qarshilik ko’rsatadi. Suyuqliklarni qovushqoqligi qancha yuqori bo’lsa bu qarshilikni engish uchun sarflanadigan kuch ham shuncha katta bo’ladi. Qovushqoqlik darajasi qovushqoqlik koeffitsienti deb ataladi. Qovushqoqlik aniqlanishiga qarab ikki xil bo’ladi dinamik va kinematik qovushqoqlik koeffitsienti deyiladi. Buni I.N’yuton gipotezesi aniqlab bergan.
F
s du
dy
Proportionallik
koeffitsienti dinamik qovushqoqlik koeffitsienti deb qabul qilingan.
Demak 1) tinch holatdagi suyuqliklar o’rganilayotganda suyuqliklarni ideal va real turlariga ajratish zarurati yo’q, chunki tinch holatdagi har qanday suyuqlikda urunma kuchlanish bo’lmaydi.
2) Real suyuqliklarning harakati o’rganilayotganda
ishqalanish kuchini, ya`ni qovushqoqligini e`tiborga
olish shart, chunki qovushqoqlik harakatdagi real suyuqlikning asosiy xossasi hisoblanadi.
Suyuqlik oquvchanlik xususiyatiga ega bo’lishi u qanday shakldagi idishga qo’yilsa, o’sha
idish shaklini oladi, ya`ni o’zining barqaror shakliga ega emas.
Buning sababi shundaki, suyuqlikning tinch holatida urinma kuchlanish bo’lmaydi