111
shuni tasdiqlaydiki, mijoz bilan aloqalar ajraladigan,
hamda ushbu mijoz bilan
aloqalar nomoddiy aktiv ta’rifini qanoatlantiradi.
Nomoddiy aktivdan kelib tushadign kelgusi iqtisodiy manfaatlar tovarlar yoki
xizmatlar sotuvidan, xarajat tejashlaridan yoki tadbirkorlik sub’ekti tomonidan
aktivdan foydalanishdan yuzaga keladigan boshqa daromadlarni qamrab olishi
mumkin. Masalan, ishlab chiqarish jarayonida intellektual mulkdan foydalanish
kelgusi daromadlarni ko’paytirmagan holda kelgusi ishlab chiqarish harajatlarni
kamaytirishi mumkin.
Moddani nomoddiy aktiv sifatida tan olish tadbirkorlik sub’ektidan modda
quyidagilarni qanoatlantirishini namoyish etishini talab etadi:
(a)
nomoddiy aktiv ta’rifini; va
(b)
tan olish mezonlarini.
Ushbu talab nomoddiy aktivni sotib olishda yoki
ichki yaratishda sarflangan
hamda qismni qo’shish, almashtirish yoki unga xizmat ko’rsatishda sarflangan
harajatlarga nisbatan qo’llaniladi.
Nomoddiy aktivlarning xususiyati shundaki, ko’p hollarda, ularga qo’shimcha
qilinadigan aktiv yoki almashtiriladigan qism bo’lmaydi. Demak, keyingi
harajatlarning ko’pchiligi ushbu Standartdagi nomoddiy aktivning ta’rifini va tan
olish mezonini qanoatlantirish o’rniga amaldagi nomoddiy aktivda mujassamlangan
kutilgan kelgusi iqtisodiy manfaatlarni saqlashi mumkin. Shu bilan birga,
odatda
keyingi harajatlarni bevosita butun biznesga nisbatan ma’lum nomoddiy aktivga
tegishli ekanligini aniqlash qiyinroqdir. Shu tufayli, faqat kamdan-kam hollarda
keyingi xarajatlar – sotib olingan nomoddiy aktivning dastlabki tan olingandan yoki
ichki yaratilgan nomoddiy aktiv tugagandan keyingi sarflangan xarajatlar – aktivning
balans qiymatida tan olinadi. (tashqi sotib olingan yoki ichki yaratilgan bo’lishiga
qaramasdan) brendlar, titul nomlari, nashr nomlari, mijozlar ro’yxatlari va mohiyatan
o’xshash moddalar bo’yicha keyingi xarajatlar sarflanganda doimo foyda yoki
zararda tan olinadi. Bunga sabab shuki, bunday xarajatlar butun biznesni
rivojlantirishga yo’naltiriladigan xarajatlardan farqlana olinmaydi.
Nomoddiy aktiv tan olinishi lozim, faqatgina agarda:
(a)
tadbirkorlik sub’ekti tomonidan nomoddiy aktiv bilan bog’liq
kelgusi
iqtisodiy manfaatlar olinishi ehtimoli mavjud bo’lsa; va
(b)
aktivning tannarxi ishonchli baholana olsa.
Aktivning foydali xizmat muddati davomida mavjud bo’ladigan iqtisodiy
sharoitlar majmui bo’yicha rahbariyatning eng yaxshi baholashini aks ettiradigan
oqilona va tasdiqlovchi farazlardan foydalangan holda, tadbirkorlik sub’ekti kutilgan
kelgusi iqtisodiy manfaatlarning ehtimolini baholashi lozim.
Tadbirkorlik sub’ekti aktivdan foydalanishdan keladigan kelgusi iqtisodiy
manfaatlar oqimining aniqlik darajasini baholashda malakali mulohaza qilishdan
foydalanadi, bunda dastlabki tan olish paytida mavjud dalillarga, ko’proq tashqi
dalillarga asoslanadi.
Nomoddiy aktiv dastlab tannarxda baholanishi lozim.
Odatda, tadbirkorlik sub’ekti nomoddiy aktivni alohida sotib olishda
to’laydigan narx aktivda mujassamlangan kutilayotgan kelgusi iqtisodiy
112
manfaatlarning tadbirkorlik sub’ekti tomonidan olinishi ehtimoli to’g’risidagi
kutilishlarni aks ettiradi. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiy manfaatlar oqimining
vaqti yoki summasi bo’yicha noaniqlik mavjud bo’lishidan qat’iy nazar, tadbirkorlik
sub’ekti iqtisodiy manfaatlar olinishini kutadi. Shu bilan birga, alohida sotib olingan
nomoddiy aktivning tannarxi odatda ishonchli baholanadi. Xususan, bunday holat yuz
beradi, qachonki aktivning sotib olinishida o’rniga beriladigan tovon pul mablag’i
yoki boshqa monetar aktivlar shaklida bo’lsa.
Alohida sotib olingan nomoddiy aktivning tannarxi quyidagilarni qamrab oladi:
(a)
savdo chegirmalarini va imtiyozlarini chegirgan holda, uning sotib olish
narxini, jumladan import bojlari va qoplanmaydigan sotib olish soliqlarini; va
(b)
aktivdan ko’zlangan foydalanishga tayyorlash uchun sarflangan har
qanday bevosita xarajatlar.
Quyidagilar bevosita xarajatlarga misoldir:
(a)
aktivni ishchi holatiga keltirish bo’yicha bevosita yuzaga keladigan
xodimlarga to’lanadigan haq bo’yicha xarajatlar (MHXS 19 da ta’riflangandek);
(b)
aktivni ishchi holatiga keltirish bo’yicha bevosita yuzaga keladigan
professional haqlar; va
(c)
aktiv to’g’ri ishlayotganligini tekshirish bo’yicha xarajatlar.
Quyidagilar nomoddiy aktivning tannarxida hisobga olinmaydigan sarflarga
misoldir:
(a)
yangi mahsulotning yoki xizmatning namoyish xarajatlari (shu jumladan,
reklamaga va sotish bo’yicha choralarga xarajatlar);
(b)
yangi joyda yoki yangi mijozlar bilan biznesni amalga oshirish
xarajatlari (jumladan xodimlar uchun trening xarajatlari); va
(v)
ma’muriy va boshqa umumiy ustama xarajatlar.
Nomoddiy aktivning balans qiymatida xarajatlarni tan olish to’xtatiladi,
qachonki nomoddiy aktiv rahbariyat ko’zlagandek
ishlay oladigan holatga
keltirilganda. Shu tufayli, nomoddiy aktivdan foydalanish yoki uni boshqa joyga
ko’chirish bilan bog’liq xarajatlar uning balans qiymatiga kiritilmaydi. Masalan,
quyidagi xarajatlar nomoddiy aktivning balans qiymatiga kiritilmaydi:
(a)
nomoddiy aktiv rahbariyat ko’zlagandek ishlay oladigan holatga
keltirilgan, lekin foydalanilmagan paytda sarflangan xarajatlar; va
(b)
aktivning mahsulotiga talab shakllanayotgan davrdagi zararlar kabi
dastlab ko’rilgan operatsion zararlar.
Ayrim operatsiyalar nomoddiy aktivni tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish
bilan bog’liq holda sodir bo’ladi, ammo ular nomoddiy aktivni rahbariyat
ko’zlagandek ishlay oladigan holatga keltirish uchun zarur emas. Ushbu ikkinchi
darajali operatsiyalar tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishdan
oldin yoki tajriba-
konstruktorlik ishlab chiqish davomida sodir bo’lishi mumkin. Ikkinchi darajali
operatsiyalar aktivni rahbariyat ko’zlagandek ishlay oladigan holatga keltirish uchun
zarur bo’lmaganligi tufayli, ikkinchi darajali operatsiyalar bo’yicha daromadlar va
tegishli xarajatlar bevosita foyda yoki zararda tan olinadi va ular daromad va
xarajatning tegishli tasniflariga kiritiladi.
Agarda nomoddiy aktiv uchun to’lov odatiy kredit shartlari doirasidan
113
tashqarida kechiktirilsa, uning qiymati pul mablag’idagi narx ekvivalentiga teng
bo’ladi. Mazkur qiymat bilan jami to’lovlar orasidagi farq MHXS 23 “Qarzlar
bo’yicha xarajatlar” ga muvofiq
kapitalizatsiya qilinmaguncha, kredit davri
mobaynida foizli xarajat sifatida tan olinadi.
Dostları ilə paylaş: