T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
talpinmasa -da, uning poklik ila boqib turgan nigohlaridan uyalardi, biror 
injiqlik qila olmadi. Bu holni Fotih itoatdan deb bilib, juda mamnun bo
‘ldi. 
Ustozi eng g
o‘zal qizini go‘zal tarbiyalab unga taqdim etganidan 
Аllohga hamd aytdi. Biroq u Shafiqaning qalbidagi tug‘yonlardan bexabar 
edi. 
... Kuala Lumpurdan ellik kilometr uzoqlikda bir mavze bor. Bu 
daryolari m
o‘l bir hudud. Havosi toza. Tabiati go‘zal. O‘rmonlari ko‘p. 
Bo
g‘lari sermeva. Hayvonotga boy. Qushlari xilma –xil. Baliqchilik bobida 
aholisi juda mohir. Dengiz nafasi kezadi. Ikki 
–uch soatlik yo‘lni bosib, 
sharqda Tinch, 
g‘arbda Hind okeaniga olib chiqadigan istalgan dengizga 
yetib olsa b
o‘ladi. Xalqi bag‘rikeng. Doim kulib yuradi. Bu yerdagi hayot 
Shafiqaga ancha maʼqul keldi. Musiqa tinglash mumkin ekan. 
Televideniyada istalgan dasturni topib tomosha qilishing mumkin. 
Аvstraliya, Sidney, Tasmaniya, Yangi Zelandiya kanallari ham bor. Hayot 
Shafiqa orzu qilganidek rangli edi.
Fotih Karim mahalliy masjidga xatib b
o‘lib ishga kirdi. Mahalliy tele va 
radio dasturlarda hanafiy mazhabidan dars bera boshladi. Shafiqa bu 
yerning ayollarining quvnoqligidan mamnun edi. Qizlar er talashib urushib 
qolishadi. Baʼzan qizlar onasiga o‘zi tanlagan erni aytar edi. Bu hol hech 
kimni ajablantirmaydi. Yosh yigitlar kemada haj borib kelishadi. Fotih 
Shafiqaga ham hajga birga boraylik dedi. Shafiqa yukli edi.
Oradan besh yil 
o‘tdi. Shafiqa ikki o‘g‘ilning onasiga aylandi. Lahorga 
bir necha marta borib keldi. Onasi qizining g
o‘zal uy bekasi bo‘lganidan 
k
o‘ngli to‘q edi. Qaynota –qaynonasi Shafiqani o‘z qizlariday ko‘rishardi. 
Biroq Shafiqaning qalbida hamon eski havas olovi 
o‘chmagan edi. U 
hamon bu hayotidan t
o‘la rozi emas edi.
– Bilmayman, qalbimga bu shayton qachon kirib o‘rnashib olgan edi! 
– deb buni aytib beradi Shafiqa xonim. – Bolalarimni qoldirib, erimdan 
ajralishni istab qoldim. 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin