Sportva harakatli o’yinlar o’qitish metodikasi


Stol tennisi o‘yinida to‘pchani qaytarish va zarba berish usullarini



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/82
tarix24.12.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#193051
növüУчебник
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   82
Stol tennisi o‘yinida to‘pchani qaytarish va zarba berish usullarini 


25 
o‘rgatish
Stol tennisinmg barcha texnik usullarini shartli ravishda quyidagi belgilarga 
ko’ra tasniflash mumkin. 
Zarbani ijro etish asosiy rol o’ynaydigan qo’lning bir nomli qismlarga ko’ra: 

panja; 

tirsak; 

elka usullari. 

Zarba ijro etilayotgan joy bo’yicha: 

yaqm zonadan (stoldan 1 m.gacha); 

o’rta zonadan (stoldan 2,5-3,0 m.gacha); 

uzoq zonadan (stoldan 3 m.dan ko’proq masofada). 

Zarba berilayotgan vaqtga qarab; 

yarim parvozda; 

sharning ko’tarilishida; 

sharning eng yuqori ko’tarilish nuqtasida; 

sharning stolga tushishida zarbalar berish. 

Kuchga qarab: 

kuchli; 

o’rtacha; 

kuchsiz; 

to’xtab qolgan zarbalar. 

Aylanishiga ko’ra: 

tekis; 

pastga aylanuvchi; 

yuqoridan aylanuvchi; 

yon tomonga aylanuvchi; 

aralash turdagi aylanuvchi zarbalar. 

Mo’ljalga ko’ra: 

tayyorgarlik (oraliq); 

himoya; 


26 

hujum; 

yakunlovchi zarbalar. 

Yo’nalishiga ko’ra; 

to’g’ri chiziq bo’ylab; 

diagonal chiziq bo’ylab; 

qiyshiq zarbalar. 

Uchish tezligiga ko’ra; 

sust; 

o’rtacha; 

tezkor zarbalarga bo’linadi. 
Aldamchi zarbalar 
Aldamchi zarbalar-tryuk ko’rinishidagi zarbalar bo’lib, ijrochidan to’xtovsiz 
mashqlar, chaqqonlik, chaqqonlik va panja bilan ishlash mahoratini talab qiladi. 
Bunday zarbalarni ijro etganda bir yo’nalish ko’rsatiladi, shar esa boshqa 
yo’nalishga yuboriladi, bir aylanish ko’rsatiladi, lekin sharga boshqacha aylanish 
beriladi va h.k. 
Aldamchi zarbalarning turlari juda ko’p:

tashqi tarafdan kesma holda ko’rinadigan tekis aldamchi zarba. sharni 
qabul qilayotganda raketkani yuqoridan pastga o’tkaziladi, sharga 
tegish paytida esa raketkani panjani mohirlik bilan ishlatish hisobiga 
qisqa muddatli to’xtatish; 

yuqori aylanish o’rniga kesmali aldamchi top-spin ishlatish. Qo’l 
harakati va zarbani bajarish tezligi iloji boricha top-spinga mos kelishi 
kerak, ammo raketkaning egish burchagini o’zgartirish va uning 
harakat yo’nalishini sharning qo’yi yarim sfera qismiga zarba berish 
hisobiga sharga qo’yi aylanish beriladi; 

qisqa aldamchi zarba, bunda zarba imitatsiyasi hujumkor zarbadan bir 
oz oldin bajariladi. Raqib sharga zarba berayotgan paytda o’yinchi 
qisqa zarbani tugatishga xos bo’lgan holatga o’tib, qo’lini to’rga 
yo’nalish bo’yicha cho’zadi. Raqib oldinga harakatni boshlashi bilan 


27 
asosiy hujumkor zarba beriladi. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin