22
Joy almashtirish texnikasi
Dastlabki holat sharni o’yinga kiritganda, uni qabul qilganda va zarbaga
tayyorlaganda dastlabki holatni to’g’ri tanlash kerak. Chunki oqilona tarzda
tanlangan holat sportchiga kerakli tezlik bilan zarbani bera olish imkoniyatini beradi.
Tennischining daslabki holati o’ziga xos bo’ladi, u sportchining bo’yiga,
qo’llari uzunligiga, raketkani ushlash usullariga о’yin usullarini egallash darajasiga
bog’liq. Xalqaro toifadagi sportchilarning aksariyati oyoqlar oldinga qo’yilgan
holatdagi dastlabki joylashishdan foydalanadi. Sharni qabul qilib olish va zarba
berish paytlarida gavda uchta dastlabki holatdan birini qabul qiladi. Bular:
❖
yarim burilgan holatda;
❖
yuzni qaratib turish;
❖
raqibga elkani qaratib turish holatlari.
Dostları ilə paylaş: