Statistik to‘plam birligi, taqsimot qatorlari va ularning tasviriy parametrlari



Yüklə 83,98 Kb.
səhifə9/9
tarix25.04.2023
ölçüsü83,98 Kb.
#102617
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Statistik-to’plam-va-taqsimot-qatorlari.doc1212

Asosiy tushuncha va atamalar
Variantalar va variantlar, miqdoriy belgi, atributiv belgi, muqobil
belgi, uzluksiz o‘zgaruvchan belgi, tadrijiy (uzlukli) o‘zgaruvchan belgi, statistik qatorlar, taqsimot qatorlari, dinamika qatorlari, saflangan variatsion qatorlar, oraliqli variatsion qatorlar, diskret variatsion qatorlar, kumulyativ variatsion qatorlar, oraliq (guruhlar) soni, oraliq kengligi, sterjess mezoni, K.Bruks va N.Karuzes mezoni, teng kenglikli oraliq, tengmas kenglikli oraliq, taqsimot zichligi, gistogramma, poligon, kumulyata, ogiva (og‘ishma), taqsimot egri chizig‘i, taqsimot parametrlari;
Qisqacha xulosalar
Ommaviy hodisa va jarayonlar to‘plam sifatida statistik tekshirish bosqichlarida turli jihatdan qaraladi. Statistik kuzatish bosqichida ular kuzatish obyekti, ya’ni mustaqil birliklar to‘plami deb qaraladi. Bu holda o‘rganilayotgan obyektni yondosh obyektlardan farqlovchi xossalarni aniqlash, ularning birliklarni to‘g‘ri ta’riflash va ma’lumotlar to‘planishi zarur bo‘lgan belgilar ro‘yxatini ilmiy asoslash muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo statistik kuzatish bosqichida to‘plam tuzilishiga e’tibor berilmaydi.
To‘plangan ma’lumotlarga ishlov berish, ularni ma’lum tartibga keltirish va tahlil qilish bosqichida to‘plamning tuzilishi, qanday unsurlarni (elementlarni), birliklarni qamrab olishi muhim masala hisoblanadi
Statistik to‘plamlar alohida-alohida olib qaralganda bir-biridan farq qilsa ham, ammo sifatan (mohiyatan) jinsdosh va o‘zaro uzviy bog‘langan, umumiy qonuniyatlarga bo‘ysunuvchi birliklar (hodisalar) majmuasidir. Bular to‘plamni bunyod etuvchi unsurlar, uning birliklari deb ataladi.
Statistik to‘plam tuzish, demak, uning tarkibiy qismlarini, birliklarini aniqlashdir. Bu jarayonda ikkita masala yechiladi: birinchidan, birliklar aniq ta’riflanadi, ularning mohiyati yoritiladi, boshqa yondosh birliklardan ajratuvchi chegaralari belgilanadi; ikkinchidan muayyan to‘plamga mansub va mansub bo‘lmagan birliklar aniqlanadi. Bu holda masala ma’lum belgi yoki belgiga qarab yechiladi va statistik qatorlar yaratiladi. Demak, statistik to‘plam statistik qatorlarda o‘zining aniq ifodasini topadi.
Shunday qilib, statistik to‘plamni ta’riflashda o‘rganilayotgan hodisalarga sifat, mohiyat jihatidan yondashilsa, statistik qatorlami belgilashda esa ular miqdor tomonidan qaraladi. Hodisalar miqdorini ularni ayni holatda yoki ma’lum vaqt oralig‘ida kuzatib aniqlash mumkin. Shunga qarab statistik qatorlar taqsimot va dinamika qatorlariga bo‘linadi. Taqsimot qatorlari esa hodisalarni oddiy saflangan qatorlari ko‘rinishida, miqdoriy yoki atributiv belgilari asosida guruhlarga taqsimlangan shakllarda bo‘lishi mumkin. Variatsion qatorlari esa , o‘z navbatida, uzluksiz yoki uzlukli o‘zgaruvchan belgilarga qarab tuzilib diskret va oraliqli qatorlarga bo‘linadi.
Asosiy adabiyotlar
1. EtyuMoea H.B. npaKmuKyM no o6^eu meopuu cmamucmuKU. 2-u3d. - M.: 0UHaHCbi u cmamucmuKa, 2006 - 336 c.
2. Xapmnu Amuk. CmamucmuKa. nepeax KH^a: nep. C a^n.; nod ped. 0.3.Eamunou. - M.: ®uHarnbi u cmamucmuKa, 2004 - 312 c.
3. Coamoe H.M. CmamucmuKa. flapcnuK. -T.: Tu66uem Hampuemu, 2003 226256 6.
4. HT.Bem^uu. Bapua^uoHHue pxdbi u ux xapaKmepucmuKu. M.: CmamucmuKa, 1970.
Yüklə 83,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin