T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
yastangan. T
o‘shak o‘rnida terilar. Turkman onaning taklifi bilan mayin 
teriga 
o‘tirdik. Turkman ona duo qildi: 
– Xudoyim siz musofirlarni esdan chiqarmasin, cho‘llarimiz sero‘t, 
q
o‘ylarimiz sersut, sergo‘sht, etli bo‘lsin! Omin! 
O‘rtada dasturxon. Ko‘zacha. Non. Qoqi mevalar. 
– Chirog‘im, uyg‘urlar ham ye, demasa, ovqat yemaydimi? 
Turkmanlar ye, demaydi. 
O‘zing olib ye. Uyat bo‘lmaydi. Yemasang, uyat 
b
o‘ladi.
Onam non ushatdi. K
o‘zachadan sopol kosaga ayron quydi. Аkamga, 
menga berdi. 
O‘zi ham ichdi. Turkman ona ham tamaddi qildi. Taom payti 
hech kim gapirmadi. Taomdan s
o‘ng onam ham Turkman ona bilan 
gaplashib ketdi. Biz bolalar tashqariga yugurdik. Bolalar bilan tezda 
tillashib, 
o‘yinga berilib ketdik. Kechga yaqin otam keldi. U otda emas
o‘ziyurar ulovda keldi. Yuklarimizni shu ulovga ortdik. Turkman onaning 
o‘g‘illari ham kelishdi. Ular bizga ko‘maklashdilar. Turkman ona bizga bir 
narsalar berdi. Onamni quchoqlab, 
o‘pdi. Bizni ham quchoqladi, o‘pdi.
– Yo‘llaring olis ekan, yaqin bo‘lsin! – deb duo qildi. 
O‘ziyurar ulovning orqasi atrofi o‘ralgan supa ekan. Shu supaga 
yuklarimizni k
o‘yib, o‘zimiz o‘tirib ketishga ham joy hozirladik. Hammamiz 
o‘tirdik. Ulov bir silkinib, yurib ketdi. Men otamning pinjiga tiqildim. Аkam 
onamning yonida. 
– Otlarni sotdim, – dedi otam. – Bu ulov bilan uch kunda Eronga yetib 
olamiz. 
... Biror shahar yo qishloqda t
o‘xtamadik. Ulov deyarli tinmay yurdi. 
Bilsak, uni ikki kishi galma 
–gal yurgizar ekan. Uchinchi kun tunda ulovning 
silkinishdan uy
g‘onib ketdim. Qarasam, otam ham, onam ham uyg‘onib, 
nimagadir quloq tutishyapti. Pastdan ovoz keldi: 
– Mashinada nima bor? Boringni ber! 
– Yo boshingni uzaylikmi? O‘liging cho‘lda qoladi, bo‘rilar yeb ketadi. 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin