JISMONIYTAYYORGARLIK Kurashchining jismoniy tayyorgarligi sport trenirovkasining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi va jismoniy sifatlar - kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, chaqqonlik va tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan jarayondir.
Jismoniy tayyorgarlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Sportchilar sog’lig’i darajasi va ular organizmi turli tizimilarning funksional imkoniyatlarini oshirish.
Jismoniy sifatlami sport kurashining o’ziga xos xususiyatiga javob beradigan
birlikda jismoniy sifatlami rivojlantirish.
Jismoniy tayyorgarlik umumiy, yordamchi va maxsus tayyorgarlikka blmadi. Kurashchining umumiy jismoniy tayyorgarligi yuqori natijalarga erishish uchun poydevor, zarur asos hisoblanadi. U asosan quyidagi vazifateming hal etilishini ta’minlaydi:
shiddatli trenirovka va musobaqa nagruzkalari davrida faol dam olishdan to’g'ri foydalanish.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik turli vositalar tplamini o’z ichiga oladi. Ular orasida snaryadlarda va snaryadlar bilan bajariladigan mashqlar, sherik bilan maxsus trenajyorlada bajariladigan mashqlar, boshqa sport turlari: akrobatika, yengil atletika, sport yinlari, suzish va h.k.dan olingan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar ajratiladi. Yoradamchi jismoniy tayyorgarlik maxsus harakat malakalarini rivojlantirishga qaratilgan katta hajmdagi ishni samarali bajarish uchun zarur blgan maxsus asosni yaratishga mo’ljallangan. U ancha tor va o ’ziga xos ynalishga ega hanida quyidagi
vazifalami hal etadi:
asosan kurash uchun kproq xos boMgan sifatlami rivojlantirish;
kurashchi harakatlarida katta darajada ishtirok etuvchi mushak guruhlarini tanlab rivojlantirish.
Yordamchi jismoniy tayyorgarlikning ilg’or vositalari sifatida shunday mashqlar qo’llaniladiki, ular o ’zining kinematik va dinamik tarkibi hamda asab-mushak kuchlanishi xususiyatiga ko’ra kurashchining musobaqa faoliyatida bajaradigan asosiy harakatlariga mosdir. Shunday mashqlar orasida quyidagilami ajratish mumkin: kurashning turli usullarini ishora orqali bajarish: maxsus trenajyor moslamalarida bajariladigan mashqlar; kurashchilar manekeni bilan mashqlar.
Kurashchining maxsus jismoniy tayyorgarligi harakatlanish sifatlarini kurashchilaming musobaqa faoliyati xususiyatlari tomonidan qo’yiladigan talablarga qat’iy muvofiq holda rivojlantirishga qaratilgan.
Kurashchilaming maxsus jismoniy tayyorgarligi asosan kurash gilamidatkaziladi va harakat malakalari tarkibidagi eng muhim harakat sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Shunmg uchun maxsus jismoniy tayyorgarlikning asosiy vositalari sifatida miimkin bo’lgan turli murakkablilklarni jalb qilgan holda musobaqa mashqlari qo’llaniladi. Bunday murakkablashtirilgan mashqlar kurashchi organizmiga bo’lgan ta’sirni kuchaytiradi. Masalan, og’irroq vazn toifasidagi sherigini tashlash, sheriklarni almashtirgan holda quv-trenirovka bellashuvlari bajariladi va h.k. Mana shu hamma mashqlar energiya ta'minotining u yoki bu mexanizmlarini rivojlantirish imkonini ta’inmlaydi, kurashchining mashqlanganligiga kompleks holda ta’sir krsatadi hamda bir vaqtning o ’zida uning jismoniy va texnik- taktik tayyorgarligir i oshiradi.
Jismoniy tayyorgarlikning hamma ko’rsatilgan turlari bir-biri bilan uzviy bog’liq. Trenirovka jarayonida biron-bir jismoniy tayyorgarlik turlariga yetaRlicha baho bermaslik oxir-oqibat sport mahoratini oshishiga to’sqinlik qiladi. Shuning uchun trenirovka jarayonida ko’rsatilgan jismoriiy tayyorgarlik turlarini optimal nisbatiga rioya qilish juda muhimdir. Uning son jihatdan ifodasi doimiy lcham hisoblanmaydi, balki kurashchilar malakasi, ularnirig alohida xususiyatlari, trenirovka jarayoni davri va organizmning shu paytdagi holatiga bog’Uq holda o ’zgarib turadi.