6.2. Variatsion qatorlar va ularning turlari Statistik to‘plam - bu, turli shakllardagi statistik qatorlardir.
Eng oddiy boshlang‘ich qatorlar bevosita kuzatish jarayonida vujudga keladi. Bunday qatorlar tartibga ega bo‘lmasdan, qayd qilishdagi holatga asoslanadi. Odatda to‘plam birliklari ma’lum belgilar asosida saflab, tasniflab, guruhlab tartibga solinadi.
Statistik
qator - bu,
tartiblangan
statistik
to‘plamdir.
Bunday tartiblangan statistik to‘plam statistik qatorlar deb ataladi, chunki ular sonlar qatori (ketma - ketligi) bilan ta’riflanadi. Statistik qatorlar turli shakllarda va yo‘llar bilan tuziladi. Ularni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin (6.2-tarx).
6.2- tarh. Statistik qatorlarning turlari.
O‘rganilayotgan obyektlarni tasniflash usuliga qarab statistik qatorlar ikki turkumga ajraladi:biri-taqsimot qatorlari, ikkinchisi- dinamika qatorlari.
Statistik to‘plam birliklarini ma’lum holatga (paytga) nisbatan yoki vaqt oralig‘i davomida
kuzatib, ularni biror belgi asosida tasniflash natijasi taqsimot qatorlari deb yuritiladi.
Statistik to‘plam birliklarini uzoq vaqt davomida kuzatib, davrlar yoki vaqt paytlari bo‘yicha tasniflash mumkin. Bu holda vujudga keladigan qator dinamika qatori deb ataladi, chunki u o‘rganilayotgan jarayon dinamikasini
tasvirlaydi.
Taqsimot qatorining asosiy unsuri varianta, dinamika qatoriniki esa daraja deb yuritiladi. Demak, taqsimot qatorlari-bu, variantalar ketma-ketligi bo‘lsa, dinamika qatorlari vaqt oraliqlariga tegishli darajalar ketma-ketliklaridir.
To‘plam birliklarini tasniflash asosi qilib qanday belgi olinishiga qarab taqsimot qatorlari ikki turga ajraladi. Bunday belgi sifatida atributiv ya’ni mazmunan farqlanuvchi belgilar olinsa, hosil bo‘lgan taqsimot qatorlari atributiv qatorlar deb yuritiladi.
To‘plam birliklarini miqdoriy belgilariga qarab tasniflash natijasida hosil bo‘lgan taqsimot qatorlari variatsion qatorlar deb ataladi.
Dinamika qatori - bu hodisani vaqt bo‘yicha o‘zgarishini ko‘rsatuvchi sonlar qatoridir._
Taqsimot qatorlari de-ganda to‘plam birliklarini ma’lum belgilar asosida guruhlarga (qismlarga) bo‘linishi tushuniladi.