Surunkali miyeloleykoz Surunkali limfoleykoz Gemorragik diatezlar Gemofiliya


Gemorragik vaskulit (Shenleyn— Genoh kasalligi)



Yüklə 27,77 Kb.
səhifə6/6
tarix22.12.2023
ölçüsü27,77 Kb.
#190700
1   2   3   4   5   6
leykozlar

Gemorragik vaskulit (Shenleyn— Genoh kasalligi)
Bu kasallik gemorragik diatezlar guruhiga kirib, tomir devori o’tkazuvchanligining oshishi bilan bog’liq.
Etiologiyasi. Gemorragik vaskulit turli xil omillar (infåksiya, sovuq qotish, dori-darmonlar) ga spetsifik bo’lmagan giperergik tomir reaksiyasi deb qaraladi. Kasallikning ko’pgina kelib chiqish omillariga qaramay, birgina immunoallergik patogenezi bor. Gemorragik vaskulit kelib chiqishida tomirlarning giperergik reaksiyasi asosiy o’rin tutadi.
Klinikasi. Kasallik yuqori harorat 39—40°C bilan o’tadi. O’ziga xos ko’rinishlaridan biri tåri va shilliq pardalardagi gemorragik toshmalardir. Ba’zida teri qichishadi va salgina shishadi. Ko’pincha teridagi o’zgarishlarga bo’g’im sindromlari qo’shiladi, yirik bo’gimlarda kuchli og’riq bo’ladi.
Obyektiv ko’rilganda bo’g’imlarning shishgani, harakatining chegaralanganligi kuzatiladi. Gemorragik vaskulitdagi abdominal sindrom qorinning og’rishi, qon qusish, qonli ich kåtishi bilan xaraktårlanadi.
Gemorragik vaskulit og’irlashishlaridan biri buyrakning shikastlanishi bo’lib, bu hol sekin-asta buyrak yetishmovchiligiga olib keladi.
Kasallikning kechishi o’tkir va surunkali— qaytalanuvchi bo’lishi mumkin. Yosh bolalarda gemorragik vaskulit juda og’ir kechib, yashinsimon toshma ko’rinishida o’tadi.
Qaytalovchi turlari bilan birga yengil, sog’ayib ketadigan turlari ham bor. Ko’p hollarda prognozi ijobiy.
Davolash. Patogenetik terapiya:
— glukokortikoidlar: prednizolon, prednizon, gidrokortizon va boshqalar;
— geparin 300—400 TB/ kg mushakka yoki teri ostiga;
— yallig’lanishga qarshi, analgetik preparatlar (natriy salitsilat, butadion, brufån), ayrim hollarda — antibiotiklar;
— tomir devorini mustahkamlaydigan preparatlar: kalsiy xlorid, rutin, askorbin kislota.

  1. Ko’rsatmalar bo’yicha: gemostatik, antianemik, umum mustahkamlaydigan, sedativ va boshqa davo vositalari.

Parvarishi. Bemorga e’tiborli bo’lish, ozadalikka rioya qilish, teri parvarishiga ahamiyat berish, og’zini chayishga ko’maklashish kerak. Terida, uning namlanib turadigan uchastkalarida va burmalarida ko’p sonli qon quyilishlar bo’lganda, bog’lamlarni muntazam almashtirib, zararlangan joylarga takroran dori sepish zarur.
Gemorragik diatezlarda dispanser kuzatuvi statsionarda boshlangan davoni oxiriga yetkazish, umuman, bemor ahvoli, laboratoriya ko’rsatkichlarining o’zgarishi ustidan kuzatish, davomli remissiyani quvvatlab turish, kasalxonaga joylashtirish masalasini hal qilish, asoratlarining oldini olishdan iborat.

Adabiyotlar:



  1. O’. B. Sharapov. Ichki kasalliklar. Abu Ali ibn Sino. T., 1994.

  2. K. Bahodirov. Ichki kasalliklarda tashxis va diagnostika. T., 1993.

  3. L.S. Zalikina. Bemorlarning umumiy parvarishi. T., 1995.

  4. N.M. Kamolov. Ichki kasalliklar. T., 1996.

  5. V.A. Galkin. Ichki kasalliklar. T., 1989.

Yüklə 27,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin