’armalar o’z maqsadlari yo’nalishi bo’yicha iqtisodiy va ijtimoiyga bo’linadi. Boshqarish darajasi bo’yicha esa davlat va mahalliy jamg’armalarga bo’linadi.

Byudjetdan tashqari jamg’armalarni tashkil etilishining muvofiqligini ta’minlovchi yana bir muhim faktor – bu byudjet taqchilligidir. shuning uchun byudjetdan tashqari jamg’armalar: Investitsiya jamg’armasi, Trast jamg’armalari, Pensiya jamg’armasinining shakllanish jarayonini, to’lovlarni amalga oshirilish tartibining me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini tekshirish zaruriyati tug’iladi. CHunki byudjet mablag’laridan foydalanishni hukumat organlari qonun asosida qat’iy tasdiqlab bersa, byudjetdan tashqari jamg’armalar esa ijroiya organlari orqali belgilanadi. Qonun asosida tasdiqlangan byudjet parlament tomonidan nazorat qilinadi, byudjetdan tashqari jamg’armalar esa qonun chiqaruvchi organlar tomonidan nazorat qilinmaydi. Bu esa auditorlik tekshiruvining ahamiyatini oshiradi.



Ijtimoiy sug’urta va ta’minotga doir hisob-kitoblarni

tekshirish ketma-ketligi.

Buxgalteriya balansi (1-shakl)

Bosh daftar

4510-«Sug’urta bo’yicha bo’nak to’lovlar» 4550-«Majburiy to’lovlar bo’yicha bo’naklar» va 6520 –«Ijtimoiy sug’urta bo’yicha to’lovlar» schyotlarining qoldiqlari.

4550 va 6520 schyotlar bo’yicha sintetik va analitik hisob registrlaridagi qoldiqlar

Ijtimoiy sug’urta va ta’minot jamg’armalariga to’lanadigan sug’urta badallari bo’yicha hisob-kitob vedomostlari – tegishli jamg’armalar bo’yicha hisobot davrining oxiriga qarz qoldiqlarining summasi.


Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lanadigan majburiy to’lovlar va ularni tekshirishda quyidagilarni bilish mumkin;

  • Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lanadigan majburiy to’lovlar auditini maqsad va vazifalari aniqlash,

  • Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lanadigan majburiy to’lovlar auditini o’tkazishda mavjud bo’lgan asosiy xujjatlar

  • Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lanadigan majburiy to’lovlar auditiniishini tekshirishdagi ketma-ketlik,

  • Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lanadigan majburiy to’lovlar auditini o’tkazishi jarayonida aniqlangan xuquqbuzarliklarning turlari,

  • Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lanadigan majburiy to’lovlar tekshirishdan maqsad qonunda belgilangan talabalar asosida amalga oshiriladi.

Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lanadigan majburiy to’lovlar auditi qilishda quydagilardan boholash mumkin:

  • Soliqlar bo’yicha sintetik va analitik hisob tizimi;

  • Soliq bazasini shakllantirish va noqonuniy to’lovlarni yo’qligi;

  • Yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha belgilangan summani to’lanmasligi;

  • Soliq majburiyatlarini byudjet buxgalteriya va soliq hisobotlarida ko’rsatish

  • Soliq bazasini shakllantirish jarayonida soliq qonunchiligiga rioya qilish.

  • Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’liq o’z vaqtida majburiy to’lovlarni to’lash.

Auditor byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga to’lovlarning amalga oshirilishini tekshirganda pensiya jamg’armasining shakllanish manbalari hamda belgilangan foiz stavkalarining to’g’ri hisoblanganligiga alohida e’tibor qaratishi lozim. Auditorlik tekshirishi jarayonida byudjetdan tashqari jamg’armalarga tushumlarning qonuniyligi, amaldagi me’yoriy - huquqiy hujjatlarga mos kelishi tekshiriladi.

Sug’urta badallarining hisoblash ijtimoiy sug’urta joriy qilingan ishlovchilarini barcha kategoriyalarini ish haqi jamg’armasiga belgilangan tarifdan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Bundan tashqari auditorlik tekshiruvi jarayonida quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: to’lanishi lozim bo’lgan badallarning hisoblab yozilishi uchun soliqqa tortish bazasining to’g’ri aniqlanganligini; badallarning pensiya jamg’armasiga o’z vaqtida hisoblab o’tkazilayotganligiga; badallarning jamg’armalarga hisoblab yozilishi va o’tkazilishi hisobi to’g’ri yuritilayotganligiga; analitik hisob ma’lumotlarining 6520 – “Davlat maqsadli jamg’armalarga majburiy ajratmalar bo’yicha qarzdorlik” schyot ma’lumotlariga muvofiqligiga.

Audit o’tkazish manbalari bo’lib hisob-kitob qaydnomalari, to’lov qaydnomalari, kassa chiqim orderlari, bank ko’chirmalari, joriy oy uchun ichki balans hisoblashishlarni hisobga olish qaydnomasi, to’lov topshiriqnomalari, 10-sonli jurnal order, Bosh daftar kabilar hisoblanadi.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq sug’urta qildiruvchilar hisoblangan sug’urta badallarini naqd pulsiz hisob-kitoblar shaklida tegishli summalarini o’zlarining bank muassasalaridagi joriy hisobvaraqlaridan pensiya jamg’armasi bo’limlari hisovaraqlariga o’tkazish yo’li bilan to’laydilar. Bunda pensiya jamg’armasiga byudjetdan mablag’ bilan ta’minlanadigan tashkilotlar badallarini oyda bir marta oyning ikkinchi yarmi uchun ish haqini to’lash uchun belgilangan muddatda to’lashi lozim.

Tekshirish chog’ida auditor jamg’armalarga to’lovlar bo’yicha sodir bo’ladigan quyidagi muomalalarni to’g’riligini tekshirishi lozim:

1)Pensiya jamg’armasiga tegishli bo’lgan va mahsulot tannarxiga kiritiladigan summalarni, shu jumladan soliqlarni, to’lovlarni va hokazolarni aks ettirish:

Debet 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”, 9410 “Sotish xarajatlari” schyotlari

Kredit 6520 “Davlat maqsadli jamg’armalarga majburiy ajratmalar bo’yicha qarzdorlik”” schyoti.

2) Tijorat xarajatlariga, hamda muomala chiqimlari (savdoda) hisobiga kiradigan, pensiya jamg’armasiga hisoblangan badallar summasini aks ettirish:

Debet 9410 “Sotish xarajatlari” schyoti

Kredit 6520 “Davlat maqsadli jamg’armalarga majburiy ajratmalar bo’yicha qarzdorlik”schyoti.

3) Pensiya jamg’armasiga to’lanadigan badallar, mahsulot, xizmat ko’rsatuvchi bo’linmalar va xo’jaliklarning bajargan ishlari va ko’rsatgan xizmatlari xarajatlariga qo’shiladigan, hamda kelgusi davr xarajatlarining tarkibida hisobga olinadigan summalarning aks ettirilishi:

Debet 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”, 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”, 3190 “Boshqa oldindan to’lanadigan xarajatlar” schyotlari

Kredit 6520 “Pensiya jamg’armasiga to’lovlar bo’yicha hisob - kitoblar” schyoti.

4) Oldindan hisoblangan ajratmalarning summalarini Pensiya jamg’armasiga o’tkazish:Debet 6520 “Davlat maqsadli jamg’armalarga majburiy ajratmalar bo’yicha qarzdorlik”schyoti. Kredit 5110 “Hisob -kitob” schyoti

Auditor shunga e’tibor berish kerakki, penya badallarini to’lash mudati o’tgan kundan keyingi kundan boshlab, to’lov kunini ham qo’shib hisoblanadi. Masalan, agar badallar 5 mayda to’lanishi kerak bo’lsayu, 15 mayda to’langan bo’lsa penya 10 kun (6 maydan 15 maygacha) uchun hisoblanadi.

To’lov muddati dam olish yoki bayram kunga to’g’ri kelsa penya dam olish yoki bayram kunidan keyingi 2chi ish kunidan hisoblanadi.

Ijtimoiy sug’urta va ta’minot jamg’armalariga to’lovlar hisoblanishi hamda to’lanishini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda quyidagilar bajariladi:


  • har bir jamg’arma turi bo’yicha va sug’urta turi bo’yicha to’lov (badal) hisoblash uchun qabul qilingan bazaning ishonchliligini aniqlash;

  • tegishli jamg’armalar bo’yicha sug’urta badallari stavkalarini qo’llashning to’g’riligini tekshirish;

  • hisoblashlarni tekshirish;

  • sug’urta badallarini hisoblash manbalarini tekshirish.

Ma’lumotlarda tafovutlar bo’lgan hollarda jamg’armalar va debet yoki kredit oborotlari tekshirilib, tafovutlar ko’lami aniqlanadi. Keyinchalik ushbu tafovutlarning sabablari aniqlashtirilishi lozim.

Moliyalashtirish manbaidan qat’iy nazar barcha asoslar bo’yicha xodimlar foydasiga hisoblangan, pul va (yoki) natura shakldagi to’lovlarning barcha turlari ushbu jamg’armalarga sug’urta badallarini hisoblash uchun ob’ekt bo’lib hisoblanadi.

Sug’urta badallarini hisoblash uchun qo’llaniladigan bazaning ishonchliligini tekshirishda quyidagilarni bajarish zarur:


  • hisobot davrida hisoblangan va to’langan mehnat haqi hamda boshqa to’lovlar turlarini aniqlash;

  • haqiqatda sug’urta badallari hisoblangan to’lovlar turlarini, tegishli ijtimoiy sug’urta jamg’armasiga sug’urta badallari hisoblanmaydigan to’lovlar ro’yxatiga muvofiq ular hisoblanishi yoki hisoblanmasligi lozim bo’lgan to’lov turlari bilan taqqoslash;

  • tegishli jamg’armalar bo’yicha sug’urta badallarining to’liq to’lanmagan (yoki oshiqcha to’langan) miqdorini aniqlash.

Oldin hisoblanmasdan, korxona kassasidan berilgan har xil to’lovlarni (moddiy yordam, mukofot) maxsus e’tibor bilan tekshirish kerak.

Ma’lumotlarda tafovutlar bo’lgan hollarda jamg’armalar va debet yoki kredit oborotlari tekshirilib, tafovutlar ko’lami aniqlanadi. Keyinchalik ushbu tafovutlarning sabablari aniqlashtirilishi lozim.

Moliyalashtirish manbaidan qat’iy nazar barcha asoslar bo’yicha xodimlar foydasiga hisoblangan, pul va (yoki) natura shakldagi to’lovlarning barcha turlari ushbu jamg’armalarga sug’urta badallarini hisoblash uchun ob’ekt bo’lib hisoblanadi.

Sug’urta badallarini hisoblash uchun qo’llaniladigan bazaning ishonchliligini tekshirishda quyidagilarni bajarish zarur:



  • hisobot davrida hisoblangan va to’langan mehnat haqi hamda boshqa to’lovlar turlarini aniqlash;

  • haqiqatda sug’urta badallari hisoblangan to’lovlar turlarini, tegishli ijtimoiy sug’urta jamg’armasiga sug’urta badallari hisoblanmaydigan to’lovlar ro’yxatiga muvofiq ular hisoblanishi yoki hisoblanmasligi lozim bo’lgan to’lov turlari bilan taqqoslash;

  • tegishli jamg’armalar bo’yicha sug’urta badallarining to’liq to’lanmagan (yoki oshiqcha to’langan) miqdorini aniqlash.

Bizning fikrimizcha, auditor yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirishda kasaba uyushmasi qo’mitasi a’zolarini ham jalb qilishi maqsadga muvofiq.

shuningdek, oldin hisoblanmasdan, korxona kassasidan berilgan har xil to’lovlarni (moddiy yordam, mukofot) maxsus e’tibor bilan tekshirish kerak.

So’ngra hisoblangan va to’langan sug’urta badallarining hisobda to’g’ri aks ettirilishini aniqlash zarur. Bunda xodimlarga to’langan to’lovlarning sug’urta badallarini hisoblash moliyalashtirish manbasi hisobidan aks ettirilayotganligiga e’tibor qaratiladi. Тekshiruv natijalari ishchi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.

Тekshiruv yakunida auditor aniqlangan tafovutlarning hisobot ko’rsatkichlariga (tannarx va moliyaviy natijaga, ijtimoiy sug’urta va ta’minot bo’yicha qarzlar miqdoriga), muhimliklik darajasini hisobga olgan holda, qanday ta’sir ko’rsatishini aniqlaydi.

So’ngra hisoblangan va to’langan sug’urta badallarining hisobda to’g’ri aks ettirilishini aniqlash zarur. Bunda xodimlarga to’langan to’lovlarning sug’urta badallarini hisoblash moliyalashtirish manbasi hisobidan aks ettirilayotganligiga e’tibor qaratiladi. Тekshiruv natijalari ishchi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.

Тekshiruv yakunida auditor aniqlangan tafovutlarning hisobot ko’rsatkichlariga (tannarx va moliyaviy natijaga, ijtimoiy sug’urta va ta’minot bo’yicha qarzlar miqdoriga), jiddiyliklik darajasini hisobga olgan holda, qanday ta’sir ko’rsatishini aniqlaydi.

Auditor shunga e’tibor berishi kerakki, sug’urta badallari quyidagi turdagi to’lovlarga hisoblanmaydi: foydalanmagan ta’til uchun kompensatsiyalar; ishdan bo’shash chog’idagi chiqish pensiyasi; moddiy yordam ko’rinishida beriladigan pul pensiyalarini har xil turlariga; kompensatsiya to’lovlariga; bepul ovqatlar qiymatlariga;tovon to’lovlarini (xizmat safari bo’yicha sutkalik pullari va sutkalik pullar o’rniga to’lovlar, mehnatchilarga ularning ishi bilan bog’liq holdagi shikasitlanishi yoki salomatligiga boshqacha zarar yetganligi natijasida ko’rilgan zararni qoplash to’lovlari) va boshqalarga; berilgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyafzal va boshqa himoya vositalari, sovun, sut va davolash-profilaktika ovqatlar qiymati; tushlik ovqatlar uchun dotatsiyalar, sanatoriy-kurortlarda davolanish, dam olish uylariga yo’llanmalar qiymati, statsionarlarda va ambulatoriyalarda davolanish uchun haq to’lash; boshqa joyga ishga o’tishdan yoki ko’chib o’tishdan yo’lda yurish, mulkni tashishga doir xarajatlarning qoplanishi; doimiy ishi yo’lda o’tadigan yoki yo’lda yurish tusiga ega bo’lgan yoxud xizmat safarlari bilan bog’liq hollarda sutkalik pullarni o’rniga ish haqiga qo’shimchalar va ustamalar; ish haqi jamg’armasidan amalga oshiriladigan yubiley sanalari, tug’ilgan kunlar munosabati bilan uzoq muddatli, benuqson mehnat faoliyati, faol ijtimoiy ishi uchun va boshqa shunga o’xshagan hollarda beriladigan rag’batlantirish to’lovlari (mukofotlar); musobaqalarda, ko’riklar, tanlovlar va shu kabilarda yutuqli o’rinlar uchun beriladigan pul mukofotlari; korxona va tashkilotlar ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qish uchun yuborilgan o’quvchilargan to’lanadigan stipendiyalar;davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha pensiyalar, ijtimoiy pensiyalar, pensiyalar.

Tekshiruv chog’ida auditor hisob-kitob qaydnomalari, to’lov qaydnomalari, kassa chiqim orderlari, bank ko’chirmalari, joriy oy uchun ichki balans hisoblashishlar, hisobga olish qaydnomasi, to’lov topshiriqnomalari, 10-sonli jurnal order, Bosh daftardan manba sifatida foydalanishi mumkin.


BILIMLARNI CHUQURLASHТIRISH UCHUN SAVOLLAR:


  1. Byudjetga to’lanadigan soliqlarni hisobga olish uchun buxgalteriya hisobida qaysi schyotlar tayinlangan?

  2. Byudjetga to’lanadigan summalarni solishtirish dalolatnomasi qanday amalga oshiriladi?

  3. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini to’lash qanday tekshiriladi?

  4. Foyda solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini to’lash qanday tekshiriladi?

  5. Aksiz va qo’shilgan qiymat soliqlarini to’g’ri hisoblanishi va byudjetga to’langanligini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish ?

  6. Aksiz solig’ini to’lash qanday tekshiriladi?

  7. Qo’shilgan qiymat soliqsolig’ini to’lash qanday tekshiriladi?

  8. Mol-mulk solig’ini solig’ini to’lash qanday tekshiriladi?

  9. Yer solig’i solig’ini to’lash qanday tekshiriladi?

  10. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun solig’ini to’lash qanday tekshiriladi?

  11. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun solig’ini to’lash qanday tekshiriladi?

  12. Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun hisob yuritishning soddalashtirilgan tizimida faoliyat yuritishi uchun ularning o’rtacha yillik ishchilar sonining belgilangan tartiblarga, faoliyat turiga mos kelishini tekshirish.

  13. Hisob yuritishning soddalashtirilgan tizimi talablar bo’yicha buxgalteriya hisobini tashkil etilganligini tekshirish.

  14. Soliq imtiyozlarini, xususan maqsadli soliq imtiyozlarini to’g’ri qo’llanganligini tekshirish.

  15. Yalpi tushumni to’liq aks ettirilganligi va yagona soliq to’lovini bo’yicha taqdim etilgan hisob-kitoblar, hamda to’langan summalarning to’g’ri amalga oshirilganligini tekshirish.

  16. Sotilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning haqiqatdagi hajmidan byudjetdan tashqari davlatmaqsadli jamg’armalarga majburiy ajratmalarni to’g’ri hisoblanganligi, avans to’lovlari hamda to’langan summalarning mos kelishini tekshirish tartibini tushuntirib bering.


13-MAVZU: KORХONA ХUSUSIY KAPIТALI AUDIТI
REJA:

1. Ustav kapitalini tekshirishning maqsad va vazifalari.

2. Тa’sis hujjatlarini tekshirish.

3. Dastlabki hujjatlarni tekshirish.

4. Sintetik va analitik hisob registrlarini tekshirish.

5. Qo’shilgan kapitalni tekshirish.

6. Zahira kapitalini tekshirish.
Тayanch iboralar:

(Ustav kapitali, passivlar, ta’sischilar, foyda, qo’shilgan kapital, zahira kapitali, milliy stanlartlar, audit rejasi, audit dasturi)
1. Ustav kapitalini tekshirishning maqsad va vazifalari.

Korxona ustav kapitali uning ustavi va ta’sis shartnomasiga muvofiq qoidaga ko’ra, ta’sischilarning hissalari hisobiga barpo etiladi. U korxonaning xo’jalik faoliyatidan olinadigan foydasi hisobiga, zarur bo’lganda ta’sischilarning maqsadli badallari hisobiga ham to’ldirilishi mumkin.

Korxona ustav kapitaliga hissa sifatida binolar, inshootlar, qurilmalar va boshqa moddiy qiymatliklar: yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari, shuningdek, boshqa mulkiy huquqlar (shu jumladan, kashfiyotlardan foydalanish uchun, «nou xau» va boshqa nomoddiy aktivlar); qo’shma korxona ishtirokchi davlatlarining valyutalaridagi erkin ayirboshlanadigan valyutalarda pul mablag’lari qo’shilishlari mumkin.

Ustav kapitalini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan maqsad, ustav kapitalining holati aks ettiriladigan moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligi, hamda uni hisobga olish uslubiyotining me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to’g’risida fikr shakllantirishdan iborat.

Тekshiruvni korxona yuridik maqomini va ustavida belgilangan faoliyat turlarini, ta’sischilar va ular ulushlarining tarkibi hamda summasini, ustav kapitalining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun yetarliligini aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiq.

Тa’sis hujjatlari, ustav kapitalini shakllantirishga doir dastlabki hujjatlar, hisob registrlari va hisobot ma’lumotlarini tekshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:



  • ta’sis hujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi) mavjudligi, shakllari va to’g’ri rasmiylashtirilganligi;

  • ta’sis hujjatlari mazmunining amaldagi qonunchilak va me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi;

  • ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga to’liq va o’z vaqtida qo’shilishi;

  • ta’sischilar mulk shaklida qo’shadigan ulushlarining to’g’ri baholanishini tekshirish;

  • ustavda ko’rsatilgan faoliyat turlarining qonuniyligini tekshirish;

  • ustav kapitali hajmining ta’sis hujjatlari va O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi;

  • ustav kapitalining to’liq va to’g’ri shakllantirilganligi;

  • ta’sischilarning ustav kapitaliga o’z ulushlarini qo’shish bo’yicha yakuniy hisob-kitoblar uchun qonunda belgilangan muddatlarga rioya qilinishi;

  • ustav kapitalini shakllantirishga doir muomalalarning buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish;

  • ustav kapitaliga ulushlarning haqiqatan ham qo’shilganligini aniqlash;

  • ustav kapitali hajmi o’zgarishining asosliligi, ustav va ta’sis shartnomasining qayta ro’yxatdan o’tkazilganligini hamda bu haqda tegishli hisob registrlari va hisobotda aks ettirilganligi.

Ushbu vazifalarni bajarish uchun quyidagi ma’lumot manbalari tahlil qilinadi:

  • korxonaning huquqiy maqomini, ustav kapitalini shakllantirish va hisobga olish masalalarini tartibga soladigan asosiy qonun hujjatlari va yo’riqnomalari;

  • ta’sis hujjatlari (notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav va ta’sis shartnomasi);

  • moliyaviy, statistik va boshqa tegishli hisobotlar;

  • ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha muomalalar hisobga olingan dastlabki hujjatlar, analitik va sintetik hisob registrlari;

Me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik masalasini tekshirish uchun ustav kapitalini shakllantirish va hisobga olish qoidalarini o’zida mujassamlashtirgan me’yoriy hujjatlar to’plami zarur. Bunday to’plam tekshirilayotgan korxonaning o’ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
2. Тa’sis hujjatlarini tekshirish.

Auditor ta’sis hujjatlarini tekshirishda quyidagilarni aniqlaydi:



  • ta’sis hujjatlarida qanday faoliyat turlari ko’zda tutilgan;

  • haqiqatda amalga oshirayotgan faoliyat turlarining ta’sis hujjatlariga muvofiqligi;

  • O’zbekiston Respublikasining «Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash to’g’risida»gi qonuniga muvofiq litsenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat turlari va litsenziyalarning mavjudligi.

Litsenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat turlari bo’yicha litsenziyalar mavjudligi va ularning amal qilish muddatlari tekshiriladi. CHunki, korxona bunday faoliyat turlari bilan shug’ullanish huquqiga litsenziya olingan yoki unda ko’rsatilgan vaqtdan boshlab ega bo’ladi va ushbu huquq litsenziya amal qilish muddati o’tishi bilan to’xtatiladi. Тegishli litsenziyalarga ega bo’lmasdan amalga oshirilgan faoliyat turlari noqonuniy hisoblanadi. Agar korxona bitta ta’sischi tomonidan tashkil etilgan bo’lsa, bunda u mazkur ta’sischi tomonidan tasdiqlangan, tegishli hoqimiyat organidan ro’yxatdan o’tgan va notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav asosida faoliyat ko’rsatadi. Тa’sis hujjatlari bilan tanishish auditorga mulk egasi kim ekanligini va kimning manfaati uchun tekshiruv o’tkazilayotganligini aniqlashga imkon beradi.

Agar korxona bir necha ta’sischilar tomonidan tashkil etilgan bo’lsa, u holda ta’sis shartnomasi tuzilishi lozim, ustav esa ta’sischilar tomonidan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) barcha ta’sischilar tomonidan imzolangan ta’sis shartnomasi va ustav asosida tashkil etiladi va faoliyat ko’rsatadi.

Auditor tegishli ta’sis hujjatlarining mavjudligini va ularni tasdiqlash hamda davlat ro’yxatidan o’tkazish qoidalariga rioya qilinishini aniqlaydi. Korxona ta’sischilar tomonidan uni tashkil etish to’g’risidagi qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab emas, balki davlat ro’yxatidan o’tgan kundan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan deb hisoblanadi. SHu boisdan, davlat ro’yxatidan o’tganlik to’g’risidagi guvohnomaning mavjudligini, agar ta’sis hujjatlariga o’zgartirishlar kiritilgan bo’lsa, qayta ro’yxatdan o’tkazilganligini tekshirish lozim.

Auditor ta’sis shartnomasi bilan tanishishda, unda qanday shartlar keltirilganligini aniqlaydi. Jumladan:



  • mulklarni ulush sifatida qo’shish (topshirish)

  • faoliyatda ishtirok etish;

  • foyda va zararlarni ta’sischilar o’rtasida taqsimlash;

  • korxona faoliyatini boshqarish va unda ta’sischilarning ishtiroki;

  • ta’sischilarning korxonadan chiqishi.

Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) ta’sis shartnomasida yuqorida sanab o’tilgan ma’lumotlardan tashqari quyidagi shartlar ham bo’lishi lozim:

  • ustav kapitalining tarkibi va hajmi to’g’risida;

  • har bir ta’sischi ulushining hajmi va uni o’zgartirish tartibi;

  • ta’sischilar ulushlarining tarkibi, hajmi va topshirish muddatlari;

  • ulushlarni qo’shishga doir majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik;

  • ta’sischilar tomonidan qo’shiladigan ulushlarning jami summasi.

Auditor korxona ustavi bilan tanishish chog’ida unda quyidagilar ko’rsatilganliini aniqlaydi:

  • korxonaning o’ziga xos hususiyatlari va tashkiliy-huquqiy shaklini ifodalaydigan nomi;

  • korxonaning davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan, joylashgan o’rni;

  • ustav kapitalining ko’lami va uning barcha ta’sischilar o’rtasida ulushlarga taqsimlanishi;

  • korxonaning maqsadi va faoliyat turlari;

  • ijro organlarini saylash yoki tayinlash tartibi;

  • korxona boshqaruv organining tarkibi va vakolatlari hamda ular tomonidan qaror qabul qilish tartibi;

  • dividendlar taqsimlash tartibi;

  • amaldagi qonunchilikda ko’zda tutilgani hamda ta’sischilar bilan kelishilgan, lekin qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa zarur masalalar. shuningdek, ta’sis hujjatlarini tekshirishda korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini e’tiborga olish zarur. Masalan, aksiyadorlik jamiyatining ta’sischilari tomonidan tasdiqlangan ustavida, ustav kapitalining ko’lami to’g’risidagi ma’lumotlar bilan birga jamiyat tomonidan chiqariladigan aksiyalarning toifalari, ularning nominal qiymati va miqdori, aksiyadorlarning huquqlari to’g’risidagi shartlar har xil bo’lishi lozim. Aksiyadorlik jamiyatining barcha aksiyalari bir aksiyador tomonidan sotib olinganda, aksiyadorlik jamiyatini bir kishi tashkil etgan hisoblanadi yoki bir aksiyadordan iborat bo’ladi. Bu holdagi ma’lumotlar aksiyadorlik jamiyati ustavida qayd qilingan, ro’yxatga olingan va hamma tanishishi uchun e’lon qilingan bo’lishi kerak.

Ishtirokchilar tarkibini tahlil qilishda, aksiyadorlik jamiyati va mas’uliyati cheklangan jamiyat yagona ishtirokchisi sifatida, bitta shaxsdan iborat xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’la olmasligiga e’tibor berishi kerak.

Aksiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda ham yuridik shaxslar, ham jismoniy shaxslar ta’sischi sifatida ishtirok etishlari mumkin.

Qo’shma korxona ustav kapitaliga o’zbekistonlik ishtirokchi tomonidan qo’shiladigan hissa xorijiy ishtirokchilar bilan kelishuvga ko’ra milliy valyutada qanday baholansa, kelishilgan baholar bo’yicha chet el valyutasida ham jahon bozoridagi bahoni hisobga olgan holda shunday baholanadi.

Хorijiy ishtirokchining hissasi ham shu tartibda qo’shma korxonani tashkil etish haqidagi shartnoma imzolangan kundagi yoki uning ishtirokchilari kelishgan boshqa sanaga amalda bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining rasmiy valyuta kursi bo’yicha so’mga hisoblab o’tkazish yo’li bilan baholanadi. Jahon bozori bahosi bo’lmaganda qo’shilayotgan mulklar qiymati ishtirokchilarning kelishuviga muvofiq aniqlanadi.


Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun qonunchilikda belgilangan mas’uliyatlar

Хo’jalik yurituvchi sub’ekt tashkiliy-huquqiy shakli

Qonun va unda belgilangan mas’uliyatlar

Qishloq xo’jalik kooperativlari (shirkat xo’jaliklari)

O’z. R. qonuni «Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risida»

Q/x kooperativi (sh/x) faoliyatining asosiy turi qishloq xo’jalik mahsuloti yetishtirishdir.

Q/x kooperativi (sh/x) qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish bilan bir qatorda kooperativning o’z hududida ham, shuningdek undan tashqari ham qishloq xo’jalik xom ashyosini qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlari, xalq iste’mol mollari, ishlab chiharishtexnika ahamiyatiga ega bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarish, savdosotiq, ta’mirlash va qurilish ishlari, yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko’rsatish, shuningdek qonunlarda ta’qiqlanma-gan boshqa faoliyat turlari baln shug’ullanishga haqli.

(32-modda)



Fermer xo’jaliklari

O’z. R. qonuni «Fermer xo’jaligi to’g’risida»

Fermer xo’jaligining mol-mulkiga egalik qilish undan foydalanish va uni tasarruf etish xo’jalik a’zolari tomonidan o’zaro kelishuv asosida amalga oshiriladi.

(20-modda)


Dehqon xo’jaliklari

O’z. R. qonuni «Dehqon xo’jaligi to’g’risida»

Dehqon xo’jaligining mol-mulkiga egalik qilish undan foydalanish va uni tasarruf etish xo’jalik a’zolari tomonidan o’zaro kelishuv asosida amalga oshiriladi.

(16-modda)


Ma’suliyat cheklangan jamiyatlar (MCHJ)

O’Z. R. qonuni «Хo’jalik jamiyatlari va shirkatlar to’g’risida»

MCHJ ta’sischilarning majburiyatlari bo’yicha javobgar hisoblanadi. Тa’sischilar MCHJ ustav kapitalidagi ulushlariga mutanosib majburiyatlari bo’yicha javobgardir.

(16-modda)


Aksiyadorlik jamiyatlari

O’zbekiston Respublikasi Qonuni «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning himoya qilish to’g’risida»

Тa’sis hujjatlarini tekshirishda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq har bir tashkiliy-huquqiy shakldagi xo’jalik yurituvchi sub’ekt uchun turli mas’uliyatlar belgilanishini inobatga olish zarur.

Korxona ta’sischilarining soni va ularning ustav kapitalidagi ulushini tekshirish chog’ida auditor ta’sischilarning eng ko’p soni va bir ta’sischining ustav kapitalidagi eng ko’p ulushi, hamda ustav kapitalining eng kam ko’lami tegishli yuridik shaxs uchun qo’llaniladigan Qonun bilan aniqlanadi. Masalan, «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari (OТAJ) ustav kapitalining eng kam miqdori jamiyat ro’yxatdan o’tkazilgan paytda qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan eng kam ish haqining ikki yuz baravar summasidan kam bo’lmasligi, yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari (YoТAJ) ustav kapitali esa jamiyat ro’yxatdan o’tkazilgan paytda qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan eng kam ish haqining yuz baravar summasidan kam bo’lmasligi kerak. (20-modda)

Ushbu talablarga rioya qilinishi korxonaning faoliyat ko’rsatishi, hamda kreditorlarning manfaatlarini huquqiy va iqtisodiy himoyalash shartlaridan biri hisoblanadi. Korxona sof aktivlari maqdorining uning utav kapitalidan oshib ketishi (yoki teng bo’lishi) to’g’risidagi majburiy talablarga rioya qilinishi shu maqsadlardagina tekshiriladi.

Korxonaning xususiy kapitalini tekshirish uchun zarur ma’lumotlar moliyaviy hisobotning quyidagi shakllarida aks ettiriladi:

Buxgalteriya balansida (OKUD bo’yicha 1-shakl):

Тa’sislarning ustav kapitaliga qo’shadigan ulushlari bo’yicha qarzlari – aktivdagi II-«Aylanma aktivlar» bo’limining «Тa’sischilar bilan hisoblashishilar» moddasi (4610-schyot) (280-satr);

Passivdagi I»O’z mablag’lari manbalari» bo’limida ustav kapitali (320 satr), qo’shilgan kapitali (330 satr), zahira kapitali (340 satr), taqsimlanmagan foyda (350 satr);

Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot (5-shakl) da

Хususiy kapitalning tarkibi bo’yicha : yil boshiga qoldig’i (010 satr 3, 4, 5, 6, 7, 8, -ustunlar), yil davomidagi o’zgarishi (020-070 satrlar) va yil oxiriga qoldig’i (080-satr).


3. Dastlabki hujjatlarni tekshirish.

Тa’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga qo’shilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga dalolatnomalar, nakladnoylar, bank ko’chirmalari, to’lov-topshiriqnomalari nusxalari, kassa kirim orderlarining kvitansiyalari va boshqa dastlabki hujjatlar misol bo’la oladi. Ustav kapitaliga ulush sifatida qo’shiladigan mulklarga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarga ko’chmas mulk, yer uchastkalari, transport vositalari, intellektual mulk va shunga o’xshashlarga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi guvohnomalar kiradi.

Тashkiliy hujjatlar:


  • davlat ro’yxatiga olinganligi to’g’risida guvohnoma;

  • buyruqlar va farmoyishlar;

  • aksiyadorlar va ta’sischilar bilan yozishmalar;

  • aksiyalarga obuna bo’lish natijalari to’g’risidagi, savdo natijalari to’g’risidagi, ta’sischilar yoki aksiyadorlar majlisining bayonnomalari;

  • soliq inspeksiyada hisobga olinganligi to’g’risida ma’lumotnoma, davlat statistika organlari, tegishli sug’urta tashkilotlari va boshqa byudjetdan tashqari tashkilotlarda ro’yxatga olinganligi to’g’risida guvohnoma;

  • amaldagi qonunchilikka muvofiq litsenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat turlari uchun berilgan litsenziyalar;

  • yuritilayotgan hisob shaklidan qat’iy nazar ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlar reestrini ham tekshiruvga taqdim qiladi.

Ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlarni qo’shish muddatlariga rioya qilinishini va to’liqligini tekshirishda quyidagilarga e’tibor berilishi lozim:

  • ustav kapitalining to’liq shakllanganligi;

  • ta’sischilar haqiqatda qo’shgan ulushlarining ta’sis hujjatlarida belgilangan shartlarga mosligi;

  • ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga ulushlarni qo’shishda qonunchilik va ta’sis hujjatlarida belgilangan muddatlarga rioya qilinishi.

Ustav kapitalining shakllanishini tekshirish chog’ida tekshirilayotgan korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini ham e’tiborga olish zarur. . CHunonchi, aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitali aksiyadorlar tomonidan sotib olinadigan, jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan, ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda esa uning ishtirokchilari tomonidan qo’shiladigan ulushlar qiymatidan tashkil topadi. Qishoq xo’jalik kooperativlari (shirkat xo’jaliklari)da pay jamg’armasi – shirkat xo’jaligi a’zolarining pay badallaridan, fermer va dehqon xo’jaliklarida esa o’ziga qarashli uy-joylar, xo’jalik imoratlari, qishloq xo’jalik ekinzorlari va daraxtzorlari, dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollari, parrandalar, qishloq xo’jalik texnikasi, asbob-uskuna va ashyo-anjomlari, transport vositalari, pul mablag’lari, intellektual mulk ob’ektlari, shuningdek boshqa mol-mulklardan tashkil topadi.

Davlat korxonalarida esa davlat mulki hisoblangan ustav fondi shakllantiriladi.

Auditor tekshiruv chog’ida barcha ta’sischilar qonunchilikka muvofiq o’z ulushlarini ustav kapitaliga o’z vaqtida va to’g’ri hamda to’liq qo’shganliklarini aniqlashi kerak.

Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) ustav kapitaliga jamiyatni ro’yxatga olish paytida har bir ishtirokchi kamida 30 % ulushini qo’shgan bo’lishi kerak.

Korxona ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlar qo’shilmagan yoki to’liq qo’shilmagan holatlarning aniqlanishi, tegishli boshqaruv organlari uchun korxona ta’sis etilmagan va tugatilishi kerak deb topilishiga asos bo’ladi.

Тa’kidlash joizki, ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga ulush sifatida qo’shiladigan mablag’lar O’zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilikka muvofiq QQS ga tortilmaydi. shuningdek, korxonalarni tugatish yoki qayta tashkil etish chog’ida pay (ulush) ko’rinishida natura yoki pul shaklida olingan mablag’lar ham, ularning ustav fondidan hamda yuridik shaxslar pay (ulushi)dan oshib ketmagan miqdorda, QQS ga tortilmaydi.

Ustav kapitaliga ulushlar pul, qimmatli qog’ozlar, boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar hamda pulda baholanadigan boshqa huquqlar shaklida qo’shilishi mumkin. SHu boisdan auditor ta’sischilar ulushlarini pulda baholashning to’g’riligini tekshirishi muhimdir. Хo’jalik jamiyati ta’sischisining ulushini pulda baholash jamiyat ta’sischilar o’rtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi. Qonunda ko’zda tutilgan ayrim hollarda esa mustaqil ekspert tomonidan baholanishi kerak.
4. Sintetik va analitik hisob registrlarini tekshirish.

Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli qo’llaniladigan korxonalarda amaldagi qoidalarga muvofiq 8310-8330 schyotlar bo’yicha №13- jurnal-order va analitik hisob vedomostlari qo’llaniladi. Buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan korxonalarda 8300-ustav kapitalini hisobga oladigan schyotlar (8310-8330), 4610-»Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sislarning qarzlari» va 6620- CHiqib ketayotgan ta’sislarning ulushlari bo’yicha qarzlar» schyotlari bo’yicha sintetik va analitik hisob yuritiladigan kompyuter dasturlari qo’llaniladi.

shuningdek, Bosh daftar yoki oborot-saldo vedomostlari ham tekshiriladi.

Qoidaga ko’ra, ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga qo’shiladigan hissalar hisobda va balansda ularning haqiqatda kirim qilinish me’yoriga qarab aks ettiriladi: asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy qiymatliklar uchun qabul qilishtopshirish dalolatnomasining tuzilgan sanasi, pul mablag’lari uchun mablag’larining korxona schyotiga kelib tushgani (bank ko’chirmasi va unga ilova qilingan tegishli hujjat). Bunda ushbu hissalarning analitik hisobi har bir ishtirokchi bo’yicha yuritiladi.

Hissalarning belgilangan miqdori kirim qilinganidan so’ng ustav kapitalining tashkil etilishi hisobda aks ettiriladi.

Ustav kapitalining miqdori ta’sis hujjatlarida belgilanganidan oshib ketmasligini ta’kidlab o’tish zarur.

Korxona ta’sischilari ulushlarining yig’indisi (ulushlar, aksiyalar, pay badallari) ta’sis hujjatlarida qayd qilingan ustav kapitalining miqdori va summalari tegishli dastlabki hujjatlarga (dalolatnomalar, bank ko’chirmalari, bank kassasiga naqd pul topshirilganligi to’g’risida kvitansiya va h. k) asosan schyotlar aloqasi tuzilib, dastlabki buxgalteriya balansida aks ettiriladi.

Ustav kapitali summasi ta’sis hujjatlari, hisob registrlari va hisobotdagi ma’lumotlarga teng bo’lishi lozim.

№21 –BHMS ga muvofiq ustav kapitalini hisobga oladigan schyotlar (8310-«Oddiy aksiyalar», 8320-«Imtiyozli aksiyalar», 8330-«Pay va ulushlar») krediti va 4610 –«Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyotining debeti bo’yicha yozuvlar korxona davlat ro’yxatidan o’tganidan so’ng amalga oshiriladi.

Ustav kapitali to’liq va to’g’ri shakllanishi 4610–«Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyoti ma’lumotlari bilan 8310–«Oddiy aksiyalar», 8320–«Imtiyozli aksiyalar» schetlari yoki 8330–«Paylar va ulushlar» schyoti (xo’jalik yurituvchi sub’ekt tashkiliy-huquqiy shakliga qarab tegishli schyot) ma’lumotlarini solishtirish asosida tekshiriladi.

Masalan, tekshiruvdan o’tkazilgan fermer xo’jaliklari bo’yicha schyotlar qoldiqlar quyidagicha:


  1. Fermer xo’jaliklari ustav kapitalini shakllantirish tahlili

(ming. s)

Fermer xo’jaliklari


4610-schyot

8330-schyot

«Asad» fermer xo’jaligi 1 yildan kam faoliyat ko’rsatgan

500, 0

500, 0

«Bobur» fermer xo’jaligi 1 yildan kam faoliyat ko’rsatgan

200, 0

400, 0

«Samad» fermer xo’jaligi 1 yildan ko’p faoliyat ko’rsatgan

150, 0

300, 0

«Do’st» fermer xo’jaligi 1 yildan ko’p faoliyat ko’rsatgan

-

400, 0


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin