Standartlari


 BHXS (IAS) 40 “Investitsion mulk”



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 
4.4. BHXS (IAS) 40 “Investitsion mulk” 
Mazkur standartning maqsadi investitsion mulkni hisobga olish hamda tegishli 
ma’lumotlarni ochib berish bo’yicha talablarni belgilashdan iborat. 
Mazkur Standart investitsion mulkni tan olishda, baholashda va ochib berishda 
qo’llanilishi lozim. 
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, mazkur Standart ijara oluvchining moliyaviy 
hisobotlarida moliyaviy ijara sifatida hisobga olingan ijara shartnomasi asosida egalik 
qilinayotgan investitsion mulkdagi ulushlarini baholashda hamda ijara beruvchining 
moliyaviy hisobotlarida operativ ijara shartnomasi asosida ijaraga oluvchiga berilgan 


98 
investitsion mulkni baholashda qo’llaniladi. Mazkur Standart MHXS 17 ”Ijara” da 
qamrab olingan masalalarga nisbatan qo’llanilmaydi. 
Mazkur Standart quyidagilarga nisbatan qo’llanilmaydi:
(a) 
qishloq xo’jaligi faoliyatiga tegishli biologik aktivlarga (BHXS 41 
“Qishloq xo’jaligi” ga qarang); va 
(b) 
foydali qazilmalar bo’yicha huquqlarga va foydali qazilmalar 
zaxiralariga, masalan, neft, tabiiy gaz va shunga o’xshash qayta tiklanmaydigan 
resurslarga. 
Balans qiymati - bu aktivning moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda tan 
olinadigan qiymatidir.
Tannarx - bu aktivni uning xaridi yoki qurilishi paytida sotib olish uchun 
to’langan pul mablag’lari yoki pul mablag’larining ekvivalentidagi summa yoki 
boshqa turdagi tovonning haqqoniy qiymati yoki, tegishli hollarda, boshqa 
MHXSlarning, masalan MHXS 2 “Aktsiyaga asoslangan to’lov” ning aniq talablariga 
muvofiq ushbu aktivning dastlabki tan olinishidagi qiymatdir. 
Haqqoniy qiymat - bu baholash sanasida bozor ishtirokchilari o’rtasidagi 
odatdagi operatsiyada aktivni sotishda olinishi mumkin bo’lgan yoki majburiyatni 
o’tkazishda to’lanishi mumkin bo’lgan narxdir (MHXS 13 “Haqqoniy qiymatni 
baholash” ga qarang). 
Investitsion mulk – bu ijaradan daromad olish maqsadida yoki kapitalning 
qiymati qimmatlashishi uchun yoki ikkalasi uchun (mulk egasi yoki moliyaviy ijara 
shartnomasi asosida ijara oluvchi tomonidan) egalik qilinayotgan mulk (er yoki bino 
– yoki binoning qismi – yoki ikkalasi) bo’lib, bundan quyidagi mulklar kirmaydi: 
(a) 
ishlab chiqarishda yoki tovarlar yetkazib berish yoki xizmatlar 
ko’rsatishda yoki ma’muriy maqsadlarda foydalaniladigan; yoki 
(b) 
oddiy xo’jalik faoliyatidagi sotishga mo’ljallangan mulklar.
Mulk-mulk-egasi-egallagan mulk – bu (mulk egasi yoki moliyaviy ijara 
shartnomasi asosida ijara oluvchi tomonidan) ishlab chiqarishda yoki tovarlar 
yetkazib berish yoki xizmatlar ko’rsatishda yoki ma’muriy maqsadlarda 
foydalaniladigan egalikdagi mulk.
Quyidagilar investitsion mulkka misoldir:
(a) 
oddiy xo’jalik faoliyati doirasida qisqa muddatda sotish uchun emas, 
balki uzoq muddat davomida kapitalning qiymati qimmatlashishi uchun egalik 
qilinadigan yer. 
(b) 
kelgusida qaysi maqsadda foydalanilishi aniqlanmagan egalikdagi yer. 
(Agarda 
tadbirkorlik 
sub’ekti yerdan mulk-egasi-egallagan mulk sifatida 
foydalanishini yoki oddiy xo’jalik faoliyati doirasida qisqa muddatda sotish uchun 
foydalanishini aniqlamagan bo’lsa, yer kapitalning qiymati qimmatlashishi 
maqsadida saqlanayotgan deb hisoblanadi.) 
(v) 
tadbirkorlik sub’ekti tomonidan egalik qilinadigan (yoki moliyaviy ijara 
shartnomasi asosida tadbirkorlik sub’ekti tomonidan egalik qilinadigan) hamda bir 
yoki bir necha operativ ijara shartnomalari asosida ijaraga berilgan bino. 
(g) 
band bo’lmagan, ammo bir yoki bir necha operativ ijara bo’yicha ijaraga 
berishga mo’ljallangan bino. 


99 
(d) 
kelgusida investitsion mulk sifatida foydalanish uchun qurilayotgan yoki 
takomillashtirilayotgan mulk. 
Quyidagilar investitsion mulk bo’lmagan moddalarga misoldir va shuning 
uchun ular mazkur Standartning qo’llanish doirasidan tashqaridadir:
(a) 
oddiy xo’jalik faoliyatidagi sotishga mo’ljallangan yoki bunday sotishga 
mo’ljallangan qurilish yoki takomillashtirish jarayonidagi mulk (MHXS 2 “Tovar-
moddiy zaxiralar” ga qarang), masalan, faqatgina yaqin kelajakda qayta sotish yoki 
takomillashtirish va qayta sotish maqsadida xarid qilingan mulk. 
(b) 
uchinchi tomon nomidan qurilayotgan yoki takomillashtirilayotgan mulk 
(BHXS 11 “Qurilish shartnomalari” ga qarang). 
(v) 
mulk-egasi-egallagan mulk (MHXS 16 ga qarang), shu jumladan (shu 
o’rinda) kelgusida mulk-egasi-egallagan mulk sifatida foydalaniladigan egalikdagi 
mulk, kelgusida takomillashtiriladigan va o’z navbatida mulk-egasi-egallagan mulk 
sifatida foydalaniladigan egalikdagi mulk, xodimlar tomonidan band qilingan mulk 
(xodimlar bozor stavkasida ijara haqi to’lashi yoki to’lamasligidan qat’iy nazar) va 
balansdan chiqarishga mo’ljallangan mulk-egasi-egallagan mulk. 
(g) 
boshqa tadbirkorlik sub’ektiga moliyaviy ijara bo’yicha ijaraga berilgan 
mulk
12

Ba’zi mulklar ham ijaradan daromad olish yoki kapital qiymatining 
qimmatlashishi maqsadiad egalik qilinadigan qismni ham tovarlar yoki xizmatlarni 
ishlab chiqarish yoki yetkazib berish yoki ma’muriy maqsadlarda foydalanishga 
mo’ljallangan qismni qamrab olishi mumkin. Agar ushbu qismlarni alohida sotish 
(yoki moliyaviy ijara bo’yicha alohida ijaraga berish) mumkin bo’lsa, tadbirkorlik 
sub’ekti qismlarni alohida hisobga oladi. Agarda ushbu qismlarni alohida sotish 
mumkin bo’lmasa, mulk investitsion mulk bo’ladi, qachonki katta bo’lmagan qismi 
tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish yoki ma’muriy 
maqsadlarda foydalanishga mo’ljallangan bo’lsa.
Ba’zi holatlarda, tadbirkorlik sub’ekti o’z egaligidagi mulkni band qilganlarga 
qo’shimcha xizmatlar ko’rsatadi. Tadbirkorlik sub’ekti ushbu mulkni investitsion 
mulk sifatida hisobga oladi, qachonki xizmatlar butun shartnomaning katta 
bo’lmagan qismi bo’lsa. Misol tariqasida, ofis binosi egasi tomonidan binoni band 
qiladigan ijarachilarga qo’riqlash va saqlash xizmatlarini ko’rsatishini keltirish 
mumkin. 
Boshqa holatlarda, ko’rsatiladigan xizmatlar katta darajada bo’lishi mumkin. 
Masalan, agarda tadbirkorlik sub’ekti mehmonxonaga egalik qilsa va uni boshqarsa, 
mehmonlarga ko’rsatiladigan xizmatlar butun shartnomaning katta qismini tashkil 
etsa. Shu tufayli, egasi-boshqaradigan mehmonxona investitsion mulk emas, balki 
mulk-egasi-egallagan mulkdir. 
Ba’zida, qo’shimcha xizmatlar shunchalik katta darajada bo’lishi mumkin va 
bunda mulk investitsion mulk sifatida tasniflanmasligini aniqlash qiyindir. Masalan, 
ba’zi hollarda mehmonxona egasi boshqaruv shartnomasi asosida ayrim 
javobgarliklarni uchinchi tomonga o’tkazadi. Bunday shartnomalarning shartlari turli 
12
M.Bonham and others.Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 2. 
p.1166-1174.


100 
xil bo’ladi. Bir tomondan, mulk egasi mohiyatan passiv investor bo’lishi mumkin. 
Boshqa tomondan, mulk egasi mehmonxona faoliyatidan keladigan pul oqimlari 
o’zgarishining xatariga katta darajada duchorligini saqlagan holda, kunlik 
funktsiyalarni boshqa tomonga o’tkazib yuborgan bo’ladi. 
Mulk investitsion mulk sifatida tasniflanishini aniqlash uchun mulohaza qilishi 
zarur. Tadbirkorlik sub’ekti mezon ishlab chiqadi va natijada investitsion mulk 
ta’rifiga muvofiq keladigan mulohazani qo’llash imkoniga ega bo’ladi.
Ba’zi holatlarda, tadbirkorlik sub’ekti egaligidagi mulk uning bosh tashkiloti 
yoki boshqa shu’ba tadbirkorlik sub’ekti tomonidan ijaraga olingan va band qilingan 
bo’ladi. Jamlangan moliyaviy hisobotlarda ushbu mulk investitsion mulk sifatida 
tasniflanmaydi, chunki mulk guruh nuqtai nazaridan mulk-egasi-egallagan mulkdir. 
Biroq, mulkka egalik qilayotgan tadbirkorlik sub’ekti nuqtai nazaridan qaraganda, 
agarda mulk ijaradan daromad olish maqsadida yoki kapitalning qiymati 
qimmatlashishi uchun yoki ikkalasi uchun egalik qilinsa, u investitsion mulkdir. Shu 
tufayli, ijaraga beruvchi o’z moliyaviy hisobotlarida mulkni investitsion mulk sifatida 
hisobga oladi.
Investitsion mulk aktiv sifatida tan olinishi lozim, faqatgina qachonki:
(a) tadbirkorlik sub’ekti tomonidan investitsion mulk bilan bog’liq kelgusi 
iqtisodiy foyda olinishi ehtimoli mavjud bo’lsa; va 
(b) investitsion mulkning tannarxi ishonchli baholanishi mumkin bo’lsa. 
Tadbirkorlik sub’ekti ushbu tan olish mezoniga asosan investitsion mulkning 
barcha xarajatlarini ular sarflangan paytda baholaydi. Ushbu xarajatlar dastlab 
investitsion mulkni sotib olish uchun sarflangan xarajatlarni hamda keyinchalik 
mulkka nisbatan amalga oshirilgan qo’shimchalar, o’zgartirishlar yoki xizmatlar 
xarajatlarini qamrab oladi. 
Investitsion mulk dastlab uning tannarxida baholanishi lozim. Bitimga oid 
xarajatlar dastlabki baholash tarkibiga kiritilishi lozim. 
Sotib olingan investitsion mulkning tannarxi uning sotib olish narxi va har 
qanday bevosita tegishli xarajatlarni qamrab oladi. Bevosita tegishli xarajatlarga, 
masalan, professional yuridik xizmatlarga xarajatlar, mulkni o’tkazish bo’yicha 
soliqlar va boshqa bitimga oid xarajatlari kirishi mumkin. 
Ijara bo’yicha egalik qilinadigan va investitsion mulk sifatida tasniflanadigan 
mulk ulushining boshlang’ich tannarxi MHXS 17da belgilangan moliyaviy ijaraga 
mos ravishda aniqlanishi lozim. 
MHXS 8 “Hisob siyosatlari, buxgalteriya hisobi maqsadida baholashlardagi 
o’zgarishlar va xatolar”da ta’kidlanadiki, o’z ixtiyoriga ko’ra hisob siyosatini 
faqatgina o’zgarish moliyaviy hisobotlarda operatsiyalarning, boshqa hodisalar yoki 
sharoitlarning tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy holatiga, moliyaviy natijalariga 
yoki pul oqimlariga ta’siri to’g’risida ishonchli va o’rinliroq ma’lumotlarni 
ta’minlagan holda o’zgartirish mumkin. Haqqoniy qiymat bo’yicha hisobga olish 
modelini tannarx bo’yicha hisobga olish modeliga o’zgartirish o’rinliroq ma’lumot 
taqdim etishiga olib kelish ehtimoli judayam pastdir. 
Mazkur Standart barcha tadbirkorlik sub’ektlaridan baholash (agar tadbirkorlik 
sub’ekti haqqoniy qiymat bo’yicha hisobga olish modelidan foydalansa) yoki ochib 


101 
berish (agar u tannarx bo’yicha hisobga olish modelidan foydalansa) maqsadida 
investitsion mulkning haqqoniy qiymatini baholashni talab etadi. Tadbirkorlik 
sub’ekti tan olingan va tegishli professional malakaga ega hamda baholanayotgan 
investitsion mulk joyida va toifasida yaqin tajribaga ega mustaqil baholovchi 
tomonidan narxlash asosida investitsion mulkning haqqoniy qiymatini aniqlashi 
ma’qullanadi, ammo talab etilmaydi.
Dastlab tan olingandan so’ng, haqqoniy qiymat bo’yicha hisobga olish 
modelini tanlaydigan tadbirkorlik sub’ekti o’zining barcha investitsion mulklarini 
haqqoniy qiymatda baholashi lozim.
Investitsion mulkning haqqoniy qiymatining o’zgarishi natijasida vujudga 
keladigan foyda yoki zarar u qaysi davrda vujudga kelgan bo’lsa, o’sha davrning 
foyda yoki zararida tan olinishi lozim.
MHXS 13 ga muvofiq investitsion mulkning haqqoniy qiymatini baholash 
paytida, tadbirkorlik sub’ekti shuni ta’minlashi lozimki, haqqoniy qiymat, shu 
o’rinda, joriy ijara kelishuvlaridan ijara daromadlarini hamda bozor ishtirokchilari 
joriy bozor sharoitlarida investitsion mulklarni narxlashda foydalanishi mumkin 
bo’lgan boshqa farazlarni aks ettiradi.

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin