29
ko’p tomondan raketkani ushlash holatlariga va o’yinchining dastlabki holatiga
bog’liq bo’ladi.
Nakat
Nakat stol tennisida eng keng tarqalgan zarba turidir. Nakat usulida zarba
berishdan maqsad-sharga yuqori aylanish va etarli tezlik berib, kuchli yo’llangan
sharning aniq nishonga borib tushishini ta’minlashdir, bu esa о’yin davomida
tashabbusni qo’lga olish uchun kurashishga imkon beradi.
Zarba paytida «yopiq» raketka sharning yuqori qismiga tegadi, bu sharga
hujumkor va aylanma harakat beradi. Sharni uzatish uchun raketka ushlagan qo’l
yuqori tezlanishga ega bo’lishi lozim.
Bajarish tafsilotlariga bog’liq ravishda zarbaning turlari ko’p, ammo asosan
standart asosiy stoykada turib raketka ushlagan qo’lni yuqoriga- oldinga
harakatlantirish bilan bajariladi. Sharga zarba berish shar yon tomonda sportchidan
sal oldinda stoldan qaytib irg’ishning eng yuqori nuqtasida joylashgan paytda
amalga oshiriladi.
So’nggi yillarda nakatdan foydalanish ayniqsa yuqori malakali tennischilarda
sezilarli darajada kamaydi, chunki bu usulda hozirgi zamon stol tennisi talablariga
unchalik mos kelmaydigan bir qator kamchiliklar mavjud:
❖
kuchsiz yuqori aylanish;
❖
shar parvozi burchagini aniq tanlash zaruriyati;
❖
shar parvozining etarli tezlikka ega emasligi va nisbatan past irg’ishi.
Dostları ilə paylaş: