Статистика фанидан маъруза матнлариO’tgan davr Joriy davr
1. Individual indekslar (A tovar uchun) quyidagicha hisoblanadi: Baho Fizik hajmi Qiymat Demak, A tovar uchun joriy davrda o’tgan davrga nisbatan baho 16,6% ga, fizik hajm 12,5 % ga va qiymat 31,25 % ortgan. 2. Umumiy indekslar quyidagicha hisoblanadi: Demak, uchchala tovar bo’yicha joriy davrda o’tgan davrga nisbatan fizik hajm o’rtacha 6% ga, baholar 1,14% ga va qiymat esa 7,33% oshgan. O’rtacha indekslar. Statistikada umumiy indekslardan tashqari o’rtacha indekslar ham keng qo’llaniladi. O’rtacha indeksni o’rtacha arifmetik yoki o’rtacha garmonik ko’rinishda tuzish mumkin. O’rtacha indeksni qaysi shaklda hisoblashdan qat’iy nazar agregat indeks bilan birdek natija beradi. O’rtacha indeks umumiy indeksdan keltirilib chiqarilishi kerak. Buning uchun umumiy indeksning sur’ati yoki mahrajidagi indekslashtirilayotgan ko’rsatkichni uning individual indeksidan keltirilib chiqarilgan ayniyat qiymati bilan almashtirish lozimdir: Demak, mahsulot fizik hajmi o’rtacha arifmetik indeksi individual indekslarni bazis davrdagi mahsulot qiymatlari bilan tortib olib o’rtacha arifmetik miqdor formulasi bilan aniqlanadi: 2 - Masala. quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Demak, joriy davrda o’tgan davrga nisbatan Ava V tovarlari uchun o’rtacha fizik hajmi 5,3% ga oshgan. Agarda umumiy indeks mahrajidagi indekslashtirilayotgan miqdori (r0), ayniyatga asoslanib, uning teng qiymati bilan almashtirsak, u holda umumiy indeksimiz o’rtacha garmonik indeksga aylanadi: 3 - Masala. Savdo shahobchasi bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan.
Ipq350+800+60/((350/0,99)+(800+0,96)+(60/0,94))q0,967 yoki 96,7 % Demak, uchchala tovar guruhlari bo’yicha joriy davrda o’tgan davrga nisbatan baholar o’rtacha 3,3 % ga pasaygan (100 - 96,7 q3,3) O’rtacha ko’rsatkichlar dinamikasini faqat o’rtalashtirilayotgan belgining o’zgarishini ko’rsatish bilan cheklanmay ushbu to’plam tarkibi o’zgarishini ifodalashni ham taqozo qiladi. Buni o’rganish uchun o’zgaruvchan, o’zgarmas tarkibli va tuzilma siljish indekslaridan foydalanamiz: a) o’zgarmas tarkibli baho indeksi: b) o’zgaruvchan tarkibli baho indeksi: v) Struktura siljish baho indeksi: Indeks, umumlashtirish funktsiyasi, analitik funktsiya, hududiy indekslar, individual indekslar, umumiy indekslar, zanjirsimon indekslar, o’zgaruvchan asosli indekslar, o’zgarmas asosli indekslar, o’rtacha indekslar, agregat indekslar, arifmetik o’rtacha indekslar, garmonik o’rtacha indekslar, geometrik o’rtacha indekslar, vazn, indeks vazni, vaznsiz umumiy indekslar, joriy vaznli Paashe indekslari bazis vaznli Laspeyres indekslari, fisher indeksi, o’zgarmas tarkibli indekslar, ko’p omilli indeks tahlili. Indeks ko’p qirrali tushunchadir. U turli sohalarda qo’llanib, ma’lum maqsad uchun xizmat qiladi. Statistikada bu atama murakkab solishtirma iqtisodiy ko’rsatkich ma’nosida ishlatiladi. Indeks umumiy ko’rinishda o’rganilayotgan iqtisodiy hodisalarni ikki holatda olib, ularni maxsus yo’l bilan o’lchashdan hosil bo’lgan ko’rsatkichlarni taqqoslash hosilasidir. Bu natija solishtirma ko’rsatkich bo’lib, turli shakllarda: nisbiy, o’rtacha va mutlaq miqdorlar va ularning yagonaviyligida namoyon bo’ladi. Hodisalarning ikki holati orasida iqtisodiy jarayon kechadi, rivojlanish yuz beradi. Indekslar ana shu rivojlanish jarayonining me’yori bo’lib xizmat qiladi, ular hodisalarning nisbiy, o’rtacha va mutlaq o’zgarishlarini bir butunlikda ifodalaydi. qiyoslash uchun hodisalar holatlarini turli jihatdan olib qarash mumkin va natijada rivojlanish jarayonining har xil qirralari oydinlashadi, jumladan ularning vaqt bo’yicha o’zgarishi, ob’ektlar va hududlararo yoki halqaro nisbatlari, reja, shartnoma yoki iqtisodiy normativlarni bajarish darajalari, iqtisodiy tuzilmalardagi ichki siljishlar namoyon bo’ladi. Bu esa indekslarni dinamik, hududiy, halqaro, reja yoki shartnomani bajarish, tuzilmaviy o’zgarishlar indeksi kabi turlarga tasniflash uchun nazariy- uslubiy zamin yaratadi. SHu bilan birga ular boshqa belgilar, masalan, to’plam birliklarini qamrab olish, tuzilish shakli, hisoblash uslubi va hokazolarga qarab ham tasniflanadi. Natijada indekslarning murakkab, ko’p pog’onali turkumlarining oilasi vujudga keladi. Indekslar iqtisodiy mazmun va talqinga ega bo’lishi uchun ularning asosida yotadigan ko’rsatkichlar predmetlik, moddiylik xarakteriga ega bo’lishi kerak. Aks holda ular mavhum, absolyut son bo’lib qoladi, xolos. Ammo bu asosiy talabni tor chegarada ko’rsatkichlarning bir o’lchamligini yuzaki ta’minlash ma’nosida talqin etish noto’g’ridir. Indekslar real hodisalar o’zgarishini ma’lum sharoitda va jihatdan kerakli aniqlik darajasida ifodalasa, demak ular iqtisodiy mazmunga ega va asosiy talabga javob beradi. Ushbu bobda ko’rib chiqilgan barcha indekslar bu talab - shartni qoniqtiradi. Individual, vaznsiz va o’zgarmas vaznli umumiy indekslar shaklan nisbiy miqdorlarga ko’proq yaqinlashsa ham, ammo mazmunan ulardan farq qiladi, chunki ular ham nisbiy o’zgarish bilan birgalikda o’rtacha va mutlaq o’zgarishlarni aniqlash imkonini beradi, predmetlik, moddiylik talabiga asoslanadi. SHu bilan birga bu indekslar o’ziga xos xususiyatlarga ega. Vaqt bo’yicha teskarilanish, omillar teskarilanishi, doiraviy aylanma bo’yicha teskarilanish, o’lchov usuliga nisbatan barqarorlik kabi xislatlari bilan ular boshqa indekslar toifasidan ajralib turadi. Bu xususiyatlar o’zgaruvchan bazis yoki joriy vaznli (Laspeyres va Paashe usuli) umumiy indekslar uchun xos emas. SHu sababli indekslarning test nazariyasi vujudga kelib, unga binoan yuqorida ko’rsatilgan xossalar ideal indekslarni tuzishda asosiy mezonlar sifatida qabul qilinishi kerak. Bunday indekslar ushbu nazariya asoschisi Ivring Fisher nomi bilan Fisher indekslari deb ataladi. Ular Laspeyres va Paashe usulida tuzilgan agregat indekslardan hisoblangan geometrik o’rtacha indekslar bo’lib, yuqoridagi xossalarga ega bo’lgan indekslar turkumini to’ldiradi. Umumiy indekslarning asosiy shakli agregat indekslarni hisoblash, sifat ko’rsatkichlar uchun ularni Paashe usulida, ya’ni joriy vazn bilan, miqdoriy ko’rsatkichlar uchun esa Laspeyres usulida(bazis vazn bilan) tuzish haqidagi statistikaga oid darslik va qo’llanmalarda xanuzgacha keng targ’ib etib kelinayotgan metodologik yechim - tavsiya na nazariy va na amaliy jihatdan asosga ega. Har qanday agregat indeks surati yoki maxrajidagi ko’rsatkichlardan biri real, hayotda mavjud bo’lgan iqtisodiy voqeani o’lchovchi ko’rsatkich emas, u ma’lum shart bilan hisoblab topilgan shartli ko’rsatkichdir. Demak, uning predmetligi, moddiyligi, iqtisodiy realligi bu holda shartli tushunchadir. Indeksning iqtisodiy mazmuni qaysi davr ko’rsatkichi vazn qilib olinishi bilan belgilanmaydi. Balki u qanday sharoitda va bog’lanishda, rivojlanish jarayonining qaysi jihatini oydinlashtirishi, o’lchashi bilan indeksning iqtisodiy mohiyati aniqlanadi. Ana shu jihatdan har bir indeks hodisa o’zgarishining asosiy me’yori bo’lib, uning nisbiy, o’rtacha mutlaq miqdorini aniqlash imkonini beradi. SHu bilan birga har bir indeks nazariy va amaliy jihatdan ijobiy tomonlarga ham, kamchiliklarga ham ega. Ideal indekslar yo’q, bo’lishi ham mumkin emas. Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Indeks deganda nimani tushunasiz? 2. Indeks usulining funktsiyalari nimalardan iborat? 3. Indeksning qanday turlarini bilasiz? 4. Indekslar yordamida qanday masalalar yechiladi? 5. Indeks usuli yordamida qanday jarayonlar o’rganiladi? 6. Indekslarning nisbiy miqdorlardan farqi bormi? Bor bo’lsa ularni ko’rsatib bering. 7. Joriy davr va joriy ko’rsatkich nima? Bazis (zaminiy) davr va ko’rsatkich-chi? 8. Individual indeks deganda nimani tushunasiz? 9. Individual indekslarning qanday turlarini bilasiz? 10. Individual indekslarga qanday xususiyatlar xos? Yüklə 0,81 Mb. Dostları ilə paylaş: |