So’z boshi



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə24/27
tarix07.01.2024
ölçüsü1,84 Mb.
#201218
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Yunon rum kurashi uslubiy qo\'llanma

Chaqqonlik va uni rivojlantirish uslubiyati
Kurashchining chaqqonligi - bu harakatlami nazorat qila olish, bellashuvda to’satdan o’zgarib turadigan vaziyatda tez hamda aniq yo’l tutish va tegishli harakatlarni oqilona bajarish qobiliyatidir.
Chaqqcnlik deganda sportchining koordinatsion qobiliyatlari yig’indisi tushuniladi. Shunday qobiliyatlardan biri yangi harakatlarni egallash tezligi, ikkinchisi - to’satdan o’zgaradigan vaziyat talablariga muvofiq harakatlami tez qayta qurish hisoblanadi.
Chaqqonlik sportchini rgatish jarayonida rivojlantiriladi. Buning uchun yangi harakatlami muntazam egallab borish lozim. Chaqqonlikni rivojlantirish uchim har qanday mashqdan foydalanish mumkin. lekin ularda yangilik elemenllari blishi shart.
Chaqqonlikni rivojlantirishning ikkinchi yo’li mashqning koordinatsion murakkabligini oshirishdan iborat. Bunday murakkablik harakatlarni yuqori darajada aniq bajarish, ularning zaro muvofiqligi, tsatdan o’zgarib turadigan vaziyatga mosligiga blgan talablarni oshirish bilan aniqlanishi mumkin. Uchinchi yo’li - bu nooqilona mushak kuchlanishi bilan kurashish, chunki
chaqqonlikni namoyon qilish kp jihatdan mushaklarni zarur hollarda bo’shashtirish malakasiga bog’liq.
Kishi koordinatsiyasini rivojlantirishning 1o’rttinchi yli - uning gavda
muvozanatini ushlab turish qobiliyatini oshirishdir. Bunday qobiliyatni rivojlantirishning bir nechta usullari mavjud:

  1. muvozanatni ushlab turishni qiyinlashtiruvchi harakatlardagi mashqlar;

  2. akrobatika va gimnastika mashqlari;

  3. hamma tekisliklarda boshni tez harakatlantirish yordamida bajariladigan mashqlar.

A.I. Yarotskiy (1971) kompleksiga beshta mashq kiradi: boshni chapga va o’ngga burish; boshni oldinga va orqaga egish; boshni yon tomonlarga egish; soat millari bo’ylab aylanma harakatlar; soat millariga qarshi tomonga aylanma harakatlar. Bu mashqlar tez sur’atda kuniga uch marta 10 minutgacha bajariladi.
Kurashchi chaqqonligini rivojlantirishning hamma vositalarini ikkita bo’limga ajratish maqsadga muvofiqdir: umumiy chaqqonlikni rivojlantirish vositalari va maxsus chaqqonlikni rivojlantirish vositalari.
Umumiy chaqqonlikni rivojlantirish vositalari umuman harakatlanish tajribasi va harakat koordinatsiyasini boyitishga qaratilgan. Maxsus chaqqonlikni rivojlantirish vositalari kurashchining o!ziga xos maxsus harakatlanish koordinatsiyasini hamda musobaqa faoliyatining favqulodda sharoitlarida zining o’z harakatlarini baholay olish va qayta qurish qobiliyatini takomillashtirishga qaratilgan.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin