Sportva harakatli o’yinlar o’qitish metodikasi


Joy almashtirish (siljish)



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/82
tarix24.12.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#193051
növüУчебник
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   82
Joy almashtirish (siljish) 


23 
O’yinchi sharga yaqinlashgan holatida zarbaga mos bo’lgan oyoqni oldinga 
qo’yish bilan siljish boshlanadi. Zarbani amalga oshirish jarayonida o’ngdan zarba 
berganda chap oyoq oldinda, chapdan zarba berganda o’ng oyoq oldinda boiishi 
kerak. 
To’g’ri va oqilona joy almashtirish sharga o’z vaqtida chiqishni hamda o’yinni 
tez tepaga olib berishni ta’minlaydi va eng qulay nuqtadan zarba berishga 
yordamlashadi. 
Sharni o’yinga kiritish texnikasi (podacha) 
Sharning yo’nalishi, uchish masofasi va uni o’yinga kiritishning to’rtta turi 
mavjud: 

to’g’ri; 

mayatniksimon; 

moki simon; 

elpig’ichsimon. 
Sharni to’g’ri o’yinga kiritishda raketka ushlagan qo’1 stol ustida gonzontal 
joylashadi. Sharga zarba to’g’ri ushlagan yoki ozroq bukilgan raketka bilan beriladi. 
Birmchi holatda shar aylanmasdan uchadi, ikkinchisida u aylanishga erishadi. 
Sharning aylanib uchish yo’nalishi burilish burchagiga va raketkaning harakat 
yo’nalishiga bog’liq. 
Mayatniksimon 
Shar o’yinga kiritilganida qo’l yarim doira hosil qiladi. 
Yuqori va yon tomon qo’l harakatlaridan boshlanadi. Keyin raketka pastga-yonga 
keskin tushiriladi va yuqoriga-yonga harakatni davom ettiradi. Zarba qaysi paytda 
(shar uzatishning boshida, о ‘rtasida yoki oxirida)
berilishiga qarab shar pastga, yon 
tomonlarga va yuqoriga aylanadi. 
mayatnik usulida to'p kiritish 
Mokisimon 
shar uzatishda raketkaga qaytarma hujumkor harakat beriladi. 


24 
Raketka sharga tegish paytida bir soniya to’xtalish ro’y beradi va raketka qarama-
qarshi tomonga itariladi. Raketkaning sharga duch kelish vaqti o’sha to’xtalishgacha 
yoki undan keyin ro’y berishi mumkin. Sharga zarba berish nuqtasining tanlanishiga 
qarab bu ikki shar aylanishidan biri jonlanadi. Raketkaning qanday tutilishi ham 
katta rol uynaydi. Agar gorizontal holatda harakatlansa, shar yuqori va pastki 
yo’nalishga ega bo’ladi. Raketka vertikal holatda harakatlansa, shar chap yoki o’ng 
yo’nalishdan aylanadi. 
mokki usulida podacha berish usuli 
Yelpig’ichsimon usulidagi shar uzatishda raketkaning ichki tarafini yuqoriga 
yo’naltirib ushlagan qo’l yarim doira hosil qiladi. Aksariyat hollarda sharga zarba 
berish raketka ko’tarilayotganida, kamdan-kam hollarda raketka harakatining yuqori 
nuqtasiga beriladi. Sharni to’qnashish paytiga qarab shar yuqoriga, yon tomonga va 
pastga aylantiriladi. Bunday shar uzatish osiyocha raketka ushlashni qo’llovchi 
sportchilar tomonidan kamdan-kam qo’llaniladi. 
yelpig’ichsimon usulida podacha qilish texnikasi 
Bu uzatishni o’ziga xosligi shuki zarba raketkaning ochiq tarafi bilan amalga 
oshiriladi. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin