Standartlari


 BHXS (IAS) 38 “Nomoddiy aktivlar”



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 
4.5. BHXS (IAS) 38 “Nomoddiy aktivlar” 
Mazkur Standartning maqsadi boshqa Standart qamrab olmagan nomoddiy 
aktivlar uchun buxgalteriya hisobining yondashuvini belgilashdan iboratdir. Mazkur 
Standart tadbirkorlik sub’ektidan nomoddiy aktivni u faqatgina belgilangan 
mezonlarga javob berganida tan olishni talab etadi. Ushbu Standart nomoddiy 
aktivlarning balans qiymatini qanday baholashni belgilaydi va nomoddiy aktivlar 
to’g’risida muayyan ma’lumotlar ochib berilishini talab etadi. 
Standart nomoddiy aktivlarni hisobga olishda qo’llanishi lozim, bundan 
quyidagilar mustasno:
(a) boshqa Standart qo’llash doirasidagi nomoddiy aktivlar; 
(b) BHXS 32 “Moliyaviy instrumentlar: Taqdim etish” da ta’riflangan 
moliyaviy aktivlar; 
(d) aktivlarning qidiruvi va baholanishini tan olish va baholash (MHXS 6
“Mineral resurslarning qidiruvi va baholanishi” ga qarang); va
(g) Foydali qazilmalar, neft, tabiiy gaz va shunga o’xshash qayta 
tiklanmaydigan resurslarni qayta ishlash va qazib olish xarajatlari. 
Standart quyidagilar uchun qo’llanilmaydi:
(a) tadbirkorlik sub’ekti tomonidan oddiy biznes faoliyatida sotish uchun 
egalik qilinayotgan nomoddiy aktivlar (BHXS 2 “Tovar-moddiy zahiralar” va BHXS 
11 “Qurilish shartnomalari” ga qarang). 
(b) kechiktirilgan solik aktivlari (BHXS 12 «Foyda soliqlari» ga qarang). 
(v) BHXS 17 «Ijara» ning qo’llash doirasidagi ijaralar. 
(g) Xodimlarga haq to’lashdan yuzaga keladigan aktivlar (BHXS 19 
«Xodimlarning daromadlari» ga qarang). 
(d) BHXS 32 da ta’riflangan moliyaviy aktivlar. Ba’zi moliyaviy aktivlarning 
tan olinishi va baholanishi MHXS 10 “Jamlangan moliyaviy hisobotlar”, BHXS 27 
«Alohida moliyaviy hisobotlar” va BHXS 28 «Qaram tadbirkorlik sub’ektlaridagi va 
qo’shma korxonalardagi investitsiyalar” da qamrab olingan. 
(e) Biznes birlashuvida sotib olingan gudvill (MHXS 3 «Biznes birlashuvlari» 


107 
ga qarang). 
(j) MHXS 4 «Sug’urta shartnomalari» ning qo’llash doirasidagi sug’urta 
shartnomalari asosidagi sug’urtachining shartnomaviy huquqlaridan kelib chiqadigan 
kechiktirilgan xarid harajatlari va nomoddiy aktivlar. MHXS 4 ushbu nomoddiy 
aktivlar uchun emas, balki ushbu kechiktirilgan xarid harajatlari uchun aniq 
ma’lumotlar ochib berilishi talablarini belgilaydi. Shu tufayli, mazkur Standartdagi 
ma’lumotlarni ochib berish bo’yicha talablar ushbu nomoddiy aktivlar uchun 
qo’llaniladi. 
(z) MHXS 5 «Sotish uchun mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom 
ettirilmaydigan faoliyat» ga muvofiq sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan 
(yoki sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqarish guruhiga 
kiritilgan) uzoq muddatli nomoddiy aktivlar
13

Ba’zi nomoddiy aktivlar moddiy ko’rinishda saqlanishi mumkin, masalan, 
kompakt disk (kompyuter dasturi misolida), huquqiy hujjatlar (litsenziya yoki patent 
misolida) yoki film. Nomoddiy va moddiy jihatlarga ega aktivni BHXS 16 “Asosiy 
vositalar” bo’yicha hisobga olinishi yoki mazkur Standart bo’yicha nomoddiy 
aktivlar sifatida hisobga olinishini aniqlash uchun, tadbirkorlik sub’ekti qaysi jihat 
ahamiyatliroqligini baholashda hukm chiqarishdan foydalanadi. Masalan, aniq bir 
kompyuter dasturisiz faoliyat ko’rsatmaydigan kompyuter-nazorat-qiladigan uskuna 
uchun kompyuter dasturi tegishli ehtiyot qismning ajralmas qismidir va u asosiy 
vosita sifatida hisobga olinadi. Aynan shu yondashuv kompyuterning operatsion 
tizimiga nisbatan qo’llaniladi. Qachonki dastur tegishli ehtiyot qismning ajralmas 
qismi bo’lmasa, kompyuter dasturi noddiy aktiv sifatida hisobga olinadi.
Shu bilan birga, mazkur Standart reklama, trening, biznesni boshlash, tadqiqot 
va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish faoliyatlari bo’yicha harajatlar uchun 
qo’llaniladi. Tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish faoliyatlari bilimni 
rivojlantirishga yo’naltirilgandir. Shu tufayli, ushbu faoliyatlar natijasi moddiy 
ko’rinishdagi aktivga (masalan, namuna) olib kelishiga qaramasdan, aktivning 
moddiy jihati uning nomoddiy qismiga ikkilamchidir, ya’ni unda bilim 
singdirilgandir. 
Moliyaviy ijara holatida, asosdagi aktiv moddiy yoki nomoddiy bo’lishi 
mumkin. Dastlab tan olingandan so’ng, ijaraga oluvchi moliyaviy ijara kelishuvi 
asosida egalik qilinayotgan nomoddiy aktivni mazkur Standartga muvofiq hisobga 
oladi. Tasviriy filmlar, video tasmalari, yozma asarlar, qo’lyozmalar, patentlar va 
avtorlik huquqlari kabi moddalar uchun litsenziyalash kelishuvlari asosidagi huquqlar 
BHXS 17 qo’llash doirasidan chiqarilgandir va mazkur standart qo’llash doirasidadir.
Agarda faoliyatlar yoki operatsiyalar shunchalik maxsuslashtirilib, boshqacha 
yondashuv zarur bo’ladigan buxgalteriya hisobini qo’llashga olib kelsa, mazkur 
Standartning qo’llash doirasidan istisno bo’lishi mumkin. Bunday masalalar qazib 
olish sohasida neft, gaz va mineral depozitlarni qidiruv yoki qayta ishlash va qazib 
chiqarish harajatlarini hisobga olishda hamda sug’urta shartnomalari holatlarida 
yuzaga keladi. Shu tufayli, mazkur Standart bunday faoliyatlardagi harajatlar va 
13
M.Bonham and others.Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 2. 
p.1036-1037.


108 
shartnomalar uchun qo’llanilmaydi. Biroq, mazkur Standart qazib olish sohalarida 
yoki sug’urtachilar tomonidan foydalanilgan boshqa nomoddiy aktivlar (masalan, 
kompyuter dasturi) va sarflangan boshqa harajatlar (masalan, biznesni boshlash 
harajatlari) uchun qo’llaniladi.
Amortizatsiya - bu nomoddiy aktivning eskirish hisoblanadigan qiymatini 
uning foydali xizmat muddati davomida sistematik tarzda xarajatlarga olib borishdir.
Aktiv - resurs bo’lib, u: 
(a) 
oldingi hodisalar natijasida tadbirkorlik sub’ekti tomonidan nazorat 
qilinadi; va 
(b) 
undan tadbirkorlik su’ekti tomonidan kelgusida iqtisodiy naf olinishi 
kutiladi. 
Balans qiymati - bu shunday qiymatki, bunda aktiv har qanday jamg’arilgan 
amortizatsiya va yig’ilgan qadrsizlanish bo’yicha zararlarni chegirilgandan so’ng 
moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda tan olinadi.
Tannarx - bu aktivni uning xaridi yoki qurilishi paytida sotib olish uchun 
to’langan pul mablag’i yoki pul mablag’i ekvivalentidagi qiymat yoki boshqa turdagi 
uning evaziga berilgan tovonning haqqoniy qiymati yoki, tegishli hollarda, boshqa 
BHXSlarning, masalan BHXS 2 “Aktsiyaga asoslangan to’lov” ning aniq talablariga 
muvofiq ushbu aktivni dastlabki tan olinishidagi qiymatdir.
Eskirish hisoblanadigan qiymat - bu aktivning tugatish qiymati chegirilgandagi 
tannnarxi yoki tannarx o’rniga aks ettiriladigan boshqa qiymatdir.
Tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish - bu tijorat maqsadlarida ishlab chiqarish 
yoki foydalanishni boshlashdan oldin, yangi yoki sezilarli tarzda takomillashgan 
materiallar, uskunalar, tovarlar, jarayonlar, tizimlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish 
rejasiga yoki dizayniga nisbatan tadqiqot topilmalarini yoki boshqa bilimlarni 
qo’llashdir.
Tadbirkorlik sub’ektiga xos qiymat - bu tadbirkorlik sub’ekti tomonidan 
aktivdan davomiy foydalanishidan va foydali xizmat muddati oxirida balansdan 
chiqarishdan yoki majburiyat uchun hisob-kitob qilinganda kutiladigan pul 
oqimlarining keltirilgan qiymatidir.
Haqqoniy qiymat - bu baholash sanasida bozor ishtirokchilari o’rtasidagi 
odatdagi operatsiyada aktivni sotishda olinishi mumkin bo’lgan yoki majburiyatni 
o’tkazishda to’lanishi mumkin bo’lgan narxdir. (MHXS 13 “Haqqoniy qiymatni 
baholash” ga qarang) 
Qadrsizlanish bo’yicha zarar - bu aktivning balans qiymatining uning 
qoplanadigan qiymatidan ortiq qismidir. 
Nomoddiy aktiv - bu moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan 
aniqlanadigan nomonetar aktiv. 
Monetar aktivlar - bu egalikdagi pul mablag’lari va qat’iy belgilangan yoki 
aniqlanadigan pul miqdorlarida olinadigan aktivlardir. 
Tadqiqot - bu yangi ilmiy yoki texnik bilimga va tushunchaga erishish 
istiqbolini ko’zlab amalga oshirilgan asl va rejalashtirilgan izlanishdir.
Nomoddiy aktivning tugatish qiymati - bu aktivning chiqib ketishi bo’yicha 
baholangan harajatlar chegirilgan holda, tadbirkorlik sub’ekti ayni paytda xuddi aktiv 


109 
foydali xizmat muddati oxirida kutilgan muddati va holatida bo’lganidek aktivning 
chiqib ketishidan oladigan baholangan qiymatidir.
Foydali xizmat muddati - bu: 
(a) 
tadbirkorlik sub’ekti aktivdan foydalanishi uchun ushbu aktivning 
yaroqli bo’lishi kutilgan davr; yoki 
(b) 
tadbirkorlik sub’ekti tomonidan aktivdan olinishi kutilgan ishlab 
chiqarish hajmi (miqdori) yoki shunga o’xshash birliklar soni. 
Tadbirkorlik sub’ektlari nomoddiy aktivlarni, masalan, ilmiy yoki texnik bilim, 
yangi jarayonlar yoki tizimlar dezayni va amalga oshirilishi, litsenziyalar, intellektual 
mulk, bozor bilimi va savdo mulklarini (jumladan, brend nomlar va chop etish 
nomlari) sotib olishda, takomillashtirishda, saqlash yoki yaxshilashda tez-tez 
resurslarni kengaytiradilar yoki majburiyatlarni tan oladilar. Ushbu keng ko’lamni 
qamrab oladigan oddiy misollarga kompyuter dasturi, patentlar, avtorlik huquqlari, 
tasviriy filmlar, mijozlar ro’yxatlari, ipotekaga xizmat ko’rsatish huquqlari, baliq 
ovlash litsenziyalari, import kvotalari, franchayzinglar, mijoz yoki ta’minotchi 
aloqalari, mijoz sodiqligi, bozor ulushi va marketing huquqlarini keltirish mumkin
14
.
Masalan, aniqlangan ekanligiga, resurs ustidan nazorat va kelgusi iqtisodiy 
manfaatlarning mavjudligiga to’g’ri kelmaydi. Agarda modda mazkur Standartni 
qo’llash doirasida nomoddiy aktiv ta’rifini qanoatlantirmasa, uni sotib olish yoki 
ichki yaratish harajatlari ular sarflangan paytda harajatlar sifatida tan olinadi. Biroq, 
agarda modda biznes birlashuvida sotib olingan bo’lsa, u xarid sanasida gudvillning 
ma’lum qismini tashkil etadi.
Nomoddiy aktiv ta’rifi uni gudvilldan farqlash uchun nomoddiy aktivni 
aniqlanadigan bo’lishini talab etadi. Biznes birlashuvida tan olingan gudvill biznes 
birlashuvida sotib olingan boshqa aktivlardan keladigan kelgusi iqtisodiy 
manfaatlarni ifoda etuvchi aktiv bo’lib, u alohida aniqlanmaydi va tan olinmaydi. 
Kelgusi iqtisodiy manfaatlar sotib olinganda aniqlanadigan aktivlar yoki alohida 
olganda 
moliyaviy 
hisobotlarda 
tan 
olinmaydigan 
aktivlardan 
birgalikda 
foydalanishdan kelishi mumkin. 
Aktiv aniqlanadigan hisoblanadi, agarda u yoki:
(a) 
ajratiladigan bo’lsa, masalan, tadbirkorlik sub’ektidan ajratish va 
bo’linish yoki alohida yoki tegishli shartnoma, aniqlanadigan aktiv yoki majburiyat 
bilan birga sotilishi, o’tkazilishi, litsenziya sifatida berilishi, ijaraga berilishi yoki 
almashinishi imkoniga ega bo’lsa, bunda tadbirkorlik sub’ekti buni amalga oshirishni 
ko’zlaganligidan qat’iy nazar; yoki 
(b) 
shartnomaviy yoki boshqa yuridik huquqlar natijasida yuzaga kelsa, 
bunda ushbu huquqlar o’tkaziladigan yoki tadbirkorlik sub’ektidan yoki boshqa 
huquqlar va majburiyatlardan ajratilishidan qat’iy nazar. 
Tadbirkorlik sub’ekti aktivni nazorat qiladi, agarda tadbirkorlik sub’ekti asosiy 
resursdan oqib keladigan kelgusi iqtisodiy manfaatlarni olish va boshqalarning ushbu 
manfaatlarga ega bo’lishini cheklash imkoniyatiga ega bo’lsa. Tadbirkorlik 
sub’ektining nomoddiy aktivdan keladigan kelgusi iqtisodiy manfaatlarni nazorat 
14
M.Bonham and others.Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 2. 
p.1040-1042.


110 
qilish imkoniyati odatda huquqiy kuchga ega yuridik huquqlar negizida bo’ladi. 
Yuridik huquqlar mavjud bo’lmaganda, nazoratni namoyish etish qiyinroqdir. Biroq, 
huquqning yuridik kuchga egaligi nazorat uchun zaruriy shart emas, chunki 
tadbirkorlik sub’ekti kelgusi iqtisodiy manfaatlarni ayrim boshqa usullar bilan 
nazorat qilishi mumkin. 
Bozor va texnik bilim kelgusi iqtisodiy manfaatlarni o’sishiga olib kelishi 
mumkin. Tadbirkorlik sub’ekti ushbu manfaatlarni nazorat qiladi, agarda, masalan, 
bilim yuridik huquq bilan himoyalangan, jumladan, avtorlik huquqi, savdo kelishuvi 
cheklovi (ruxsat etilgan joyda) yoki maxfiylikni saqlash uchun xodimlarning yuridik 
majburiyati bilan himoyalangan bo’lsa.
Tadbirkorlik sub’ekti malakali xodimlar guruhiga ega bo’lishi mumkin va 
trening orqali kelgusi iqtisodiy manfaatlarga olib boradigan malakali xodimlarni 
aniqlay olishi mumkin. Tadbirkorlik sub’ekti shuni ham ko’zda tutishi mumkinki, 
xodimlar tadbirkorlik sub’ekti faoliyatida o’z ko’nikmalarini namoyish etishda 
davom etishi mumkin. Biroq, tadbirkorlik sub’ekti odatda malakali xodimlar 
guruhidan va treningdan keladigan kutilgan kelgusi iqtisodiy manfaatlar ustidan 
yetarli bo’lmagan nazoratga ega bo’lishi mumkin va natijada ushbu moddalar 
nomoddiy aktiv ta’rifini qanoatlantirmasligi mumkin. Shu sababli, muayyan 
boshqaruv va texnik qobiliyat nomoddiy aktiv ta’rifini qanoatlantirmaslik ehtimoli 
mavjud, bunda u undan foydalanish va kelgusi iqtisodiy manfaatlar olish bo’yicha 
yuridik huquq bilan himoyalanmaguncha va ta’rifning ayrim qismlarini 
qanoatlantirmaguncha. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin