T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
Qani, mening huquqim! Mening ham orzularim bor, ovozim juda jarangdor, 
o‘zim go‘zalman, men mashhur xonanda bo‘lishim mumkin! Eronlik 
Gugushni k
o‘rmaysizmi? Аxir, u ham zulm changalidan g‘olib chiqdi, Yer 
yuzi bugun uni taniydi. Men undan kam emasman! Bizning omi xalqimiz 
sanʼatni tushunmaydi. Vahshiylar musiqani taʼqiqlashgan. Inson qalbini 
azoblashadi. Tuy
g‘ular uchun sizni jinoyatda ayblaydilar. Bu qanday 
manfurlik! 
O‘sha payt mana shunday fikrlar miyamni qamrab oldi. Onam 
sovchi haqida aytganida baqirib yubordim: 
– Tegmayman! Erga tegmayman!
Onam avzoyimni k
o‘rib, qo‘rqib ketdi: 
– Shafiqa, qizim, mayli, mayli, – dedi u shoshib. – Nega buncha 
yi
g‘lading? Erga tegishni istamasang, majburlamaymiz. 
Onamning oxirgi gapi meni tinchlantirdi. 
– Endi o‘n to‘rtga kirding. Yoshsan, hayotni bilmaysan, Shafiqa, – 
onam boshimni silab davom etdi. 
– Sen yo‘q desang, hech kim xo‘p 
deyolmaydi. 
O‘zingni bu qadar qiynama, iztirobga solma, xo‘pmi, 
k
o‘zimning nuri? 
– Xo‘p, ona, – dedim. 
Аncha xotirjam esam -da, ko‘nglim ozurda edi. Xonadonimizda to‘y 
t
o‘yga ulanib qoldi. Otam hamma farzandlarini uyli –joyli qilishga kirishdi: bir 
o‘g‘lini uylantirsa, bir qizini uzatardi. Bu taqdir meni ham kutayotganini 
bilardim. Uzoq 
–uzoqlarga qochib ketgim kelardi. Qanday qochaman? 
Menga kim ham yordam beradi? Shunda menga bir zot yordam bera oladi 
deb 
o‘yladim. Bu Аlloh edi. Аstoydil so‘rasang, Аlloh so‘raganingni beradi. 
Bizga singdirilgan aqiydalardan biri shunday edi. Ibodatga berildim. 
Tahajjud 
o‘qidim, nafl ro‘zalar tutdim, onam bergan pullarni muhtojlarga 
sadaqa qildim, evaziga 
Аllohdan bir narsani so‘radim: «Аllohim, meni bu 
zulmatdan qutqar! 
O‘zim orzu qilgan erkin hayotni tuhfa et!» Sovchilarning 
kimligini s
o‘ramay rad etaverdim. Shu tariqa ikki yil o‘tib, o‘n oltiga to‘ldim. 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin