T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 yana urushga kirdi. Endi u kishi
Аlixonto‘ra Sog‘uniyning lashkarida edi.
Аlixonto‘rani yolg‘on kelishuv bilan Moskovga olib ketdilar. Lashkar boshsiz
qoldi. Xitoy hujumiga dosh bermadi. Otam ana shu janglarda shahid b
o‘ldi.
O
g‘a, ajdodlarimizning hammasi kofir bosqinchiga qarshi kurashib keldi.
Bizni bosqinchi hukumat yaxshi taniydi. Xitoyga Mao Sze rais b
o‘ldi. U
oxirgi inqilobda xarob b
o‘lgan davlatni tiklab oldi. Endi navbat Uyg‘ur
o‘lkasiga keladi. Birinchi ish eski kurashchilar avlodini qirish bo‘ladi.
Shuning uchun, yurtimdan bosh olib chiqdim.
Turkiyada men qora qilib ketayotgan odam dongdor q
o‘rboshi,
mujohidlar sardori Shermuhammadbekdir.
Otam gapini tugatdi. Hamma jim b
o‘lib qoldi. Sukutni Yo‘lto‘sar og‘a
buzdi:
– Ibrohim, jigarim! Shuni bilki, men ham g‘orbuvalik mujohidning
avlodiman. Shermuhammadbek Kobulga o
‘tganda bizning oila u bilan edi.
Q
o‘rboshi Istanbulga ketdi. Biz Аfg‘onda qoldik. Bu yerda hayot qildik. Biroq
notinchlik t
o‘xtamadi. Har xil bosqinchilarga qarshi urushib yuribmiz. Bir
tomondan
o‘ris, bir tomondan ingliz tahdid qilayotir. Yaqin orada Аfg‘on
yurti ulkan jang maydoniga aylansa kerak.
O‘ris bizga qo‘shin kiritsa, xalq
oyoqqa turadi.
Аfg‘on xalqi yuvosh xalq emas. Bosqinchi kelsa, qochadigan
b
o‘lsa, uyini buzib keyin qochadi. Nima uchun tayyor boshpanani yovga
berish kerak? Shuning uchun, katta urush ostonasidamiz. Men bu yerda
sheryurak yigitlardan jamoa tuzdim. Turkman ch
o‘llarida kofir o‘risning
molini talayapman.
O‘ris bu yurtni bosib olib, halovat topaman desa, xom
o‘ylabdi. Buxoroni, Xivani, Qo‘qonni kofirga berib qo‘ydik. Аmmo bu yog‘iga
qadam bostirmaymiz. Qadam bossa, bu joyni jahannamga aylantirib
beramiz.
– Omin! – dedi otam.